16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:57
Jamiyat 👁 5,856

TABIAT – ONAMIZ

TABIAT – ONAMIZ

Atrof-muhitni muhofaza qilish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan eng dolzarb masala hisoblanadi. Shu bois, mustaqillikning ilk yillaridanoq "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi, "Havo atmosferasini muhofaza qilish toʻgʻrisida”, "Chiqindilar toʻgʻrisida”, "Alohida muhofaza qilinadigan hududlar toʻgʻrisida”gi bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga joriy etildi. Ushbu qonun hujjatlariga muvofiq tabiatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni hayotga tatbiq etish maqsadida millionlab soʻm mablagʻlar ajratildi. Birgina 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar uchun 89 milliard soʻmlik mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida tabiat va atrof-muhit muhofazasi uchun 69,68 million AQSh dollari, 7134,7 million soʻmlik mablagʻlar ajratilishi koʻzda tutilgan. Bu – bizni qurshab turgan nabotat olamini koʻz qorachigʻidek asrash, obodonlashtirish, koʻkalamzor hududlarni yanada kengaytirish, yangiliklar bilan boyitish degani. Zero, tabiat – onamiz, undagi barcha neʼmatlar esa boyligimiz. Bu boylikni asrab-avaylashga shu zaminda yashab, shu havodan nafas olayotgan har bir inson masʼul.

Tuman tabiatni muhofaza qilish boʻlimi tomonidan joriy yilning  olti oyi davomida fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish borasida tuman prokuraturasi va tuman DSENM xodimlari bilan hamkorlikda reydlar oʻtkazildi. Reyd natijasiga koʻra qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan tegishli idoralar va shaxslarga maʼmuriy choralar koʻrilib, aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan 47 shaxsga 3740730 soʻm jarima solindi va toʻligʻi bilan undirib olindi. Shu bilan bir qatorda 7 nafar fuqaroning ariza va shikoyatlari oʻrganib chiqilib, ularga oʻz vaqtida javoblar qaytarilib, qanoatlantirildi. Lekin shunga qaramasdan fuqarolar tarafidan tabiatga ziyon yetkazish holatlari hamon uchrab kelmoqda. Misol tariqasida aytadigan boʻlsak, Qipchoq va Jumurtov shaharchasida daryoning muhofaza hududiga oʻzboshimchalik bilan baliqxona qurib, daryo suvini ifloslaganligi uchun fuqarolar A.U.Allamov, O.U.Allamov, N.A.Oʻrozboyeva, U.T. Oʻrinboyev, X.Kamolov, K.K Atajanov va boshqalar, jami 11 nafar shaxsga 715500 soʻm, yer resurslaridan notoʻgʻri foydalanganligi uchun 2 nafar shaxsga 159000 soʻm, atmosfera havosini muhofaza qilish qonun talablarini buzganligi uchun 11 nafar fuqaroga jarima solinib, undirib olindi.

Fuqarolar tarafidan sodir etilayotgan qonunbuzarliklar shuni koʻrsatadiki, hali aholi oʻrtasida olib borilayotgan targʻibot-tashviqot ishlari yetarli darajada emas. Qonunbuzarliklarning oldini olish va uning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida aholiga tushuntirishlar berish, "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish, ularning ekologik madaniyatini oshirmogʻimiz kerak. Bugungi kunda ekologik taʼlim-tarbiya ishlarini bogʻcha va maktablardan boshlab olib borilayotganligi davlatimiz tomonidan atrof-muhit muhofazasiga qaratilayotgan katta eʼtibordir. Shu bois, tuman tabiatni muhofaza qilish boʻlimi nozirlari tomonidan yil davomida oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni yanada chuqurroq oʻrganib, qonun buzilishlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, "Toza havo - dardga davo”, "Tabiat - onamiz”, "Atrof-muhit tozaligi – sogʻlom hayot mezoni” mavzularidagi aholi oʻrtasida olib borilayotgan suhbatlar munozaralarga, taklif, talab va istaklarga boyligi bilan ajralib turadi. Aholidan tushayotgan har bitta ariza, talab va takliflar, oʻtkazilayotgan suhbatlardan kelib chiqadigan xulosalar shuni koʻrsatadiki, aholining ekologik madaniyatini oshirmay turib, bu boradagi muammolarni yechish aslo mumkin emas. Shuni inobatga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tuman boʻlimi nozirlari OFY va MFYlarda, kollej va litsey hamda maktablarda tez-tez uchrashuvlar oʻtkazib, tuman DSENM xodimlari, "Kamolot” YoIH tuman boʻlimi, joylardagi profilaktika nozirlari bilan hamkorlikda ish olib borayotganliklari bois, koʻplab koʻngilsiz holatlarga barham berildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Qishloqxoʻjalikkimyo” hissadorlik jamiyatining tuman filialiga qarashli 18 ta shoxobcha mudirlariga nisbatan atrof-muhitga loqayd munosabatda boʻlganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 89-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy ish qoʻzgʻatilib, jarima jazosi qoʻllanildi. Bundan tashqari, "Ellikqalʼa neft bazasi” unitar korxonasining Qoratov filialiga qarashli 17 ta shoxobcha mudirlari ham tabiatga yetkazgan ziyonlari uchun maʼmuriy jazo olishdi.

Bunday misollarni koʻplab keltirishimiz mumkin. Xususan, tumanimizning Oybek nomli, Doʻstlik, Olmazor, Chordara, Durunki, "Boy ovul”, Beruniy nomli, Gulzor, Boʻston, Yangi obod, Daryo boʻyi MFYlari raislari ham oʻz hududlarida tabiatni muhofaza qilish bilan bogʻliq qonun hujjatlarini buzganliklari uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildilar.

Azizlar, tabiat – onamiz. U bizni oʻzining soʻlim bagʻridagi noz-neʼmatlari ila siylaydi: u tufayli qornimiz toʻq, egnimiz but, koʻnglimiz xotirjam, hatto tan-jonimiz sogʻ. Uning musaffo havosidan dilimiz chogʻ, oyogʻimiz ostidagi har zarra tuprogʻidan tortib, har bitta yaprogʻi-yu bir tomchi suvigacha tanimizga darmon, yuragimizga quvvat. Ana shu oliy neʼmat bilan hayotimiz goʻzal, farovon. Bu goʻzallikni asrash, farovonlikni boyitish esa bizning – ona tabiatning buyuk xilqati – odamzodning ishi, muqaddas burchi. Buni unutishga aslo haqqimiz yoʻq.

Muzaffar ABDURAIMOV, tuman tabiatni muhofza qilish boʻlimi boshligʻi.

Jumamurod DOʻSIMBETOV, tuman tabiatni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi muovini.

Shuhrat BOLTABOYeV, suv resurslarini muhofaza qilish boʻyicha nozir.

(Foto - http://uznature.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019