17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 22:20
Jamiyat 👁 1,306

2017-yil sarhisobi: TUMANIMIZNING MEʼMORIY QIYoFASI TUBDAN OʻZGARDI

2017-yil sarhisobi: TUMANIMIZNING MEʼMORIY QIYoFASI TUBDAN OʻZGARDI

Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq va shaharlarning meʼmoriy  qiyofasi goʻzallashib, namunaviy loyihalar asosida koʻplab uy-joylar bunyod etilmoqda, hududlarda muhandislik va transport-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy infratuzilma obʼektlari  jadal rivojlantirilmoqda, shuningdek, shaharlarda koʻp qavatli uylarni qurish va qayta taʼmirlash ishlariga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Bular aholi turmush darajasi va sifatining tobora yuksalib borishiga xizmat qilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktyabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi Qarori asosida tumanimizda shu yilning oʻzida 4 ta massivda jami 122 ta namunaviy loyihadagi arzonlashtirilgan uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ayni kunda tumanimizda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-sentyabrdagi 995-F-sonli Farmoyishi asosida qoʻshimcha ravishda maydoni 0,02 ga. boʻlgan 75 ta arzonlashtirilgan uy-joylar qurilishi olib borilmoqda.

Ichki ishlar boʻlimining profilaktika inspektorlari uchun maydoni 0,02 ga. boʻlgan 28 ta xizmat uylari qurildi.

Qishloq xoʻjaligida foydalanilayotgan yerlarda sugʻorish tizimini yaxshilash maqsadida “Shoʻr yob” kanalining 15 km. qismi rekonstruktsiya qilinib, 2546,2 mln. soʻmlik, “Alili yop” kanalida 5,8 km. uzunlikda yangi qurilish ishlari amalga  oshirilib, 570,1 mln. soʻmlik mablagʻ oʻzlashtirildi.

Joriy yilda tumanimizda infratuzilma obʼektlari qurilishiga ham alohida eʼtibor berildi. Bu yoʻnalishda jami 7390,5 mln. soʻmlik yoʻl qurilishi va joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur uy-joylarning 4 tasi nogironligi boʻlgan shaxslarga berilib, ular ish bilan taʼminlandi.

“Olmazor” mahallasi hududida loyiha qiymati 1254,0 mln. soʻm boʻlgan FHDYo boʻlimi binosi, “Gulzor” mahallasi hududida loyiha qiymati 479,0 mln. soʻm boʻlgan notarial idora binosi, Kuyukkoʻpir ovulida sutkasiga 30 tonna koʻmirni briketlash quvvatiga ega boʻlgan hududiy distribyuterlik markazi binosi qurildi.

2017-yilda tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat, taʼmirlash-foydalanish korxonasi tomonidan 5820,3 mln. soʻmlik, «Amudaryo SKB» MChJ tomonidan 1433,2 mln. soʻmlik, “Mangit invest maksimum” MChJ tomonidan 137,0 mln. soʻmlik hajmda yoʻl qurilishi, taʼmirlash va saqlash ishlari amalga oshirildi.

Joriy yilda tumanda jami 9,5 km. uzunlikdagi suv quvuri yotqizildi. Jumladan, investitsiya dasturi asosida “Arna boʻyi” mahallasi hududidagi suv taqsimlash inshootigacha tender bahosi 1154,3 mln. soʻm boʻlgan 2,04 km. uzunlikdagi suv tarmogʻi yangilanib, “Vaxum”, “Bosuv” mahallalari va “Taqir qalʼa” massividagi 480 ta xonadon aholisining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishi yaxshilandi.

“Olmazor” mahallasida 702,4 mln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 5,4 km. uzunlikdagi suv quvurlari yotqizildi. Ushbu mahallada 242  ta xonadon uchun yangidan suv tarmogʻi qurildi.

Mangʻit shahrini tungi yoritish tizimi bilan taʼminlash maqsadida 3 km. uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortildi va shahar koʻchalari tungi yoritish tizimi bilan taʼminlandi.

Aholini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida Mangʻit  shahrining Boʻston, Navoiy nomli, Chordara va Oybek nomli mahallalarida 1,7 km. uzunlikdagi gaz tarmogʻi ichki imkoniyatlar hisobidan rekonstruktsiya qilindi.

Tumanimiz aholisini uzluksiz elektr energiya-si bilan taʼminlash maqsadida quvvati 0,4 kVa va 10 kVa boʻlgan 11,5 kilometrlik elektr tarmoqlari rekonstruktsiya qilindi. Shuningdek, TP-265 va TP-169 transformatorlari kam quvvatli boʻlganligi sababli ular katta quvvatdagi transformatorlarga almashtirildi.

2017-yilda tumanda 3 ta xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatlari tashkil etilib, ular zarur kredit mablagʻlari bilan taʼminlandilar.

«Daumov» xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatiga Doʻstlik va Yangiobod mahallalaridagi 16 ta koʻp qavatli uylarni taʼmirlash uchun «Mikrokreditbank»ning tuman filialidan 234,0 mln. soʻm, «Mangʻit bino taʼmir» shirkatiga “Gulzor” mahallasidagi 7 ta koʻp qavatli uylarni taʼmirlashi uchun “Agrobank”ning tuman boʻlimidan 220,0 mln. soʻmlik, «Amudaryo bino taʼmir» shirkatiga esa “Boy ovul” mahallasidagi 5 ta koʻp qavatli uylarni taʼmirlashi uchun “Xalq banki”ning tuman boʻlimi tomonidan 100,0 mln. soʻmlik bank kreditlari ajratildi.

Azat Madraimov, tuman uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi bosh mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026