16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:58
Qishloq xoʻjaligi 👁 4,414

Oltin kuz saxovati

Oltin kuz saxovati

Bugungi kunda tumanimizning 16050 gektarlik bepoyon  paxtazorlari katta yaratuvchilik maydoniga aylangan. Bu mehnat maydonlarida 27 ming nafardan ortiq terimchilar ertalabdan kechgacha ter toʻkib mehnat qilmoqdalar. Ularning unumli mehnat qilishlari uchun dala boshida qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Tushlikda  issiq choy, issiq ovqat muhayyo. Tosh-tarozilar betoʻxtov ishlab turibdi. Terilgan paxtalarni oʻlchovchi yigitlarning qoʻli-qoʻliga tegmaydi. Paxta hosiliga toʻldirilgan tirkama-aravalarni traktorlar qabul punktiga peshma-pesh tashib, yetkazib bermoqda.

Tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan 261 ta fermer xoʻjaliklarining har birida tashkil etilgan yigʻim-terim otryadlari rahbarlari doimo dala boshida boʻlib, terim surʼatining oshishiga, terimchilar uchun qulay sharoitlar yaratilishiga, mehnat haqlarining oʻz vaqtida toʻlab borilishiga, paxta hosilining oʻz vaqtida betoʻxtov qabul punktiga tashilishiga, xullas, yigʻim-terim otryadining bekam-u koʻst ishlab turishiga masʼuldirlar. Ular oʻz zimmalaridagi bu muhim vazifani ado etishning uddasidan chiqmoqdalar.

Yigʻim-terim ishlarini yaxshi tashkil etib, terim surʼatlarini oshirayotgan "doʻrman”lik, "xolimbeg”lik, "qilichboy”lik, "qipchoq”lik, "choykoʻl”lik, "oʻrta qalʼa”lik paxtakorlar kun sayin marra sari yaqinlashmoqdalar. Peshqadam fermer xoʻjaliklaridan esa ketma-ket xush-xabarlar kelib turibdi. Mana shunday xushxabar birinchi boʻlib "Oʻrta qalʼa” ovulidan olindi. Nurulla Yaxshimurodov boshqargan "Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligi paxtakorlari tumanimizda birinchi boʻlib paxta tayyorlash boʻyicha yillik shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajarib, marradan oshdilar. 115 gektar paxta maydonidan 250 tonnadan ortiq aʼlo navli paxta hosili topshirildi.

- Paxtazorlarimizda ikki yuz nafarga yaqin terimchilar mehnat qilishmoqda. Ularning unumli mehnat qilishlari uchun dala boshida barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib berganmiz. Shu bois Dilbar Davlatboyeva, Oyimjon Nurimbetova, Norgul Yusupova va Muqaddas Polvonova kabi terimchilarimiz mavsum boshidan buyon har biri 5,5-6 tonnadan "oq oltin” durdonalarini terib topshirdilar. Biz bu singari ilgʻor terimchilarimizni oʻz vaqtida moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib bormoqdamiz.

Koʻrib turganingizdek, hali paxtazorlarimizda hosil moʻl, yana rejaga qoʻshimcha 210 tonna paxta hosili topshirib, yalpi xirmonimizni 460 tonnadan oshiramiz, - deydi ilgʻor fermer Nurulla Yaxshimurodov.

Yana soʻzi bilan ishi bir ilgʻor fermerlardan Qilichboy qishlogʻining "Hizr eli” mahallasidagi Omonboy Rajabov rahbarligidagi oʻz ismi-sharifi bilan ataluvchi fermer xoʻjaligidir. Bu fermer xoʻjaligi-yam birinchilardan boʻlib yillik shartnomaviy rejasini sharaf bilan bajarib, marradan oshdi. 90 gektarpaxta maydonidan 210 tonnadan ortiq "oq oltin” durdonalarini yigʻishtirib olib, davlat xazinasiga topshirishdi.

- Paxtazorlarimizda har kuni erta tongdan mehnat qaynaydi. Ayni kunda toʻrt yuz nafarga yaqin terimchilar ter toʻkib, mehnat qilishmoqda. Hatto terimchilarni sanashga ham ulgurolmay qolaman. Eng ilgʻor terimchilarimizdan Gulzoda Yoʻldosheva, Bozorgul Bobojonova, Raʼno Aminova va Sharifa Xoliyozovalarning har biri kuniga 180-200 kilgrammdan paxta terib, xirmonimizga baraka kiritmoqdalar. Majburiyatimiz - 40 tsentnerlik yuksak marrani egallab, ona – Vatanimizga jami 360 tonna yuqori navli paxta hosilini topshirishdir. Soʻz berdikmi, buning uddasidan albatta chiqamiz, - deydi yetakchi fermer Omonboy Rajabov.

Ha, elimizda mana shunday mard yigitlar hamisha bor boʻlishsin. Xalqimizda: "nor yigitlari bor elning yuki yerda qolmaydi” degan naql bejizga aytilmagan-ku, axir.

 

Qobul ShOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026