17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 17:21
Jamiyat 👁 8,485

EZGU IShLAR MUQADDIMASI

Tibbiyotning aniqlashicha, odamning baxtiyor boʻlishi koʻp jihatdan uning  salomatligiga bogʻliq ekan. Chindan-da, hayotda sogʻlom, emin-erkin harakatlanib, xavotirsiz yashaganga nima yetsin!

Afsuski, oramizda dunyoga qandaydir nuqsonlar bilan kelgan, yo hayotda qandaydir sabablarga koʻra biror muchasiga ziyon yetgan, asoratli xastaliklarga duch kelgan odamlar ham uchraydi.

Dard salmogʻini dardli biladi, deganlariday, nufuzli idoralarda ishlab yurib, davr taqozosi bilan shtat qisqarishi tufayli uyida vaqtincha oʻtirib qolgan, "Boyovul” mahallasida istiqomat qiluvchi Nilufar Xolboyeva 1999-yilda onkologik kasallikka duchor boʻlib qoldi.

2003-yilda tuman rahbariyati Nogironlar jamiyati tuman boʻlimiga rahbarlik qilish vazifasini zimmasiga olishini soʻrashganida u hech ikkilanmay rozi boʻldi. Uning niyati hayotda jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarga dalda boʻlish, ularga munosib turmush sharoitlari yaratish va ijtimoiy faol boʻlishlariga koʻmaklashish edi.

Mana, 14-yilki, u baʼzan oʻz dardini ham unutib, imkoniyati cheklangan odamlarning ham imkon qadar barcha qatori yashashi, oʻzini namoyon eta olishi uchun tinmay yelib, yuguradi.

Nilufar Xolboyeva imkoniyati cheklangan yoshlarni kompyuter savodxonligiga oʻrgatish, shuningdek imkoniyati cheklangan yigit-qizlarni kasb-hunarga, xususan, bichish-tikish, toʻqishga oʻrgatish borasida loyihalar ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi  nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat Fondi taʼsis etgan grant tanlovlarida qatnashdi va gʻolib boʻlib, loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Yaqinda jamiyat yana Fondning grant tanlovida "Boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishni tashkil etish maqsadida imkoniyati cheklangan, nogiron bolalar, ayniqsa, koʻzi ojiz bolalar uchun qulay shart-sharoitlarga ega zamonaviy bolalar kutubxonasini tashkil etish” nomli loyihasi bilan qatnashib, yana gʻolib boʻldi va Parlament komissiyasi qaroriga koʻra, loyihani amalga oshirish uchun 25 mln. soʻm grant mablagʻi Nogironlar jamiyati tuman boʻlimi hisobiga oʻtkazildi.

Yaqinda tuman hokimi S.Yoʻldashev qabulida N.Xolboyevaga Oliy Majlis deputati Joldasboy Abdujamilov grant sertifikatini tantanali ravishda topshirdi.

Mazkur loyiha doirasida Nogironlar jamiyati tuman boʻlimida hali koʻplab savobli ishlar amalga oshirilishi shubhasiz.

Oygul RAJABOVA.

Suratda: Oliy Majlis deputati J.Abdijamilov N.Xolboyevaga grant sertifikatini topshirmoqda.

M.Shomurodov olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026