17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 19:02
Jamiyat 👁 7,680

QISh GʻAMI KOʻRILDIMI?..

Oʻlkamizda hukm surayotgan oltin kuz hademay oʻrnini qishning izgʻirinli kunlariga boʻshatib beradi. Bunday paytda hamma issiq uyda oʻtirishni istaydi. «Qish gʻamini yozda koʻr» degan maʼnoli ibora bor. Albatta, qishda issiq uyda xotirjam oʻtirish uchun gʻanimat kunlardan unumli foydalanib, tayyorgarlik koʻrib qoʻyilishi kerak.

Kunlar salqinlashishi bilan hamma bu yilgi gaz taʼminoti qanday boʻlishiga qiziqa boshlaydi. Chunki issiqlik tabiiy gaz, koʻmir va suyultirilgan gazning qay darajada yetkazib berilishiga bogʻliq. Shu bois, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holati tahliliga bagʻishlangan yigʻilishda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturlari ijrosini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, rejalashtirilgan chora-tadbirlarni manzilli hamda maqsadli amalga oshirish, mablagʻlardan samarali foydalanish darkorligini taʼkidladilar.

«Qoraqalpogʻistongaz» filialiga qarashli 6-son tumanlararo boʻlimi tomonidan ham kuz-qish mavsumida xonadonlarni tabiiy gaz bilan bir maromda va uzluksiz taʼminlash maqsadida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Uchastka nazoratida 1206,63 kilometrgaz tarmoqlari mavjud. Shundan 162,7 kilometri yuqori bosimli, 168,7 kilometri oʻrta bosimli va  876 kilometri past bosimli gaz quvurlari hisoblanadi. Gaz quvurlarining 65,7 kilometr qismi yer ostida va 1140,7 kilometr qismi yer ustida joylashgan. Shuningdek, jami 477 joyga gaz taqsimlash qurilmalari oʻrnatilgan. Ularning 54 joydagisi yuqori bosimli va 423 joydagisi oʻrta bosimli gaz taqsimlash qurilmalari hisoblanadi. Yer osti gaz tarmoqlarini himoyalash uchun esa 11 ta elektrokimyoviy himoya vositalaridan foydalanilmoqda. Jumladan, tuman isteʼmolchilari jami 5 hududdagi avtomatik gaz taqsimlash stantsiyalari orqali tabiiy gaz bilan taʼminlanib kelinmoqda.

– Tuman boʻyicha jami 32496 xonadon gazlashtirilgan boʻlib, shundan 11665 xonadon tabiiy gaz bilan taʼminlanmoqda, – deya maʼlumot beradi «Qoraqalpogʻistongaz» filialiga qarashli 6-son tumanlararo uchastkasi katta ish ustasi J.Yermetov. – Qolgan 20831 xonadonga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Shunga koʻra, 206 dona gaz taqsimlash qurilmalari holati, 43,8  km.da gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash ishlari, 32,7 km.da yer osti gaz quvurlarining holatini pribor usuli bilan tekshirish, 3,3 km.da gaz quvurlarini boʻyoqlash ishlari va 11231 xonadonda dudburonlarning sozligini tekshirib, kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ortigʻi bilan bajarildi.

Bugungi kunda tumanda aholiga «Berdaq», «Toʻlqin», «Qipchoq», «Mangʻit-1», «Mangʻit-2» avtomatik gaz taqsimlash stantsiyalari orqali tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Yaʼni, «Berdaq» avtomatik gaz taqsimlash stantsiyasi orqali Berdaq nomidagi ovul aholisi, «Toʻlqin» avtomatik gaz taqsimlash stantsiyasi orqali «Toʻlqin» va «Oq oltin» ovullari aholisi, «Qipchoq» avtomatik gaz taqsimlash stantsiyasi orqali «Beshtom» va «Qipchoq» ovullari aholisiga tabiiy gaz yetkazib beriladi. «Mangʻit-2» avtomatik gaz taqsimlash stantsiyasining koʻlami kattaroq boʻlib, u orqali tumandagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari, Oʻrta qalʼa ovulining «Vaxum» aholi punkti, «Yusufxoʻja» mahallasi va tuman markazidagi 11 mahalla aholisi gaz bilan taʼminlanib kelinmoqda. «Mangʻit-1» avtomatik gaz taqsimlash stantsiyasi orqali esa tumandagi 2 ta avtomobillarga gaz quyish shoxobchalariga gaz yetkaziladi. Ayni kunlarda tumanda mazkur avtomatik gaz taqsimlash stantsiyalarida tabiiy gaz bosimini koʻtarib, qishki mavsumga oʻtkazish uchun tegishli choralar koʻrilmoqda.

Oʻtgan yilgi qish mavsumida tuman markazida joylashgan «Chordara», Oybek, Navoiy, «Boʻston» mahallalarida tabiiy gaz yetishmovchiligi muammolari aholiga qiyinchilik tugʻdirgan edi. Joriy yilda bu muammolarni bartaraf etish uchun «Qoraqalpogʻistongaz» filiali 6-tumanlararo uchastkasi tomonidan yil boshidanoq tegishli choralar koʻrishga harakat qilindi. «Mangʻit-2» avtomatik gaz taqsimlash stantsiyasiga uzoq joylashganligi sababli tabiiy gaz yetib borishi muammo boʻlayotgan bu mahallalardagi gaz quvurlari hamda gaz taqsimlash qurilmalari qayta taʼmirlandi. Ayni kunlarda ham bu yilgi qish mavsumida mazkur hududlarda muammolar boʻlmasligi uchun zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

– Keyingi yillarda tumandagi avtomatik gaz taqsimlash stantsiyalariga uzoq masofada joylashgan hududlarga tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati boʻlmaganligi sababli tarmoqdan ajratilishiga toʻgʻri kelgan edi, – deydi suhbatdoshimiz J.Yermetov. – Lekin, bu hududda yashovchi aholi suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlanib kelinmoqda. Oʻtgan 2016-yilda 1607,2 tonna suyultirilgan gaz olib kelinib, aholiga shundan 1522,4 tonnasi tarqatildi va 5805 dona yangi gaz ballonlari berildi. Joriy yilda esa oktyabr oyiga qadar 1734,6 tonna suyultirilgan gaz olib kelinib, aholi ehtiyoji taʼminlandi. Shu bilan birga zaruratga qarab, 2263 dona yangi gaz ballonlari ijaraga berildi.

"Qoraqalpogʻistongaz” filiali 6-tumanlararo uchastkasiga qarashli "Xolimbeg Servis” markazi 6655 xonadonga, "Kuyukkoʻpir” shoxobchasi 4638 xonadonga, "Qipchoq” shoxobchasi 3256 xonadonga, "Oq oltin” shoxobchasi 2358 xonadonga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Filial markaziy omborxonasi esa 3924 xonadon ehtiyojini  taʼminlamoqda. Tumanda aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlashni yanada yaxshilash maqsadida 2014-yilda Amudaryo gaz taqsimlash punkti qurib ishga tushirilgan edi. Punktda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

Tuman hududidagi ijtimoiy soha va boshqa obʼektlarda ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari deyarli amalga oshirilib boʻlindi. Tuman XTMFMTTEBga qarashli taʼlim muassasalari, tuman tibbiyot birlashmasi va kollejlar qozonxonalarini taʼmirlash va almashtirish ishlari deyarli yakunlandi. Undan tashqari, bu obʼektlarni koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash ham rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda rejadagi miqdorda koʻmir jamgʻarildi. Shuningdek, gaz tarmogʻidan ajratilgan hududlarda yashovchi aholini ham tegishli miqdorda koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Shu maqsadda ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan avval aholi ehtiyoji qanchaligi aniqlab olindi. Ayni paytda ehtiyoji mavjud boʻlgan xonadonlar uchun «Nazarxon» koʻmir tarqatish shoxobchasida 1 tonna Angren koʻmiri 156,6 ming soʻm narxda tarqatilmoqda.

Davlatimiz rahbari aholining kundalik turmush tarzi, farovonligi va salomatligiga, ularning yanada yaxshilanishiga doir masalalarga doim eʼtibor qaratib kelmoqdalar. Shu maqsadlar koʻzda tutilib, bu borada tegishli farmon va qarorlar qabul qilindi hamda ularning ijrolari tizimli ravishda taʼminlanmoqda.

Qishning izgʻirinli kunlarida issiqlik bilan aholini  yetarlicha taʼminlashda muammolar boʻlmasligi va tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlari zararlangan holatlarda tezkor chora koʻrish maqsadida boʻlimda navbatchilar guruhi tashkil  etilib, ish jarayoni muvofiqlashtirilmoqda.

Bu kabi ishlar aholi va ijtimoiy soha xodimlarining mavsumni qiyinchiliklarsiz oʻtkazishida muhim omil boʻlishi shubhasiz.

Ozoda XUDOYBERGANOVA, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026