16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:27
Salomatlik 👁 4,827

Shoshilinch tibbiy yordam xizmati takomillashtirilmoqda

Inson – hayot gultoji. U hayot boʻstoni aro qadam qoʻygan kunidan boshlab, uning bagʻriga intiladi. Bu boʻston ichra oʻzgartishlar, yangiliklar olib kiradi. Qiziqishlari, kasb-u kori bilan oʻzgalar eʼtiborini qozonadi. Bundaylarni biz yaxshi inson, deymiz. Chunki atrofimizdagi ana shunday yaxshi insonlar bizga yaxshi xayollar surish imkonini beradi. Yaxshi xayollar esa odamni yashartiradi, hayotni sevishga, hayotga joʻshqin nazar bilan qarashga undaydi.

... Joni qil ustida turgan bola hayoti uchun uch-toʻrt soatlab zir yugurgan shifokorning xayolidan bu damlarda oʻzi uchun aziz boʻlgan oila, bola-chaqa – hamma-hammasi koʻtarilgan. U jang maydonidagi askar kabi oʻzini unutgan. Butun fikr-u yodi jarrohlik stolida jon talashayotgan murgʻak vujudda. Bola yashashi kerak!

Jarrohlik xonasi eshigi oldida bemor bolaning ota-onasi, yaqinlari hayot bilan mamot oraligʻidagi olov ichra oʻrtanadilar goʻyo. "Bolam omon qolsin-da...” degan qoʻrquv butun xayolini band etgan ota-ona qarshisiga horgʻin jilmayib chiqib kelgan shifokorning bir ogʻiz shirin soʻzi ularning qalbini, vujudini yashnatib yuboradi. Najotkor shifokor ular uchun dunyodagi eng yaxshi Odam!

Tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasining barcha boʻlimlarida bemorlar hayoti uchun masʼullik tuygʻusi bilan muhnat qilayotgan malakali shifokorlar koʻp. Ayniqsa, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimida eng malakali mutaxassislar jamlangan. Asosiy stavkada ishlovchi 10 nafar mutaxassis shifokorlarning 6 nafari oliy toifali, 1 nafari birinchi, yana bir mutaxassis ikkinchi toifalidir. Oʻrindoshlik asosida ishlovchi 27 nafar shifokorning 16 nafari oliy toifali, uch kishi birinchi, bir nafar mutaxassis esa ikkinchi toifaga ega. Oʻrta tibbiy xodimlar orasida ham oliy toifalilari anchagina. Boʻlimda 24 soat davomida uzluksiz ish joriy etilganidan shifokorlar har daqiqada masʼuliyatni chuqur his qilib ishlashadi.

Shu sababli Shoshilinch tibbiy yordam boʻlimida muolaja olayotgan bemorlar eʼtirofi, minnatdorchiligi cheksiz.

– Agar davlatimiz tomonidan biz shifokorlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilmaganida tez tibbiy yordam koʻrsatish masalasida ancha qiynalib qolardik, – deydi boʻlim mudiri Soliy Yoʻldoshev, – Faqat 2010-yilning oʻzida boʻlimga 17 xildagi tibbiy jihozlar keltirildi. Bundan tashqari, zamonaviy talablar darajasidagi UTT, endoskop, mobil rentgen va EKG jihozlarining keltirilishi, bemorlarga oʻz vaqtida va toʻgʻri tashhis qoʻyish imkonini yaratdi. Sogʻlikni saqlash tizimidagi islohotlar nafaqat soha xodimlari, balki xalqimiz hayotiga ham katta oʻzgarishlar olib keldi. Namunali tibbiy xizmatning yoʻlga qoʻyilishi xalqimizning mehnatga qobiliyatlilik darajasi oshishini, oʻrtacha umr koʻrish davomiyligining uzayishini taʼminlamoqda. Biz shifokorlar esa muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlariday, xalqimiz bizdan rozi boʻlishi uchun har lahzada masʼullikni his etib, el-yurt salomatligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilaveramiz.

Biz esa ana shunday ezgu niyatlar bilan yashab, xalqimiz qalbida goʻzal orzular, yaxshi xayollar uygʻotib va yaxshilik tomon har lahzada bir qadam qoʻyib mehnat qilayotgan shifokorlarga hamisha yaxshilar qatorida boʻlishdan aslo charchamang, kasb bayramingiz muborak boʻlsin, deymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

Suratda: Soliy Yoʻldoshev (chapdan ikkinchi) boʻlim xodimlari bilan

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026