16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:51
Jamiyat 👁 2,258

IMON-EʼTIQODDA YaGONA XALQMIZ

IMON-EʼTIQODDA YaGONA XALQMIZ

Har gal Mustaqillik bayrami yaqinlashgan sari koʻz oldimda oʻtgan asrning 80-yillarida xalqimiz boshidan kechirgan voqealar jonlanaveradi. Axir mustabid tuzum yurgizgan siyosat butun mazmun-mohiyati bilan xalqimizning maʼnaviy hayotini izdan chiqarish, boy tariximizni soxtalashtirib, oʻz davrida butun dunyoni yuksak aql-zakovati, ilm-irfoni bilan lol etgan ulugʻ ajdodlarimiz xotirasini qalblarimizdan abadiy oʻchirishga qaratilgan emasmidi?

Esimda: muqaddas qadamjolar u yoqda tursin, hatto necha ming yillik maʼnaviy qadriyatlarimiz, urf-odat, oʻzbekona udumlar, hayit bayramlarimiz ham oyoq osti qilindi. Yurtimiz musulmonlari uchun muqaddas Kaʼbatullohni ziyorat etish ushalmas bir orzu boʻlganligi ham haqiqat.

Allohga ming bora shukurlar boʻlsinki, Mustaqillik – xalqimizga oʻzligini qaytarib berdi, millat shaʼni, gʻururi, hatto boy maʼnaviyatimiz qayta  tiklandi. Xalqimizga qaytgan ERK va OZODlik nazarimda qaqrab yotgan choʻlga obi hayot yangligʻ jon baxsh etdi. HURlik yoʻlini tanlagan yurt gullab-yashnadi, koʻngillar tozardi, hidoyat sari talpindi.

Mustaqillik – xalqimizga diniy bagʻrikenglik muhitini yaratdi, vijdon erkinligini berdi. Yurtimiz musulmonlari Allohga cheksiz hamdlar bilan rushdu hidoyat sari intildilar va ne baxtki, har yili yuzlab vatandoshlarimiz haj va umra ziyoratlarini ado etib kelishmoqda. Ular safida tumanimizdan ham har yili oʻnlab musulmonlar ana shunday baxtga musharraf boʻlishayotgani biz – ahli sunnaʼ val jamoat uchun davlatimizning beqiyos gʻamxoʻrligidir.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, to Mustaqillikka erishguncha tumanimizdan faqat bir kishi – Yusuf Eshon hoji bobo hazratlari muqaddas Kaʼba ziyoratini ado etgan boʻlsalar, Mustaqillik davrida tumanimizdan oʻnlab kishilar hojilik martabasiga erishdilar.

Allohga ming-ming shukurki, tumanimizda musulmonlar uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar havas qilsa arzigulik: barcha ovullarda masjidlar qayta taʼmirdan chiqarilib, ayrimlari yangidan qurildi. 500 nafar kishi bemalol ibodat qilishi uchun moʻljallangan keng va yorugʻ ayvonga va shinam hovliga ega "Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi esa sharqona usulda yangidan qurilib, tumanimiz musulmonlari ixtiyoriga berildi.

Bularning barchasi biz musulmonlarning emin-erkin diniy arkonlarni, ibodatlarni ado etishimiz uchun davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan beqiyos gʻamxoʻrlikning ifodasidir.

Dunyoning koʻplab mamlakatlarida, ayniqsa qoʻshni davlat Afgʻoniston yerida har lahza notinch, musulmonlar boshiga har xil kulfatlar yogʻilib, qonli mojarolar yuz berayotgan tahlikaga toʻla zamonda bizning mamlakatimiz musulmonlari oʻz oilasi bagʻrida el-yurt obodligi, osoyishtaligidan bahramand, osuda hayot kechirishmoqda.

Farzandlarimizning oʻqib, ilm olishlari, kasb-hunarli boʻlishlari uchun mamlakatimizda gʻamxoʻrlikning cheki-chegarasi yoʻq. Oddiygina men yashayotgan mahalla yoshlari oʻqiyman, ishlayman, hunar oʻrganaman, desa, barcha sharoitlar muhayyo: qandolatchilik, nonvoylik tsexlari, hunarmandchilik ustaxonalarida mahallamiz yoshlari, kelinlari faoliyat yuritishmoqda. Hayit kunlari, bayramlar, turli mavzudagi tarbiyaviy tadbirlarni ham-jihatlikda oʻtkazish, koʻcha va hovlilarni obodonlashtirish, hashar uyushtirish mahallamizda odat tusiga kirgan. Bunday tadbirlarda oʻndan ortiq millat vakillari bir oila farzandlariday xursandchilik qilib, bir-birlariga chin koʻngildan hadyalar berishadi.

Allohga cheksiz hamdlar ila aytamanki, hech bir zamonda xalqimiz uchun bundayin diniy bagʻrikenglik, erkinlik, tenglik va hamjihatlik boʻlgan emas. Diniy bayramlar har bir oilada, butun mamlakatda shod-u xurramlik bilan nishonlanib, barcha millat vakillaridan iborat ahli sunnaʼ val jamoat bitta masjidda, yonma-yon turib diniy ibodatlarni ado etishlarining oʻzi imon-eʼtiqodlarning yagonaligidan, qalblar mushtarakligidan, vijdonning pokizaligidan dalolat emasmi! Toki, yurtimiz musulmonlari qalbida ana shu ezgu tuygʻular zohir ekan, har kishi pokiza vijdon, pokiza qalb sohibi, imon-eʼtiqodda sobit ekan, inshoolloh, Oʻzbekiston degan ona Vatanimiz hamisha Allohning ulugʻ nazaridadir. Muhtaram Prezidentimiz qayta-qayta taʼkidlaganlari kabi: "Alloh har birimizning dilimizda, qalbimizda” ekan, mamlakatimiz ham, xalqimiz ham, erk va ozodlik, saodat yoʻlidadir. Bu yoʻlni tanlagan millatning esa kelajagi yanada porloq, obod boʻlib boraveradi.

Gulora hoji POLVONOVA,

"Doʻstlik” mahallasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019