18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 08:24
Jamiyat 👁 957

Ezgu ishlarda yashayotgan ustoz

Ezgu ishlarda yashayotgan ustoz

Azim Qilichboyning “Xizr eli” mahallasida tugʻilib-oʻsgan va butun vujudi bilan shu zaminga bogʻlanib, uning har bir giyohidan tortib, har bir bolasiga va taʼbir joiz boʻlsa, har bitta xonadoniga mehr qoʻyib yashagan Boltaboy Sodiqov kechagina biz bilan hamnafas, hayot edilar. Bugun esa... Uning nomi mangulikka daxldor boʻlib qoldi. Umr boʻyi oʻzi ishlagan 46-sonli maktabda, mahalla-koʻyda, oshna, yor-doʻstlar, qadrdonlar va nihoyat oilasi davrasida bu aziz insonning oʻrni boʻm-boʻsh...

Boltaboy Sodiqov butun “Xizr eli” mahallasining faxri edi. Hali oʻquvchilik paytidanoq oʻzining intizomi, chiroyli xulqi bilan atrofidagilarning mehrini qozongan Boltaboy Sodiqov 1972-yilda Nukus Davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini muvaffaqiyatli tugatib, ilk ish faoliyatini 46-sonli umumtaʼlim maktabida fizika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshladi. Bilimdon, fikri teran Boltaboy Sodiqov juda qisqa fursatda maktabning yetakchi oʻqituvchilari safidan joy oldi. Maktabda fizika fanini oʻqitish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabini yaratdi. Natijada Boltaboy Sodiqovning saʼy-harakatlari, ushbu fanni oʻqitish borasidagi uslubi, taʼlim-tarbiya sohasidagi tajribalari alohida eʼtiborga olinib, 46-sonli maktab fizika fanini oʻqitish boʻyicha tumandagi tajriba-tayanch maktabiga aylantirildi.

– Nafaqat hamkasblari orasida, balki oilada ham soʻzi, fikri oʻtkir, hurmati baland edilar, – deydi u kishining umr yoʻldoshi, xalq taʼlimi faxriysi Jamila opa Safarboyeva. – U kishi hech kimga tanbeh berib, qattiq gapirmasdilar. Oʻgʻil-qizlari, nevaralari bilan hurmatli insonlar bilan gaplashganday muomala qilardilar. Barchamizga gʻamxoʻr edilar.

– Agar ustoz Sodiqov bizga fizika fanini chuqur oʻrgatmaganlarida men bugungi darajaga yetishmagan boʻlardim, – deydi tuman faollaridan biri Omonboy Yusupov. – Ustoz bizga bu fanni goʻzal sheʼriyat darajasida maroqli oʻtardilar.

Boltaboy Sodiqov shogirdlarining deyarli 80 foizi oliy maʼlumotli mutaxassislar boʻlib yetishishgan. Komiljon Omonov – tajribali jarroh, Aminboy Oʻrozmetov stomatolog-shifokor, Mansur Qosimov ichki ishlar xodimi, Zafar Otamurodov Iqtisod kolleji direktori, Zulfiya Sotiboldiyeva bolalar shifokori, Muyassar Otamurodova terapevt-shifokor, Raʼno Aminova, Sayyora Eshchanova, Surayyo Eshimbetovalar biri matematika, birlari fizika fani oʻqituvchilari. Bu roʻyxat juda uzun. Boltaboy Sodiqov oʻzi hayotligida har bir qalbga ilm nurlarini yoʻgʻirgan nurli yoʻl kabi uzundir bu roʻyxat. Chunki bu ustozdan taʼlim olgan insonlar “Xizr eli” mahallasidan taralgan maʼrifat nurlari boʻlib mamlakatimizning turli goʻshalariga charogʻonlik baxsh etgan. Ana shu charogʻon manzillarda shogirdlari tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlarda Boltaboy Sodiqovning ikkinchi umri davom etayotganday. Zero, yaxshi, ezgu ishlari bilan el-yurt yuragidan joy olgan insonlar nomi mangulikka daxldordir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026