16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:57
Fan va taʼlim 👁 2,890

SANʼATGA OShUFTA BOLALAR MASKANI

SANʼATGA OShUFTA BOLALAR  MASKANI

Tumanimizdagi Hamza nomidagi bolalar musiqa va sanʼat maktabining filiali sifatida 1973-yilda oʻz faoliyatini boshlagan 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi 1998-yilda mustaqil ilm dargohi qilib shakllantirildi. 2008-yildan boshlab esa 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi huquqiy maqomiga ega boʻldi.

Sanʼatga oshufta, musiqaga ixlosi baland bolalarni nafosat olamiga olib kirish, ularga oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha ham nazariy, ham amaliy taʼlim va tahsil berish maktabimiz pedagogik jamoasi uchun bir tomondan zavqli mashgʻulot boʻlsa, ikkinchi tomondan nazariy mashgʻulotlarni oʻquvchilar ongiga singdirish ancha mashaqqatli jarayondir. Lekin Komiljon Murodov, Arzimbat Rajabov, Toʻliboy Hayitboyev, Rustam Oʻrozboyev, Alisher Yeshimbetov singari fidoyi murabbiylar qoʻlida tahsil olgan oʻquvchilarimiz turli bellashuvlar, koʻrik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, Komiljon Murodovning shogirdlari har uch yilda bir marta oʻtkaziladigan M.Qori Yoqubov nomidagi Respublika koʻrik-tanlovida ketma-ket uch marta Oʻzbekistonda 1-oʻrinni egallagani butun tumanimiz sanʼat ixlosmandlari qalbiga quvonch bagʻishladi. Arzimbat Rajabovning chang sinfi oʻquvchisi Jahongir Yerimbetov esa M.Qori Yoqubov nomidagi koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi. Ollayor Qodirov, Toʻliboy Hayitboyevlar rahbarligidagi gʻijjak va surnay sinfi oʻquvchilari esa ushbu tanlovning viloyat bosqichi gʻoliblari sifatida Toshkent shahrida oʻtkazilgan yakuniy bosqichda ishtirok etib, koʻrik-tanlovning 2-darajali Diplomlari bilan taqdirlandilar.

Maktabimiz moslashtirilgan binoda joylashganligi, zamonaviy uslubda dars oʻtish imkoniyati yoʻqligi bolalarga musiqiy taʼlim berish, madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazishda ancha qiyinchilik tugʻdirardi. Shuni mamnuniyat bilan aytamanki, 2013-2014 oʻquv yilini yangi, zamonaviy binoda boshlash taraddudidamiz. Tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturiga kiritilgan bizning 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabimizning Qipchoq qishlogʻida qad rostlagan yangi binosi nafaqat maktab pedagogika jamoasi, balki butun tumanimiz ahli uchun, ularning sanʼatsevar farzandlari uchun Mustaqilligimizning 22 yilligiga munosib tuhfadir. Sinf xonalari keng va yorugʻ, musiqa va sanʼat inventarlari bilan maxsus jihozlangan yangi maktab binosida tahsil olgan oʻquvchilarimiz kelajakda yanada katta va nufuzli koʻrik-tanlovlar gʻolibi boʻlib, tumanimiz dongʻini olamga yoyishiga ishonaman.                                 

N.YoQUBOV,

21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026