16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:47
👁 8,904

YaNGI UY-JOYLAR – OBODLIK TIMSOLI

YaNGI UY-JOYLAR – OBODLIK TIMSOLI

Zamonaviy qishloq infratuzilmasini yaratish maqsadida Yurtboshimiz rahnamoligida "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi negizida ishlab chiqilgan zamo-naviy meʼmorchilik talablariga javob beradigan va bizning iqlim sharoitlarimiz hisobga olingan shinam hamda qulay, namunaviy loyihadagi uy-joylarning butun mamlakatimiz miqyosida, shu jumladan, bizning tumanimiz qishloqlarida qurilayotganligi qishloqlarimiz qiyofasini tubdan oʻzgartirib yubordi.

Mana shunday namunaviy loyihadagi 100 ta uy-joylar ilk bor Mangʻit shahrining sharqiy qismida joylashgan "Taqir qalʼa” maskanida "Mangʻit invest maksimum” MChJ hamda "Amudaryo maxsus qurilish” MChJ quruvchilari tomonidan qurib bitkazilib, oʻz egalariga topshirildi. Ayni kunda "Toshyop" OFYning "Taqir qalʼa” mavzesida zamonaviy uy-joylardan iborat shaharcha boʻy tiklab, barchamizga oʻzini koʻz-koʻz qilib turibdi. Joriy 2013-yilda bu yerda yana 10 ta yangi turar joy qurilishiga hozirlik koʻrilmoqda. Endilikda koʻz oʻngimizda "Taqir qalʼa” oʻrnida chinakam obod qalʼa vujudga kelib, uning infratuzilma majmualari, yaʼni bitta qishloq vrachlik punkti va bitta zamonaviy maktab binosining qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilganligi fikrimizning dalilidir. Bundan tashqari, kundalik ehtiyoj mollari va oziq-ovqat mahsulotlari doʻkoni, maktabgacha taʼlim muassasasi, bolalar maydonchalari va toʻy-maʼrakalar va marosimlar oʻtkaziladigan toʻyxona-choyxona qurilishi moʻljallanmoqda.

2011 yilda namunaviy loyihadagi uy-joylardan 17 tasi "Qilichboy” ovulining "Olmazor” mahallasida, 8 ta turar joy "Toʻlqin” ovulidagi "Vays ovul” maskanida bunyod etildi. Oʻtgan 2012-yilda esa "Oʻrta qalʼa” ovulining "Vahum” aholi punktida 20 ta turar joy binolari qad rostladi.

Namunaviy loyihadagi uy-joylar qurilishi joriy 2013-yilda yana davom ettiriladi "Choykoʻl” ovulining "Boʻzsuv” punktida 42 ta, "Oʻrta qalʼa” ovulining "Vahum” mahallasida yana 18 ta yangi turar joylar qad rostlashi rejalashtirilmoqda. Bunga yana hozirgi "Taqir qalʼa” shaharchasida quriladigan 10 ta yangi turar joyni ham qoʻshsak, joriy 2013-yilda 70 ta uy-joy qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu 10 milliard soʻmlikka yaqin qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish imkonini beradi. Bu koʻlamdor ishlarni "Amudaryo qurilish”, "Amudaryo qurilish xizmat”, "Amudaryo maxsus qurilish”, "Amudaryo suv qurilishi boshqarmasi”, "Oqtov” MChJlari quruvchi-bunyodkorlari amalga oshiradilar.

Yangi-yangi uy-joylar, maktab, shifo maskanlari va boshqa imoratlar, inshootlar, yurtimiz koʻrkiga-koʻrk, husniga-husn qoʻshib, tumanimizda ham yuksalish va obodlik sari dadil qadam tashlanayotganidan darak berib turibdi. Qayerdaki qurilish bor ekan, u yerda yangilanish va rivojlanish boʻlishi soʻzsizdir.

Qobul ShOMURODOV.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026