17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 23:45
Jamiyat 👁 845

NOMI BARHAYoT YIGIT

NOMI BARHAYoT YIGIT

Har bir insonning taqdiri koʻp jihatdan u tugʻilib oʻsgan muhitga bogʻliq boʻladi. Oʻzining qalb qoʻrini, kuch-quvvati va bilimini ixlos qoʻygan sohasiga sarflagan, tanlagan kasbini ulugʻlagan inson hech kam boʻlmaydi.

Toʻlqin ovulining ajoyib farzandi, kamtarin inson Omon Avazboyev shundaylarning biri edi. U 1971-yil 8-oktyabrda tugʻilgan, 28-maktabni 1988-yil aʼlo baholarga tugatib, Toshkent Arxitektura qurilish institutiga oʻqishga kirib, 1993-yil shu institutni muvaffaqiyatli tamomlab, sanoat va fuqaro qurilishi muhandisi mutaxassisligiga ega boʻlgan. U maktabda, oliygohda taʼlim olish jarayonida aqlli, ziyrak, bilimga chanqoq, tashabbuskor edi. Ustozlari, doʻstlari va boshqalarga hurmat bilan qaraydigan, qalbi pok inson edi.

Omon Avazboyevning orzusi harbiy boʻlish edi, harbiycha kiyinishni juda yaxshi koʻrardi. Mana shu orzusi yoʻlida 2004-yilgacha Nukus shahridagi harbiy qismlarda mehnat qildi.

2004-yildan 2011-yilgacha tuman Mudofaa ishlari boʻlimining boshligʻi boʻlib ishladi. 2011-yildan 2012-yilgacha Samarqand viloyati Narpay tumani Mudofaa boʻlimi boshligʻi vazifasida ishladi. Shuningdek, 2003-yilda leytenant, 2005-yilda katta leytenant, 2007-yilda kapitan, 2012-yilda mayor harbiy unvonlarini olishga erishdi. Omon Avazboyev yana Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-oktyabrdagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga 20-yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan edi.

Oʻz Vatanining mudofaa qudrati yuksalishi yoʻlida fidoyi mehnat qilgan yosh harbiy yigitning hali rejalari koʻp edi. Biroq 2014-yil 5-fevral kuni u bu yorugʻ olamni barvaqt tark etdi.

– Men doim Omonning yutuqlaridan quvonib, mening oʻquvchim, deb faxrlanib yurardim. U oʻqigan maktabini, ustozlarini, sinfdoshlarini juda qadrlar edi, – deya eslaydi unga taʼlim bergan oʻqituvchilardan biri Xadicha Ahmedova.

Ha, Omon Avazboyev chin maʼnoda shu yurtning fidoyi oʻgʻloni edi. Undan endi mana shunday yorqin xotiralar, 4 nafar bir-biridan odobli, intiluvchan oʻgʻil-qizlar – umrining davomchilari qoldi. Shohista, Jahongir, Komila, Hilola... Ularning orzulari hayotda yaxshi insonlar boʻlib yetishib, bevaqt olamdan oʻtgan otasi ruhini shod etish. Jahongir otasi kasbining davomchisi boʻlishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Yurtimizda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kunini qizgʻin nishonlashga hozirlik koʻrilayotgan shu qutlugʻ kunlarda Vatan himoyasiga xizmat qilishni oʻzining farzandlik burchi deb bilib, shu kasbda sadoqat bilan mehnat qilgan Omon Avazboyevni ham esga olishni oʻzimning burchim, deb hisobladim. Uning nomi mangu barhayotdir.

Hayitgul ALLAKOVA,

taʼlim faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026