16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:18
Fan va taʼlim 👁 2,418

IJODKOR BOLALAR MASKANI

Bugungi kunda maktabdan tashqari taʼlimning farzandlar tarbiyasidagi rolini koʻpchilik ota-onalar juda yaxshi tushunadilar. Maktabdan boʻsh vaqtlarida oʻz farzandining "Barkamol avlod” bolalar markazi toʻgaraklarida qatnashishiga shart-sharoit yaratib berayotgan ota-onalar soni ortib borayotganligi quvonarli holdir.

Qilichboylik Dilmurod aka oʻgʻli Diyorbekni markazimizga olib kelganida u hali juda yosh edi. Uslubchi Shokir Xudoyberganov Diyorbek bilan har kuni shugʻullandi. Unga nafaqat sanʼat sirlarini, balki har bir soʻzning toʻgʻri talaffuz qilinishi, musiqani tinglash va tushunishni oʻrgatdi. Bugungi kunda tumanimizda boʻlib oʻtayotgan "Mustaqillik”, "Navroʻz” va boshqa anʼanaviy bayramlarda eng faol ishtirokchiga aylangan Diyorbek Ortiqovning muvaffaqiyatlari markazning har bir xodimini quvontiradi.

"Yosh jurnalist va notiq” toʻgaragi aʼzosi Erkinoy esa tumanimizdagi oʻn birinchi sonli maktabda taʼlim oladi. Ota-onasi qizining sheʼriyatga boʻlgan ixlosini qoʻllab-quvvatlash uchun uni har kuni tuman markaziga olib kelishga hech qiynalishmaydi.

Kichkina yuragida Vatanga, ota-onaga, doʻstlariga muhabbati joʻsh urgan Erkinoyning qalami ancha oʻtkirlashib qoldi. Toʻgarak aʼzolari ustozi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Zulfiya Olloyorova rahbarligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasining har oyda oʻtkaziladigan seminarlarida ishtirok etib tengdoshlari hamda ustozlaridan maslahatlar oladilar, uyushma tomonidan oʻtkazilgan mushoiralarda ishtirok etadilar.

Bekposhsha Abdullayeva "Boshlangʻich texnik modellashtirish” toʻgaragiga uch yildan beri qatnashadi. U  Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Barkamol avlod” bolalar markazida boʻlib oʻtgan koʻrik-tanlovlarda qatnashib, hamisha faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda. 2016-2017 oʻquv yilida Nukus shahrida boʻlib oʻtgan "Bolalar ijodiyoti” festivalida qatnashib,  doʻppidoʻzlik boʻyicha Respublikada faxrli ikkinchi oʻrinni, "Elektron oʻyinchoqlar” yoʻnalishidagi koʻrik-tanlovda ishtirok etib, faxrli III oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.

Toʻgarak rahbari Shahlo Eshimbetova  har bir oʻquvchi bilan alohida, erinmasdan  ish olib borganligi sababli shogirdlarini nafaqat boshlangʻich texnik modellashtirish, balki boshqa sohalarda ham ularning qiziqishlariga qarab shugʻullanishlariga yordam beradi. Shu sababli Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlarda  toʻgarak aʼzolari Ravshanbek Toʻrayev "Kosmik  maketlashtirish va modellashtirish” yoʻnalishida faxrli III oʻrinni,  Xurshid Rajabboyev "Radiotexnika” yoʻnalishi boʻyicha faxrli II oʻrinni egalladilar. Jamshid Bobojonov esa "Elektron oʻyinchoqlar” yoʻnalishida "Eng yosh ixtirochi” nomiga sazovor boʻldi.

Gulasal Allamberganova toʻqish toʻgaragiga rahbarlik qiladi. Ustozidan shu hunar sirlarini oʻrganib olgan qizlar qoʻli bilan yaratilgan sumkachalar, yubkalar, jaketlar koʻrgan koʻzni quvontiradi.

– Ixlosi baland qizlar toʻqishni juda tez oʻrganib olishadi. Oila aʼzolariga paypoqlar, jaketlar toʻqib bergan tengdoshlarini koʻrib, toʻgaragimizga qatnashishni istayotgan qizlar juda koʻp. Men ularga qiz bola nafaqat husni, balki odobi, hunari bilan yanada goʻzal koʻrinishlarini tushuntiraman, – deydi Gulasal Allamberganova.

Ingliz tili toʻgaragi oʻquvchilar bilan doim gavjum. Toʻgarak rahbari Mahfuza Ibragimova dars jarayonida mavzuga doir yangi metodlar, savol-javob, qiziqarli oʻyinlar  oʻtkazib, oʻquvchilarning ingliz tiliga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshiradi. U rahbarlik qilayotgan toʻgarak aʼzolari "Kelib ketma, bilib ket” shioriga amal qiladilar.

Amalga oshirilayotgan ishlarimiz, qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 18-yanvardagi 2731-sonli "2017-2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarorining ahamiyati ulkan. Mazkur qarorga koʻra, "Barkamol avlod” bolalar markazlaridagi mashgʻulotlar uchun ota-onalarning har oylik toʻlov miqdorlari Respublika boʻyicha belgilanganidan ikki baravar kam darajaga tushirilganligi juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Bugungi kunda markazimizda 48 ta toʻgarakda 1010  nafar oʻquvchilar kasb-hunar oʻrganmoqdalar. Ota-onalarning qoʻllab-quvvatlashlari, oʻquvchilarning markazimiz toʻgaraklari faoliyatiga qiziqishlari tobora ortib borayotganligi jamoamiz aʼzolarini oʻz kasbini sidqidildan bajarishga ruhlantiradi. Markazimizni haqiqiy ijodkor bolalar maskaniga aylantirish har birimizning ezgu niyatimizdir.  

Munira Hayitboyeva,

"Barkamol avlod” bolalar markazi "Oʻlkashunoslik va ekologiya” yoʻnalishi uslubchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019