16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:17
Adabiyot 👁 9,784

KEChIKKAN BAXT

KEChIKKAN BAXT

Zarina umumtaʼlim maktabini imtiyozli tugatdi. Shu yiliyoq oʻqituvchi boʻlish orzusida ikki opasiga havas qilib Toshkent shahriga yoʻl oldi. Qizlarining bilimdonligidan, aql-farosatidan mamnun boʻlgan ota-ona uchinchi qizini ham oq yoʻl, oq fotiha bilan Toshkentga kuzatib qolishdi. Zarina pedagogika institutiga oʻqishga kirdi. Lekin bir oiladan uch nafar qizning  olis shaharda oʻqiyotgani mahalladagi ayrim gʻalamislarning ichini "kuydirdi” shekilli, unda-bunda gʻiybatlar toʻqildi. "Emishki, oʻqigan qizlar buzilib  ketarmish, Bobomurod bilan Oydinning uchala qizi ham "yoʻldan chiqib ketgan”mish... Shaharda oʻz bilganlaricha, koʻngillarining  koʻchalarida yurib-yurib, qishloqqa hech narsa koʻrmaganday boʻlib qaytarmish...”

Yo tavba, xuddi opa-singillarni oʻz koʻzlari bilan koʻrib, ayb ustida ushlaganday, gap qilishdi odamlar. Bobomurod ogʻa bilan Oydin checha mahallaga kam aralashadigan boʻlib qolishdi. Ikkalasi ham bir-birlaridan pinhon oʻyga tolishar, koʻngillaridan kechayotgan gaplarini tillariga chiqarishmas, bularning bari bekorchi-gʻiybatchilarning gaplari ekanligini ich-ichlaridan bilib turishsalarda qizlarini oqlash maʼnosida biron soʻz demasdilar.

Birin-ketin, avval katta qizi Zulfiya tibbiyot institutini, Zumrad politexnika universitetini tugatishdi. Zulfiyani oʻzi tahsil olgan institutda qoldirishdi, Zumrad qishloqqa qaytdi. Biri-biridan odobli, oʻqimishli qizlarni kelin qilishga orzumandlar koʻp-u lekin birontasi Bobomurod ogʻaning eshigini taqillatishmasdi. Hatto Zulfiya bilan Zumradning oʻqishi tugashini kutib yurgan yigitlar ham gʻiybatlarga ishonishdimi, Bobomurod ogʻa xonadonidan nazarini uzishdi.

Oradan bir yil oʻtib, kichik qiz Zarinaga sovchilar kela boshladi.

– Opalarimdan oldin turmushga chiqmayman, – dedi Zarina va soʻzida qatʼiy turib oldi.

Opalari ... Qaysidir ogʻzida qurti bor gʻalamisning gʻiybatlariga qurbon boʻldi, ularning gulday yorqin, oppoq orzulari. Biri oliy maʼlumotli shifokor, biri muhandis boʻlgan Zulfiya 30 yoshida qoʻli kaltalikdan uylana olmay yurgan oʻzi tengi yigitga turmushga chiqdi. Zumrad to 35 yoshigacha "qari qiz” boʻlib oʻtirib qoldi. Opalari turmushga chiqib tinchib ketdi-yu, Zarina...

Avvallari undan-bundan soʻrovchilarning ham endi qadamlari uzilgan, ota uyida oʻz oilasi bilan yashayotgan ukasi Jamshidbek opasining hurmatini qilgani bilan kelin baʼzi-baʼzida toʻnini teskari kiyib olardi. Shunday paytlarda Zarinaning yolgʻizligi juda bilinadi. Mahalla-koʻyning toʻy-maʼrakasiga chiqishni-ku, umuman xohlamaydi.

Oʻshanda ayni bahor edi. Bogʻlar qiygʻos gulga kirgan farahli bir kunda eng sevimli shogirdlaridan biri toʻyga taklif qildi. Bordi, tuman markazidagi "Bek” toʻyxonasida ekan. Toʻyxonaga kelin-kuyov kirib kelishayotgan paytda endi zinaga oyoq qoʻygan Zarinani kimdir qoʻlidan tortdi:

– Zarina, kelin-kuyovning oldiga chiqmang!

Zarina ovoz egasini tanidi, u shogirdi Nilufarxonning xolasi edi. Gʻalati boʻlib ketdi. Kimdir uning boshidan muzday suv quyganday, butun vujudini sovuq ter bosdi. Tomogʻiga nimadir tiqilganday, havo yetishmayotganday, lohaslandi. Arang ortiga qaytib, yaqin joydagi oʻrindiqqa choʻkdi. Aniq koʻrdi, kelinchakning xolasi yonidagi xotinlarga nimadir deb, Zarina tomonga ishora qildi. "Ketsammikan?” – xayolidan shu fikr ketmay qoldi Zarinaning. U qancha oʻtirganini bilmaydi. Faqat yoniga bir necha sobiq oʻquvchilari kelishib:

– Ustoz, ichkariga yuring, – deganlaridagina oʻzining holatini his qila oldi.

Shogirdlari qistovi bilan toʻyxonaga kirib, sobiq oʻquvchilari davrasida sal oʻziga kelganday boʻldi-yu, toʻy boshqaruvchisining:

– Tabrik uchun soʻz Nilufarxonning birinchi oʻqituvchisi Zarina opaga, – deganida negadir yuragi gʻalati dukillab ketdi. Hali u oʻrnidan turmasidan, mikrofon tomon qadam qoʻymasidan burun boyagi ayol qarshisida paydo boʻldi.

– Siz tabriklab, tilak aytishingiz shart  emas, – dedi Zarinaning qulogʻiga. – Mana bu sizga toʻyona! – U shunday deb Zarinaning qoʻliga yelim xaltacha tutqazdi. – Yosh oilaga unib-oʻsgan, oʻzidan tingan onalarimiz tilak aytishsin!

Endi oʻrnidan turayotgan Zarina butun ogʻirligi bilan kursiga qanday oʻtirganini bilmay qoldi. Ayol tutqazgan yelim xaltacha oyoq ostiga tushdi. Toʻyni boshqaruvchi esa uni tinmay davraga chaqirar, sobiq oʻquvchilari atrofida parvona boʻlishar, lekin Zarina hatto toʻyxonani tark etishga ham oʻzida kuch topaolmay, lohas oʻtirardi. Nihoyat u oʻrnidan turdi. Turdi-yu, bor kuchini toʻplab bu izdihomdan chiqib ketishga shaylandi. Gʻala-gʻovur shovqin xuddi kuchli toʻlqin kabi uni orqasidan itarib, tashqariga olib chiqib qoʻydi. Yoʻlda kelarkan, umrida birinchi marta butun borligʻi titrab-qaqshab, oʻziga, keng dunyoga sigʻmay yigʻladi. Shu boʻldi-yu Zarina yaqin kishilarining ham toʻylariga chiqmay qoʻydi.

Oradan yana ikki yil oʻtdi. Zarina 42 yoshga toʻldi. Oʻz oilasi bilan Toshkent shahrida yashayotgan katta opasi Zulfiya kelin tushiradigan boʻldi. Qancha bahona topmasin, baribir Zulfiya singlisini Toshkentga chaqirib oldi. Shiringina oʻtgan toʻyda oʻynab-kulib, sal oʻziga kelgan Zarina "charlar”dan soʻng "ketaman”ga tushib qoldi.

– Biz sizni qoʻyib yubormaymiz, – deyishdi opasining qoʻshnilari bir-birlariga maʼnoli qarashib. – Avval ikkita qizalogʻimiz bor, ular siz bilan koʻrishsinlar, keyin ketavering qishlogʻingizga.

– Qizaloq? – hayron boʻldi Zarina. – Ularning menga nima aloqasi bor?

– Judayam bor-da! – qorachadan kelgan Mohiraxon ismli juvon boshqa bir yoshgina juvonga:

– Arofatxon, Fotima-Zuhralarni aytib keling, – dedi ovoziga sirli tus berib.

Oradan oz fursat oʻtib 10-12 yoshlardagi oppoqqina, sochlari jingalak-jingalak egizak qizaloqlar kirib kelishdi. Ulardan biri toʻliq salom berdi-yu, ostonada toʻxtab qoldi. Ikkinchisi esa ogʻzini ochgancha Zarinaga tikilib turib qoldi.   

Bu holatdan ayollardan biri koʻziga yosh oldi, biri "oh!” deb yubordi. Ikkinchi qizaloq astagina eshikka suyandi-yu yigʻlab yubordi.

– Oyim, oyijonim... oyij-o-o-on!

– Koʻrdingizmi, Zarinaxon! Qizaloqlar onasini topganday boʻlishdi. Siz ularning onasiga uzumning suviday oʻxshaysiz. Kelganingizdan beri dunyodan erta oʻtib ketgan dugonam Salomat tirilib qaytdimi, deb  ichimda Allohimga salovatlar aytaman. Endiyam ketaverasizmi? – Mohiraxon unga sinchkovlik bilan boqdi.

Noqulay holatda qolgan Zarinani kutilmaganda qizaloqlar quchoqlab olishdi. Negadir Zarina shu lahzalarda uzoq yillardan beri izlab topaolmayotgan manziliga yetganday, vujudida yengillik sezdi. Qizaloqlarni mahkam quchib, bagʻriga bosdi, sochlarini mehr bilan siladi. Shunda u umrida hech qachon  his qilmagan bir goʻzal tuygʻu ogʻushida mast boʻldi.

Bu – bola mehri, farzand hidi ila qorishgan onalik muhabbati edi...

Zarina qizaloqlarga mehr berdi, oʻzidan ikki yoshgina katta boʻlgan Qosimjon bilan turmush qurdi. Allohning karami keng, Zarina 43 yoshida oʻgʻli Shamsiddinni dunyoga keltirdi. Onalik baxti unga juda yarashdi. Oʻzi tugʻilgan qishlogʻiga har gal qizlari va oʻgʻilchasi bilan kelganida yuragi bir ajib hisni tuyadi. Bu – kechikib boʻlsa-da, baxt manziliga yetganidan shukronalik hissi! Endi koʻchalarda, toʻy-marosimlarda qaddini tik tutib yuradi. Shogirdlariga samimiyat bilan ezgu tilaklar tilaydi. U sabrli boʻldi, Alloh uni goʻzal sabri uchun siylagan edi nazarimda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019