16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:04
Jamiyat 👁 1,327

MUSIBATXONA ODOBI

MUSIBATXONA ODOBI

Bismillahir rohmanir rohiym!

Bu foniy dunyoga kelgan tirik jon borki, vaqti-soati yetganida, albatta, boqiy dunyoga safar qiladi. Musibat yetgan odamga yoki uning oila aʼzolariga taʼziya bildirib qoʻyish qadimdan ota-bobolarimizdan kelayotgan urf-odat, islomiyatda esa sunnat amallardandir. Taʼziya sabrga chaqirish, mayyitning yaqinlariga tasalli beradigan soʻzlarni zikr qilish va xafalik, musibatlarini yengillashtirish, degan maʼnoni bildiradi. Bunga Alloh taoloning: “Yaxshilik va taqvoda bir-birlaringizga yordam beringlar”, – degan davʼati va Rasulullohning (s.a.v): “Alloh birodarining yordamida boʻlgan bandaning yordamidadir”, – degan hadisi misol boʻla oladi.

Yana Rasuli (s.a.v) Xudo: “Kasallarni borib koʻringlar, janozalariga borib qatnashinglar, sizlarga u oxiratni eslatadi”, – deydi. Aza muddati uch kun, bundan ortiq aza tutish yaxshi emas. Baʼzan yaqinlari vafot etgan baʼzi birodarlarimiz shunday qaygʻu va hasratlarga berilib, to mayyitning dunyodan oʻtganiga bir yil toʻlgunga qadar qattiq aza tutishadilar, toʻy-maʼrakalarga bormasdan qoʻyishadi. Bu xolatning oldini olishga ushbu kishining yaqinlari, keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalla imom-xatiblari aralashishi va azadagi kishiga imkon qadar tushuntirib, koʻnglini koʻtarib, u-bu yerlarga, toʻy-hashamlarga astoydil olib borish yoʻlini tutishlari kerak boʻladi.

Inson vafot etgach, uning oila aʼzolari va farzandlari qanchalik dod-faryod solmasin, oʻlgan kishi tirilmaydi, aksincha, dod-faryodlari oʻlganga ham, ketida qolganlarga ham maʼnaviy zarar keltiradi. “Biron qarindoshi oʻlganida kimki yuzlariga ursa, oyoqlarini yirtsa, johiliyat zamonining duolarini qilsa, u bizlardan emas”, – deganlar Paygʻambarimiz (s.a.v) oʻz hadislaridan birida.

Musibatxona egalari oʻlikni koʻmish, taʼziyaga kelgan odamlarga qarash bilan band boʻlib taom tayyorlashga vaqtlari yetishmaydi. Bunday narsa ularning koʻngillariga sigʻmaydi ham. Shu sababli Paygʻambarimiz (s.a.v) qozon-tavoq masalalari va ovqat pishirish musibatxona egalarining koʻngillariga sigʻmasliklarini inobatga olib, qoʻshnilariga va yaqinlariga navbatma-navbat ovqat pishirib chiqishga va tasalli berib, musibatini yengillatishga buyurganlar. Qoʻni-qoʻshnilar uch kunga qadar mayyit chiqqan uyga ovqat pishirib, keltirib turishi bizlarning elimizda ham qadimdan sunnat amallari sifatida ado etilib kelingan. Ammo qoʻni-qoʻshnilar taʼziyaga kelganlarning barchalariga ovqat tortib, ularning qorinlarini toʻygʻazib yuborishi bu masalada nazarda tutilgan emas. Faqat taʼziyaxona egalarini ovqatlantirib turish va oʻsha joyda ularning yonlarida uch kungacha birga hamdard boʻlib oʻtirgan yaqinlarini ovqatlantirish nazarda tutilganligini birodarlarimiz aslo unutmasliklari kerak. Ana shunday qilingandagina bu sunnat amali ham sobit yechimini topgan hisoblanadi.

Paygʻambarimiz (s.a.v) mayyitning gunohlari kechirilishi uchun uning janozasida Allohga shirk keltirmagan, ibodatli bandalarning hozir boʻlishi shart ekanligini bayon qiladilar. Ammo janozaga yuzlab tahoratsizlarning kelishidan mayyitga zarracha ham foyda yoʻqdir. Ularning kelishlari mayyitning qarindoshlariga taʼziya bildirish uchungina boʻlib, ular mayyitni koʻtargani, koʻmgani va shu kabi boshqada hizmatlari uchun savob olishlari mumkin.

Janoza namozi oʻqilayotgan paytda, ayniqsa, ayollarning bir-birlari ila boʻlmagʻur gaplarni gapirib oʻtirishlari, shuningdek, tahoratsiz kimsalarning musulmonlar safida turib, namoz safini buzishlari durust emas. Masalan, ikki nafar tahoratlik musulmon insonlar orasiga bir nafar tahoratsiz odam kirib qolsa, uning turgan oʻrni boʻsh qolgan hisoblanadi. Natijada musulmonlar safiga putur yetadi. Namoz oʻqilayotganda musulmonlarning yelkalari bir-birlarining yelkalariga tegib turadi, tahoratsiz kishilarning oʻzi ham, libosi va lozimi ham nopok boʻlganligi uchun u shayton vazifasini bajaradi. Shaytonning ishi esa musulmonlarning namozlarini, ibodatlarini buzishdan iboratdir. Shuning uchun ham qandaydir sabablarga koʻra tahorat olaolmagan va tahoratsiz kishilarning janoza namozi safiga qoʻshilmagani maʼqul. Sababi, tahoratsiz yoki tayammumsiz janoza namozi boʻlmaydi. Janoza namozi farzi kifoya boʻlib, maboda, uzrli musulmonlar namozda qatnasha olmay qolsalar-da, bir guruh boshqalarning namozda komil ishtiroki bilan namozga qatnasha olmagan uzrli birodarlar uchun ham kifoya boʻladi. “Farzi kifoya”ligi uchun gunohkorlikdan asraydi. Paygʻambarimiz (s.a.v) oʻlikni tezlik bilan koʻmishni buyurib: “Janozani tezroq olib boringlar, yaxshi inson boʻlsa, tezroq joyiga olib borasizlar, yaxshiligiga tezroq yetadi, yomon odam boʻlsa tezroq yomonligiga yetadi”, – deb buyurganlar.

Tobutni qabristonga olib ketayotgan paytda koʻtarib borayotgan insonlar Allohning zikri bilan mashgʻul boʻlish-lari, shuningdek, mayyitning oqibati, qayerga ketayotgani haqida fikr yuritishlari, foydasiz soʻzlardan tiyilishlari lozim. Chunki bu payt va vaqt gʻofilona soʻzlardan soʻzlash vaqti emas. Aslida-ku, foydasiz soʻzlarni hech bir joyda gapirish kerak emas. Ammo janoza paytida, musibatda bunday nooʻrin xatti-harakatlar, gaplar va kulishlar shariatda qattiq taʼqiqlanadi. Yuqoridagi odoblarga amal qilish bizlarning insoniy va qolaversa, musulmonlik burchimizdir.

Qodirbergan hoji Jumamurod oʻgʻli,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi,

tarixchi va islomshunos, mehnat faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019