16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:35
Adabiyot 👁 1,134

Jayhun ilhomlari

Jayhun ilhomlari

KELAJAK EGALARIGA

Kecha chiviqlarni ot qilib minib,

Shovqin-suron solib yurgan bolalar.

Bugun aʼlo xulqli oʻquvchi boʻlib,

Dono muallimdan saboqlar olar.

Hozir osmon sari parvozga shaylab,

Varrak yasayotgan bu jajji qoʻllar.

Ertaga Marsni zabt etmoq uchun,

Kosmik kemalarni samoga yoʻllar.

Bungacha Andersen ertaklariday,

Sehrli olamda yayragan koʻngil.

Xalqning xizmatiga yaramoq uchun,

Toblab boraverar oʻzin yilma-yil.

Kattalar kichiklar ongin boyitib,

Aytib bersa qancha doston-ertaklar.

Kamolga yetganda ushbu farzandlar,

Xalqin porloq turmush sari yetaklar.

Bolalar! Sizlarni baxtiyor koʻrsak,

Dillarda toshadi quvonchlarimiz.

Sizning kamolingiz koʻrib ortadi,

Kelajakka boʻlgan ishonchlarimiz.

“Oʻzbekiston - yurtim”!- degan har farzand,

Diliga jo qilsa ilm-ziyoni.

Vatan ravnaqiga-ravnaq qoʻshilib,

Maftun qilaverar butun dunyoni.

Ahmad NAFASOV,

«Jayxun ilhomlari» NNTraisi.

 

ShUKUR ET

Bugun sochlaringni qoplasa qirov,

Ahvoling nima, deb soʻrmasa birov.

Sotib ololmasang bir aso – tayov,

Olgan har damingga shukrona keltir!

Boshingni silovchi Haqning oʻzi bor,

Yemoqqa, ichmoqqa rizq-u roʻzi bor,

Sabrli bandaga aytar soʻzi bor:

«Oʻtgan har damingga shukrona keltir!»

Bemor boʻlib qolsang, esla otangni,

Tobutin koʻtargan oʻsha motamni.

Doʻstim, artgin bugun koʻzdagi namni,

Oʻtgan har damingga shukrona keltir!

Yodingdan chiqmaydi yoshlik chogʻlaring,

Tirmashib oʻynagan oʻrik bogʻlaring.

Koʻkka boʻy talashgan Jumurtogʻlaring–

Shular borligiga shukrona keltir!

Jannatday yurting bor – jon Oʻzbekiston,

Erki bor, oʻziga xon – Oʻzbekiston,

Fallaga, paxtaga kon – Oʻzbekiston! –

Shunday Vataningga shukrona keltir!

Shu yurtda yashadim, shukrim koʻp, hayhot,

Yurtimni boshqarar Xudo bergan zot!

Oʻtgan kunlaringga sabr etib Farhod,

Olgan nafasingga shukrona keltir!

Farhod AVEZOV.

 

TEMUR BOBOM

Temuriylar maktabi,

Qad rostladi yurtimda.

Temurbekning qoni bor

Yurak urar koʻksimda.

Buyuk siymo u – aziz,

Mislsiz jasoratda.

Yengilmay oʻtgan hargiz,

Tengsizdir salobatda.

Kelmoqda shunday zamon,

Hurriyatdir bardavom.

Qoldiramiz albatta,

Ajdodlardek yaxshi nom.

Amir Temur –mard inson,

Goʻzal yurtim oʻgʻloni.

Gʻunchalab ochilmoqda,

Izi qolgan tuprogʻi.

Temur bobom eng jasur,

Adolatda hukmron.

Iftixordan dil masrur,

Izdoshingizmiz, bobom!

Dogʻ koʻrmaydi nomingiz,

Biz fidoyi farzandlar.

Eʼzozlar pok shaʼningiz,

Mangu sodiq avlodlar!

Dildora RAJABOVA, “Bogʻ” mahallasi.

 

OTA-ONAMGA

Onajonim, yuragimdan

Sizga atab sheʼr yozdim.

Yashamoq zavqi bilan,

Qanotimni keng yozdim.

Sizni yaxshi koʻraman,

Dadamni ham, albatta.

Bagʻringizga toʻlaman,

Har lahza, har soatda.

Quvonchimni koʻrganda,

Oromga chulgʻanasiz,

Baʼzan maʼyus tortganda,

Qaygʻurib, toʻlgʻonasiz.

Sizlardir keng osmonim –

Boshimda soyabonim.

Raʼno Ismoilova,

Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

 

USTOZLAR NASIHATI

Ustozlarim maktabda,

Bilimli boʻl, deydilar.

Ilm olsang, albatta,

Ochiqdir yoʻl, deydilar.

Uyda ota-onangga,

Eng yaqin yordamchi boʻl.

Ham akang-u opangning

Dil toʻla quvonchi boʻl!

Kattalarni koʻrganda,

Eʼtiborli boʻl, derlar.

Koʻchada duch kelganda,

Ularga ber yoʻl, derlar.

Ustozlar nasihatin,

Yuragimga joyladim.

Har bitta soʻz, hikmatin

Maʼnosini angladim.

Robigʻa ShOMURODOVA, 64-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Bahor

Vatanga keldi bahor,

Bogʻ-u dala chamanzor.

Gullarim sochdi ifor,

Orolandi har makon.

Bogʻlar qiygʻos gulladi,

Qushlar salom yoʻlladi,

Goʻyo koʻklam siyladi,

Zebolandi Yer, Osmon.

Qushchalarga in qurdim,

Tongda varrak uchirdim,

Elni mehnat-la koʻrdim,

Yashillandi toʻrt tomon.

Mahliyo BOZORBOYeVA, 78-maktabning 4-sinf oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026