16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:31
Siyosat 👁 2,602

Yurt obod, el farovon

Yurt obod, el farovon

OʻzA, A.Ortiqboyev, 30.07.2013 13:59

Eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 22 yilligi tobora yaqinlashmoqda. Mamlakatimizda ushbu qutlugʻ sana oldidan amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini sarhisob qilib, navbatdagi marralarni yana bir bor belgilab olish yaxshi anʼanaga aylangan.

Bu borada Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan ishlar xususida tuman hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Rajabboy Yoʻldoshev Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi:

– Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar tufayli yurtimiz tobora obod va farovon boʻlib, barcha yutugʻimizning bunyodkori boʻlgan xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi, ishga, hayotga munosabati tubdan oʻzgarib, ertangi kunga, oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonchi mustahkamlanib borayotir.

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimiz iqtisodiyotida ham barqaror oʻsish surʼatlari taʼminlanib, ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar qoʻlga kiritilmoqda.

Sanoat salohiyatini rivojlantirish maqsadida 2013-2015-yillarda tumanni kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, izchillik bilan amalga oshirilayotir. Ushbu dastur doirasida investitsiya loyihalari dasturi, mavjud sanoat korxonalarini toʻliq quvvatda ishlatish, boʻsh turgan bino va inshootlarda ishlab chiqarishni tashkil etish hamda tijorat banklari tasarrufidagi korxonalarning ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobidan kam quvvatli, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyalashtirish, 2012-2016-yillarda xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarish, yaʼni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik sohalarini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi.

Shu kabi keng koʻlamli ishlar natijasida "Asia silk” shoʻʼba korxonasi hamda poyabzal, kiyim-kechak, mebel, kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar, sutni qayta ishlash kompleksi, Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 25 million dona gʻisht ishlab chiqarish quvvatiga ega "Qoraqalpoqqishloqqurilishservis” korxonasi, zamonaviy sovutgichli "sendvich” panelli meva-sabzavot saqlaydigan omborxonalar ishlab turibdi.

Angliyaning "Welroy Technology LLP” kompaniyasi bilan birgalikda qiymati 29 million AQSh dollariga teng boʻlgan "Amudaryoteks” xorijiy korxonasi, "Zhas metall production” qoʻshma korxonasining metallni eritish va qayta ishlash tsexi qurilishi ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

2013-2015-yillarda tumanning sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturiga asosan qiymati 32 million 672,8 ming dollar miqdorida 20 loyiha amalga oshirilishi, shuning natijasida 478 yangi ish oʻrni tashkil qilinishi koʻzda tutilmoqda.

Ayni paytda tumanimizda ikki mingdan ortiq tadbirkorlik subʼekti faoliyat yuritmoqda. Ularning 99,8 foizi xususiy va masʼuliyati cheklangan jamiyat shakliga oʻtgan boʻlib, bu yerda jami ish bilan band aholining 89,1 foizi mehnat qilayotir.

Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha 2013-yilda 380 loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda tadbirkorlikka nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirish, balki aholi bandligini taʼminlash masalasida ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu yoʻnalishda olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning 6 oyida 16 milliard 560 million soʻmlik 274 loyiha amalga oshirildi va 1061 yangi ish oʻrni yaratildi.

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan 278 fermer xoʻjaligidan 197 tasida ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va servis, qayta ishlash yoʻnalishidagi qoʻshimcha tarmoqlar yoʻlga qoʻyilib, fermer xoʻjaliklarining daromadi va ularda ish bilan band aholi soni ortib bormoqda.

Iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻi boʻlgan qishloq xoʻjaligi sohasida katta natijalarga erishilmoqda. Bu yil tumanimiz pillachilari 243,5 tonna pilla yetishtirib, yilning dastlabki shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajardi. Gʻallakorlarimiz 10 ming tonnadan ortiq bugʻdoy yetishtirdi, shundan 4605 tonnasi shartnoma asosida davlatga topshirildi.

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishi koʻlamining kengayishi har yili koʻplab oilalarning yangicha hayot kechirishiga zamin yaratmoqda. Bu yil ana shunday 70 uy-joy qurilishi davom etmoqda.

Bugun qaysi xonadonga kirmang, qaysi ovul yoki mahallada boʻlmang, har bir fuqaroning avvalo oʻzi yashayotgan, mehnat qilayotgan hududni, qolaversa, oʻz mahallasi va qishlogʻini obod maskanga aylantirishga hissa qoʻshayotganiga guvoh boʻlasiz. "Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil Oʻzbekiston!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan mustaqilligimizning 22 yillik bayramini munosib kutib olish uchun xalqimiz fidoyilik bilan mehnat qilmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026