18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 10:37
Jamiyat 👁 1,240

BOQIY QADRIYaTLAR, GOʻZAL TUTUMLAR

BOQIY QADRIYaTLAR, GOʻZAL TUTUMLAR

Qadim va koʻhna Turonzaminda turli millat vakillari oʻzaro ahillikda yashab keladilar. Oʻzbek, qozoq, tojik, qirgʻiz va turkman millatlari xuddi et bilan tirnoq kabi bir-birlaridan ajralmas doʻst, qadrdon xalqlardir. Mahalla esa barcha millat vakillari, shu jumladan qozoq millati uchun ham oʻzaro mehr-oqibat maskani, qadriyatlar qadr topgan makon. Ayni paytda koʻpmillatli tumanimizda 10 ming nafardan ziyod qozoq millatiga mansub fuqarolar yashaydi. Ularning oʻz dini, eʼtiqodlarini emin-erkin amalga oshirishlari, farzandlari oʻz ona tillarida taʼlim-tarbiya olishlari, urf-odat va anʼanalariga amal qilishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

– Oʻzbek oilalari bilan hovli-bogʻimiz tutash sharoitda tugʻilib-oʻsganman, -deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qozoq milliy madaniyati markazi tuman boʻlimi raxbari Ozod ogʻa Almuradov. – Hech bir masalada “seniki - meniki” degan tushuncha boʻlmagan. Bu yogʻini soʻrasangiz, ikki nafar qizim oʻzbek oilalariga kelin boʻlishgan.

Amudaryo tumanida bunday oilalar juda koʻp. Qozoq toʻy marosimlaridagi “bet ochar”, “kafgir kuydi”, “rapida kuydi”, “kelin salom” kabi marosim va urf-odatlar har bir oʻzbek oilasi uchun ham qiziqarli va qadrli. Ayniqsa, qozoq kelinlarining “qara shay”, yaʼni sutli qora choy damlash marosimlari juda zavqli boʻlib, bu marosim orqali mahalla kayvonilari yangi kelinning epchilligi, pazandaligi-yu odamgarchiligi hamda saranjon-sarishtaligiga baho beradilar. Shuning uchun qozoq oilalarida qizlar juda yoshliklaridan oila tutumlari va qadriyatlari asosida tarbiyalanadilar.

Hayit va bayramlarda qozoq oilalarida sergoʻsht toʻgʻrama, kurtuk, besh barmoq, goʻshtli patrak, chalpak, pashmak kabi taomlar tayyorlashadi. Bu taomlar shunchaki tayyorlanmaydi, balki bekalar bunga alohida mehr va eʼtibor bilan qarashadi. Yaxshi pishib yetilgan taomlar mehr va shukronalik ramzi sifatida qoʻshnilarga tarqatiladi. Bunday udumga hayit kunlarida qatʼiy amal qiladilar. “Bir tovoq oshda qirq qoʻshnining haqi bor”, degan qozoq xalq hikmatining maʼnosi ham shunda.

Bundan tashqari, azador oilalarga alohida mehr va eʼtibor koʻrsatish qozoq xalqi uchun azaliy odatlardan sanaladi. Musibat yetgan xonadonga uch, baʼzan yetti kungacha quvvatbaxsh taomlar pishirib kiritilishi, zarur paytlarda motamzada insonlarning ogʻirini yengillatishga harakat qilish bobomeros qadriyatlardan hisoblanadi.

Aksariyat qozoq oilalarida qozoq xalqining milliy cholgʻusi – doʻmbira va qoʻbiz juda qadrlanadi. Chunki, yoshlar qozoq milliy sozlaridan birini albatta chalib bilishi kerak, deb hisoblanadi.

– Qozoq kuylarining, qozoq folklorining sehrini tuyib oʻsgan farzandlar nafaqat sanʼatsevar, balki elsevar, Vatanparvar, mard va jasur insonlar boʻlib ulgʻayishadi, -deydi “Boʻzyop” aholi dam olish va madaniyat markazi rahbari Madina Kenjaqorayeva. – Shuning uchun markazimizda oʻzbek va qozoq kuylari, mumtoz musiqalarini yoshlarimiz jon-jon deb oʻrganishadi. Ayniqsa, ovulimizning, qozoq millatiga mansub yoshlari hozirjavoblikda, oʻlanlar, termalar, hatto dostonlar kuylashda juda mohir.

Qozoq oilalarida mehmonning izzati juda boʻlakcha. Xonadonga kelgan mehmon – qoʻnoq alohida mehr bilan kutib olinadi va eʼtibor koʻrsatiladi. Hatto mehmonga xizmat koʻrsatayotgan oila aʼzolari mehmonning hurmati uchun uning huzuriga har gal kirib kelganlarida tavozʼe bilan salom berishadi va honadan chiqishda orqaga tisarilib chiqib ketadilar, hech qachon mehmon oldidan yuzini orqaga oʻgirib chiqmaydilar. Ana shu odatga amal qilmasa, mehmonga hurmatsizlik hisoblanadi.

Oilada nevara, chevaralar tugʻilishi alohida nishonlanadi. Bobo va buvi boʻlgan xonadon kattalari chaqaloqning bir qoʻlidan bol(asal), bir qoʻlidan sariyogʻ yalaydilar. Maʼnosi – shu tugʻilgan goʻdakning rizq-nasibasi ulugʻ, qoʻli-koʻngli ochiq boʻlsin, deganidir. Qozoq oilalarida qizgʻanchiqlik, baxillik juda yomon odat sifatida qoralanadi va farzandlariga hatto onalar alla aytganlarida ham:

Aynanayin bavurim,

Mening metin yovurim(yagʻrinim demoqchi).

Soʻzi oʻtkir sarbon boʻl,

Dunyo kezar karvon boʻl.

Alla bolam, alla-yo.

deb mardlikka, jasoratga, elparvar katxudolarday ulgʻayishga chorlashadi bolalarni.

Bir soʻz bilan aytganda, Amudaryo tumanida yashovchi qozoq millatiga mansub fuqarolar oʻz orzulari, urf-odat va anʼnalarini yanada boyitib, yangi avlodlar qalbiga singdirishda boshqa millat vakillari bilan tinch-totuvlik, mehr-oqibat va birodarlik rishtalari bilan mustahkam bogʻlanganlarki, bu rishtalar boqiy qadriyatlar kabi mangudir.

Robiya Yoʻldosheva.

Foto. Uza.uz

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026