16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:36
Iqtisodiyot 👁 1,622

2018-yilning 1-dekabridan onlayn nazorat-kassa mashinalarini oʻrnatish barcha tadbirkorlar uchun majburiy hisoblanadi

2018-yilning 1-dekabridan onlayn nazorat-kassa mashinalarini oʻrnatish barcha tadbirkorlar uchun majburiy hisoblanadi

Ayni paytda, tadbirkorlik subʼektlari tomonidan hisoblanadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar summasini kamaytirish, naqd pul tushumlarini bank kassalariga topshirmasdan yashirish maqsadida xaridorlarga nazorat-kassa mashinasi chekini bermaslik, nazorat-kassa mashinasini nosoz holatga keltirish, fiskal xotiradagi maʼlumotlarni qasddan oʻzgartirish, nazorat-kassa mashinalarini yoʻqotish orqali amalga oshirilgan tovar aylanmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soxtalashtirish kabi holatlar hamon uchrab turibdi, deya xabar bermoqda soliq.uz.

Natijada, naqd pul tushumlarining haqiqiy hajmini aniqlash maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari juda koʻp vaqt talab etiladigan xronometraj tadbirlariga muntazam ravishda jalb etishga toʻgʻri kelmoqda. Masalan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 83 mingdan ortiq ana shunday tadbirlar oʻtkazildi.

Bu masalada sohaga yangiliklarni joriy etishni davrning oʻzi talab etmoqda. Xususan, buning uchun joylarda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalar qoʻllanishini yanada takomillashtirish va nazorat qilish tizimini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadigan vazifalardan biridir.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi «Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilgʻor avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq toʻlovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subʼektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotsiz elektron xizmat koʻrsatishga toʻliq oʻtish belgilangan.

Ushbu vazifalar, shuningdek, Farmon bilan tasdiqlangan «Davlat soliq xizmati organlari faoliyati va soliq maʼmuriyatchiligining samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi»ning ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi «Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishda aholi bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar hajmini aniqlash maqsadida 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 500 tadan 1000 tagacha boʻlgan onlayn nazorat-kassa mashinalari tajriba-sinov tariqasida amaliyotga joriy etiladi.

2018-yilning 1-iyulidan ushbu hududlardagi barcha yuridik shaxslar, 1-dekabridan esa barcha yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishda aholi bilan naqd puldagi hisob-kitoblarni majburiy tarzda faqat onlayn nazorat-kassa mashinalarini qoʻllagan holda amalga oshirish bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi xaridorlarga berilgan nazorat-kassa mashinalari cheklarining markazlashgan elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi. Nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmayotgan savdo shoxobchalarini onlayn rejimda aniqlab, tezkor choralar koʻrishga imkon beradi. Shuningdek, nazorat-kassa mashinalari orqali xaridorlarga berilgan cheklar haqidagi maʼlumotlarni qasddan oʻzgartirish, tushum summasini kamaytirish, nazorat-kassa mashinalarini yoʻqotish, buzish yoki roʻyxatdan oʻtmagan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish, shuningdek, ikkilamchi buxgalteriya yuritish kabi holatlarga chek qoʻyiladi.

Shuni ham aytib oʻtish kerakki, onlayn nazorat-kassa mashinalarining amaliyotga tatbiq etilishi tadbirkorlik subʼektlarining naqd pul tushumi bilan bogʻliq faoliyatiga aralashish va turli xil nazorat tadbirlari oʻtkazilishining kamayishiga ham olib keladi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026