18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 02:37
Jamiyat 👁 1,295

IQTIDORLI BOLALAR MASKANIDA

IQTIDORLI BOLALAR MASKANIDA

Ayni kunda mamlakatimizda yoshlarimizga taʼlim-tarbiya berish bilan birgalikda kasb-hunar oʻrgatish, ularni oʻn barmogʻi hunarli insonlarga aylantirish, ertangi hayotga barkamol inson sifatida kirib borishlariga puxta zamin yaratish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilayapti.

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Barkamol avlod” bolalar markazida ham yoshlar iqtidorini shakllantirish, ularning turli hunarlarga va kasblarga boʻlgan qiziqishlarini oshirish borasida koʻlamli ishlar amalga oshirilayapti. Biz ayni kunda ushbu muassasada u yoki bu hunarga qiziqishlari kuchli boʻlgan yuzlab iqtidorli bolalarni uchratishimiz mumkin. Ularning yoniq koʻzlarida yangiliklarga, bunyodkorlikka boʻlgan ishtiyoqni koʻrib, koʻzimiz quvonadi, albatta.

Bugungi kunda mingdan ortiq bolani oʻz bagʻriga olgan ushbu maskanda 47 ta toʻgarak faoliyat koʻrsatayapti.

Toʻgaraklar ishi uch xil yoʻnalishda shakllantirilgan boʻlib, ular badiiy ijodiyot, texnik ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya yoʻnalishlaridan iborat.

Bu maskanda iqtidorli bolalarning isteʼdodlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega boʻlayotgan bir necha toʻgaraklar faoliyati bilan tanishganimizda ularda olib borilayotgan mashgʻulotlar bizni haqiqatan ham qoyil qoldirdi.

Shokir Xudoyberganov rahbarligidagi “Shoʻx bolalar” toʻgaragida bugungi kunda 10 nafardan ortiq boʻlajak xonandalar musiqa va xonandalik sirlarini oʻrganishmoqda. “Shoʻx bolalar” jamoasi har yili tumanimizda oʻtkazilayotgan bayram tadbirlarida faol ishtirok etib kelishadi. Ular har bir bayram tadbiri uchun yangi qoʻshiqlar tayyorlashga harakat qilishadi. “Oʻzbekiston”, “Bizlar – barkamol avlod” va “Hunar oʻrgan” qoʻshiqlari ular tomonidan doimo sevib ijro etiladigan qoʻshiqlardan hisoblanadi.

Biz tashrif buyurgan yana bir toʻgarak – ingliz tili toʻgaragi ham oʻquvchilarning eng sevimli toʻgaraklaridan biri ekan. Bu yerda biz kichkina bolalarning ingliz tilini katta qiziqish, zoʻr ishtiyoq bilan oʻrganayotganlariga guvoh boʻldik. Mazkur toʻgarak aʼzolarining ingliz tilini zoʻr ixlos bilan oʻrganishlarining boisi, toʻgarak rahbari Mahfuza Ibragimovaning bolalarga bu tilni oʻrgatishda ilgʻor usullardan foydalangan holda mashgʻulot oʻtkazishi muhim omil boʻlayotgan ekan.

Biz toʻgarak ishtirokchilari tomonidan ingliz tilida ijro etilgan sheʼr va qoʻshiqlarni tinglab, ularning ustozi, yosh oʻqituvchi Mahfuza Ibragimovaning toʻgarak ishlarini tashkil etishdagi qobiliyatiga, gʻayratu shijoatiga qoyil qoldik.

Gulasal Allambergenova rahbarligidagi toʻquvchilik toʻgaragi ham namunali toʻgaraklardan hisoblanar ekan. Bu toʻgarak eshigini ochishimiz bilanoq, biz rang-barang iplar bilan toʻquv ishlarini amalga oshirayotgan qizlar davrasiga qoʻshildik. Toʻquv dastgohlarini mohirlik bilan harakatga keltirib, ixlos bilan ishlayotgan qizlarning biri-biridan chiroyli narsalarni toʻqishayotgani bizning havasimizni keltirdi.

– Men 31-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Gulnoza Jumaniyozova boʻlaman, – deya tanishtirdi oʻzini toʻgarak aʼzolaridan biri. – Men bu yerga toʻrt yildan buyon qatnab, toʻquvchilik sirlarini oʻrganayapman. Toʻquvchilik boʻyicha ancha tajribaga ega boʻldim. Hozir koʻpgina narsalarni oʻzim mustaqil ravishda toʻqiy olaman. Ustozim Gulasal opadan cheksiz minnatdorman.

Biz bu toʻgarak faoliyati bilan tanishib boʻlganimizdan keyin bolalar markazining “Boshlangʻich texnik modellashtirish” toʻgaragiga tashrif buyurdik. Toʻgarak faoliyati bilan tanishganimizda oʻquvchilar tomonidan yaratilgan samolyotlar, minoralar, raketalar, uylar, traktorlar va turli hayvonlar maketlarini koʻrib, ularning iqtidorlariga qoyil qoldik.

Ushbu toʻgarak aʼzosi Bekposhsha Abdullayeva “Kamalak yulduzlari” tanlovida birinchi oʻrinni, “Badiiy ijodiyot festivali”da doʻppidoʻzlik boʻyicha ikkinchi oʻrinni, “Texnik ijodiyot festivali”da uchinchi oʻrinni olishga muvaffaq boʻlgan. Shuningdek, toʻgarak aʼzolaridan Jamshid Bobojonov, Xurshid Rajabboyev va Javohir Xoʻjamurodovlar ham tanlovlarda turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritishgan.

Bu yerda shugʻullanayotgan yoshlarning oʻz kasbining ustalari, mehri daryo ustozlar rahbarligida oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilayotgan mashgʻulotlarda faol ishtirok etib, oʻz iqtidorlarini namoyon qilayotganlari bizni nihoyatda xursand qildi.

“Barkamol avlod” bolalar markazidan olam-olam taassurotlar bilan qaytar ekanmiz, u yerdagi har bir toʻgarakda ishtirok etayotgan yoshlarimizning bilim olishga, hunar oʻrganishga tashnaligi, orzulari va kamolot sari sidqidildan intilishlari bizda ularning ertangi kuniga, kelajagining porloq boʻlishiga katta ishonch uygʻotdi.

Sevara IBROHIMOVA, gazetaning jamoatchi muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026