17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 19:01
Jamiyat 👁 2,252

OʻZIMIZGA YaRAShADIGAN IShLAR QILAYLIK

OʻZIMIZGA YaRAShADIGAN IShLAR QILAYLIK

Inson nima uchun yashaydi? Orzu-umidlardan bir goʻzal chaman yaratib, ana  shu chaman ichra oʻzi yayrab, oʻzgalarga ezguliklar ulashib yashash – uning birdan-bir oliy maqsadi. Ana shunday toʻkin-sochin, fayzli hayot manziliga yetish uchun u umr boʻyi intiladi, mehnat qiladi.

Xalqimiz azaldan mehmondoʻst, bolajon va albatta orzu-havasli. Bugungi kunda bu orzu-havas ichida katta toʻy bersam, butun mahalla har kuni, har toʻyda ogʻzidan tushirmay aytib yursa, deb kim oʻzarga toʻy beruvchilar koʻpayib bormoqda. Ming  afsuski, bunday toʻylar orqasidan koʻplab noxushliklar, isrofgarchiliklar, baʼzi bir toʻylarda avtohalokatlar yuz berib, ayrim yoshlar umrining oxirigacha nogiron boʻlib qolayotgan voqealar ham sodir boʻlmoqda. Bu voqealarni eshitib, koʻrib, bilib turib ham kim oʻzarga toʻy berish hech toʻxtamayapti. Kelin yoki kuyovning: "men falon mashinada chiqaman”, "falon soʻmlik kelin koʻylak, kostyum-shim kiyaman”, "falon qoʻshiqchi kelsin”, "toʻyim toʻyxonada boʻlsin!” degan talablariga kelin-kuyovning ota-onalari: "mayli, farzandlarimning koʻngli oʻksimasin”, deb rozi boʻlishmoqda. Ayrim hollarda kuyovning doʻstlari toʻy kuni bir xil mashinada chiqishi, yoʻlda mashinalarning poygasi, kelin qimmatbaho kelin koʻylak kiyishi, kelin-kuyovning romantik musiqa sadolari ostida maxsus bezatilgan sahnada raqsga tushishi oddiy hol boʻlib qolmoqda. Baʼzi bir ota-onalar "oʻzi bitta oʻgʻlim yoki yolgʻiz qizim” deb juda koʻp isrofgarchilikka yoʻl qoʻyishadi. Ertaga bu isrofgarchilikning uvoli tutadi-ku!

Aslida toʻy degani ikki yoshning ahdi-paymoni  asosida, qonuniy va sharʼiy nikohdan oʻtib, yaqin qarindosh-urugʻini chaqirib, ularning duosini olish emasmi? Yetti mahallaga toʻy berib, boshdan-oyoq qarzga botib, toʻydan keyin chet davlatlarga chiqib ishlab, oʻz jonini oʻzi azobga qoʻyish toʻgʻrimi? Ayrim yoshlarimizdan ibo, hayo koʻtarilib, kattalar oldida uyalmaydigan boʻlib ketishyapti. Axir bir eslab koʻraylik, qaysi momo-bobolarimiz yoki ota-onamiz toʻyi kuni, odamlarning koʻz oʻngida quchoqlashib valsga tushgan, yetti mahallaga osh bergan, dabdabali toʻy qilaman deb qarz koʻtarishgan ekan? Ixchamgina toʻy berib ham baxtli hayot  kechirishgan-ku!

Toʻgʻri, odam bu dunyoga bir marta keladi, bir marta kelin-kuyovlik libosini kiyib, kelin-kuyovlik vazifalarini oʻtaydi, lekin toʻy bir kunlik tantana, toʻydan keyingi hayot butun umrga tatiydigan katta yoʻl. Mana shu katta yoʻl bu hayotda bir marta yashab, oʻtish borasidagi sinov. Yigit-qizlarimiz esa oilaning asl mohiyatini bilmasdan toʻy kunida boʻladigan valsga tayyorlanayapti, toʻyini klip qilib, internet orqali oʻzini koʻz-koʻz qilishmoqda. Kechirasiz-u gʻururli, oriyatli erkak oʻz jufti-halolini butun dunyoga namoyon qilmaydi, ibo-hayoli, andishali qizlarimiz nikoh toʻyida yelkasi ochiq koʻylak kiyib, butun xalq koʻz oʻngida behayolarcha valsga tushmaydi. Axir u oʻz nomi bilan kelin, kelin esa ozgina  uyatni, hayoni bilishi darkor.

Biz oriyatli xalqmiz! Har doim oʻzimizga yarashadigan ishlar qilaylik!

Qarshigʻa ALIMBOYeVA,

"Daryo boʻyi” mahallasi.

(Foto - http://albums.vsetut.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026