18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 07:05
Jamiyat 👁 3,279

NAZARXON OBOD QIShLOQQA AYLANADI

NAZARXON OBOD QIShLOQQA AYLANADI

Mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlari istiqlol yillarida chinakam bunyodkorlik, qurilish va obodonlashtirish maydoniga aylandi. Biri-biridan koʻrkam ijtimoiy soha obʼektlari, namunaviy loyihadagi uy-joylar, tadbirkorlik subʼektlarining binolari qad rostladi.

Ammo, qishloqlarimizni yanada obod qilish uchun faqat imorat qurishning oʻzigina yetarli emas. Nafaqat shaharlarimizda, balki qishloqlarimizda, olis ovul va mahallalarimizda ham aholi uchun barcha qulayliklarga ega savdo va xizmat koʻrsatish markazlari, dam olish va istirohat maskanlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, chekka-chekka hududlarda joylashgan aholi punktlariga ham ijtimoiy infratuzilma va kommunikatsiyalar kirib borishiga erishish bugungi kun talabidir.

Prezidentimizning 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarishda, tizimli asosda tashkil qilishda muhim dasturilamal boʻlishi shubhasiz.

Chindan ham, Farmonda taʼkidlanganidek, mamlakatimiz aholisining 49 foizi yashaydigan qishloq joylarda salmoqli demografik, mehnat va iqtisodiy salohiyat jamlanishiga qaramasdan, aholining hayotiy-maishiy ehtiyojlari toʻliq taʼminlanmasdan kelayotgani bor haqiqat.

Endilikda joriy yilning 1-aprelidan boshlab respublikaning har bir tumani va shaharida, avvalambor, olis va tabiiy iqlim sharoiti ogʻir hududlarda 2018-yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloq (mahalla)larda aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarni taʼminlashga, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturi amalga oshiriladi. Bu ishlarni bajarish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzurida “Obod qishloq” jamgʻarmalari tuziladi.

Prezidentimizning mazkur Farmoni asosida tumanimizda ham amaliy ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, 2018-yil 2-aprel kuni tuman hokimining 261-sonli qarori qabul qilindi. Qaror bilan “Obod qishloq” dasturining 2018-yil uchun moʻljallangan maqsadli parametrlari hamda dastur doirasida tumanda 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy va moliyaviy koʻrsatkichlari hamda dasturni amalga oshirish uchun tuman hokimligi huzuridagi maxsus shtab tarkibi tasdiqlandi. Shuningdek, dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman hokimligi huzuridagi tuman komissiyasi ham tuzildi.

Joriy yilda tumanimizning eng chekka hududidagi Nazarxon ovulida hamda Qipchoq shaharchasida “Obod qishloq” dasturi doirasida keng koʻlamda qurilish va taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish belgilandi.

Oʻtgan qisqa fursat ichida dasturga kiritilgan aholi punktlari xatlovdan oʻtkazilib, ulardagi mavjud uy-joylar, bino va inshootlar, infratuzilma obʼektlari, yoʻl-transport va muhandislik kommunikatsiyalarining texnik holati oʻrganib chiqildi. Oʻrganishlar asosida ushbu obʼekt va inshootlarni qayta qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi va bu boʻyicha ishlar boshlab yuborildi.

Bugungi kunda tezkor maxsus shtab dastur doirasida har ikkala aholi punktida tumandagi tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilishi moʻljallanayotgan keng koʻlamli ishlarni tashkil etish va boshqarish yuzasidan uzluksiz faoliyat olib bormoqda. Hozirda mazkur dastur doirasidagi ishlar hashar va xoʻjalik usulida bajarilmoqda. Ishchi guruh aʼzolari uyma-uy yurib, shaxsiy mulk egalariga arxitektura, sanitariya va texnik talablar asosida oʻz uy-joyini saqlash qoidalari haqida maʼlumotlar, zarur hollarda ogohlantirish va tavsiyalar bermoqda.

Shuningdek, aholi tomorqasidan unumli foydalanish, yer va mol-mulk soliqlarini hamda koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha ham suhbatlar oʻtkazilmoqda.

“Obod qishloq” dasturi doirasida Nazarxon ovulida ham keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Ovulga kirish joyiga zamonaviy avtobekat qurish va atrofini obodonlashtirish, ovuldagi paxta qabul qilish maskani, suv taqsimlash inshooti, MMTP ustaxonasi, doʻkonlar va maishiy xizmat koʻrsatish binolarini, “Nazarxon teplitsa” MChJga qarashli issiqxona, ovulga kiraverishdagi “Koʻkdaryo” aholi punktida yangidan qurilgan 49 ta turar joylarni taʼmirlash va tomlarini profnastil bilan yopish, shuningdek, markaziy koʻcha boʻyidagi turarjoylarni taʼmirlash, boʻyash, atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari shular jumlasidandir.

Ovuldagi 3-sonli umumtaʼlim maktabi va 10-sonli MTM, QVP binolarini taʼmirlash, ovul markazida yangi bozorcha qurish orqali esa aholining deyarli barcha qatlamlariga koʻrsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilgan.

Tuman hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan Nazarxon ovuli markaziga boruvchi katta yoʻl boʻyidagi va markazdagi barcha kollektorlar tozalanadi, yangidan barpo etilgan aholi punkti tomorqalarini suv bilan taʼminlovchi ariqlar qazilib, mavjudlarida tozalash, atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, ovuldagi qator fermer xoʻjaliklari hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, ariqlarini tozalash, daraxtlarga shakl berish, tartibga keltirish, yangidan dala shiypon, molxona va tovuqxona, yuvinish xonalari va hojatxona qurish kabi ishlar ham yaqin vaqt ichida amalga oshiriladi.

Kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan ovulning markaziy koʻchasidagi tabiiy gaz quvurlari va gaz taqsimlash punktlari tartibga keltirilib, markaziy koʻchadagi elektr ustunlari beton ustunlarga almashtiriladi. Nazarxon nimstantsiyasi taʼmirlanib, yoʻl boʻyiga tungi yoritgichlar oʻrnatiladi.

Eng muhimi, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash ishlari yangicha sifat va surʼatda amalga oshiriladi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan bu kabi keng koʻlamli ishlarning toʻliq amalga oshirilishi mamlakatimizdagi ovul va mahallalarni yanada obod qilish, qurilish va bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish, qishloqlarimiz qiyofasini tubdan yangilash orqali aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Ulugʻbek POLVONOV,

tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish,

kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026