17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 17:58
Jamiyat 👁 3,066

“YoShLAR POYeZDI” TARGʻIBOT AKTsIYaSI

Ertangi kun davomchilari sifatida davlatimiz tomonidan yosh avlodga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari boʻylab ichki turizmni rivojlantirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida oʻtkazilayotgan "Yoshlar poyezdi” targʻibot aktsiyasini ham ana shu eʼtiborlardan biri sifatida eʼtirof etish mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasiga yetib kelgan "Yoshlar poyezdi” targʻibotchilari tumanimizga ham tashrif buyurdilar. Targʻibot tadbirlari doirasida olimlar, tadbirkorlar, xonandalar, oʻz sohasida yutuqlarga erishgan namunali yoshlar, Yoshlar ittifoqi faollari joylarda uchrashuv, ochiq muloqot va musiqali tadbirlar oʻtkazdilar.

Amudaryo akademik litseyida targʻibotchilar guruhi kutib olindi va litsey faollar zalida ular ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi oʻtkazildi. Muloqotda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Yoʻldoshev, Yoshlar ittifoqi tuman boʻlimi raisi M.Shermetov hamda "Yoshlar poyezdi” targʻibotchilari – huquqshunoslik fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinova, Oʻzbekiston ruhshunoslar uyushmasi aʼzosi Viloyat Davletova, tadbirkor Rayhon Boymurodova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Ulbosin Oʻrinboyeva, Yoshlar ittifoqi faollari Furqat Yusupov, Abiy Dauletboyev, tibbiyot xodimi Jenisgul Seytmuratova, xonandalar Arepbay Allaniyozov, Bayram Perdebayev, Shiraz Tursinboyevlar hamda Zinatdin jirovlar ishtirok etdilar. Muloqot davomidagi qizgʻin munozaralarda huquqshunoslik fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinova hamda tuman hokimi oʻrinbosari Alisher Yoʻldoshevlar yoshlarni qiziqtirgan masalalar boʻyicha yetarlicha javob berishga harakat qildilar.

– Kelajakning munosib vorislari boʻlish – masʼuliyatli vazifa. Buni har bir yosh yurakdan, qalban his qilmogʻi lozim. Turli illat, yot gʻoyalar taʼsiridan hushyor boʻlish, faollikka intilish, hayotdan oʻz oʻrnini topib, muammolarga toʻgʻri yechim topa bilishga yoʻnaltirish targʻibot aktsiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi, – deydi guruh rahbari Feruza Muhiddinova. – Tadbirlarimiz davomida yoshlarga ruhan koʻtarinkilik, maʼnaviy ragʻbat, toʻgʻri yoʻnalish bera olsak, biz maqsadimizga oz boʻlsa ham erishgan boʻlamiz.

Qizgʻin yigʻim-terim payti boʻlganligi sababli uchrashuvlar paxta dalalarida davom ettirildi. Targʻibotchilar guruhi tumanning "Doʻrman” ovulidagi "Oʻrozboyev Ulugʻbek” fermer xoʻjaligida boʻlib, u yerda paxta terayotgan terimchilar bilan suhbatlashdilar. Fermer xoʻjaligining dala shiyponida tushlik tashkil etilib, musiqiy tadbir oʻtkazildi va ilgʻor terimchilar sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

Shuningdek, targʻibotchilar tuman markazidagi "Boyovul” mahallasida istiqomat qiluvchi 95 yoshli onaxon Oʻtabika Polvonovaning xonadoniga tashrif buyurib, uning  suhbatidan bahramand boʻldilar va kitobsevar onaxonga kitoblar sovgʻa qildilar.

Targʻibot guruhi aʼzolari "Doʻstlik” mahallasida yashovchi tugʻma nogiron, lekin oʻziga xos iqtidor egasi Rahmatilla Gulmirzayev xonadonida boʻlishib, bu oila yashash tarzi bilan tanishdilar. Tumanda faoliyat koʻrsatayotgan "Nogironlar jamiyati” jamoat  tashkilotiga tegishli boʻlgan, yaqinda tashkil etilgan imkoniyati cheklanganlar kutubxonasiga tashrif chogʻida targʻibotchilar u yerda kitob mutolaa qilayotgan oʻquvchi, tugʻma nogiron Hamdam Jumamurodovning orzu-istaklari bilan qiziqdilar. Targʻibot guruhi aʼzolari imkoniyati cheklanganlar kutubxonasiga bir qancha kitoblar va "Brayl” alifbosidagi daftarlarni sovgʻa qildilar.

Tashrif yana paxta dalalarida davom ettirilib, guruh aʼzolari tumanimizdagi "Toʻlqin” ovulida joylashgan "Yunusbek Ismoilov” fermer xoʻjaligi paxtakorlari bilan uchrashdilar va qizgʻin terim jarayonida ularga ruhan koʻtarinkilik bagʻishladilar. Maʼnaviy ragʻbat tariqasida oʻtkazilgan tadbirlar "Oq oltin” ovulidagi "Yakubova Gavhar” fermer xoʻjaligining dala shiyponida davom ettirildi. Tadbirlarda ishtirokchilar sanʼatkorlarning dilrabo kuy-qoʻshiqlaridan bahramand boʻldilar.

"Yoshlar poyezdi” targʻibot aktsiyasi tadbirlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Ozoda XUDOYBERGANOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026