16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:36
👁 3,107

Mahallada namuna va ibratli

Mahallada namuna va ibratli

Donishmandlar inson umrini yilning 4 fasliga qiyoslaydilar. Bahor butun borliqqa jon ato etuvchi uygʻonish, yasharish fasli boʻlsa, yoz hosil yigʻuvchi moʻl-koʻlchilik fasli, kuz esa sarhisob, qish fasli koʻngillarga orom beruvchi, kelgusi rejalarga tayyorlanish demakdir. Maqola qahramoni Bahodir Ibragimovning hayotini moʻl-koʻl hosil undirish ishtiyoqi joʻsh urayotgan faslga oʻxshatgim keladi.

Bahodir Ibragimov 1966-yil Mangʻit shahrining "Chordara” mahallasidagi Beshgujum mavzesida oddiy xizmatchi oilasida tugʻilgan.

Bolaligidanoq uyi paxta tozalash zavodi yaqinida joylashgani uchun uning kalbi zavodda ishlash ishtiyoqida yonardi.

1983-yili oʻrta maktabni tamomlagan Bahodir aka Nukus politexnikumida tahsil oldi. Ilk faoliyatini dastlab Mangʻit paxta tozalash zavodida chilangar boʻlib ishlashdan boshladi.Ish jarayonida u oʻqimishli boʻlsa korxonaga koʻproq foydasi tegishini his qila boshladi. Shu niyatda oʻqishni davom ettirish uchun 1987-yil Toshkent Toʻqimachilik va yengil sanoat institutiga oʻqishga kirdi. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan Bahodir faoliyatini yana jonajon zavodida davom ettirdi. Endi chigitni urugʻga ajratish va saqlash boʻlimi boshligʻi boʻlib sidqidildan mehnat qildi.

Bahodir Ibragimovning qalbi uni bunyodkorlik ishlariga unday boshladi. Mahalladoshlarining yaxshikunlarida ularga hamnafas boʻlish uchun korxona ixtiyoridagi istirohat bogʻining koʻrimsiz boʻlib turgan joyida ulkan qurilish boshladi. Bu "Temurbek” toʻyxonasi edi.Toʻyxona yonida oziq-ovqat doʻkoni va sartaroshxona qurdirdi. Endi toʻy egalari toʻy xarajati uchun ovora boʻlib yurmasdan, shu yerning oʻzida kerakli xaridlarini amalga oshiradilar. Sartaroshxona ham tevarak atrofdagilar uchun qulaylik boʻldi.

Bu ishlarni amalga oshirishda oila aʼzolari unga qoʻl-qanot, madadkor boʻldi. Oila - barcha ezgu niyatlar-orzularga doya, intilishlarga madadberguvchidir. Uning baxti - maqsadlariga xayrixoh, tashvishlariga yelkadosh boʻla oladigan ayol bilan umrini bogʻlaganida edi. Shu tufayli xonadonida tinchlik-osoyishtalik, oʻzaro mehr-oqibat mujassam boʻldi. Ulardan andoza olib ulgʻaygan farzandlar ham mehnatkash, intiluvchan boʻlib voyaga yetdilar, hayotda oʻz mehnatlari bilan oʻzlarining oʻrnini topishga erishmoqdalar.

Bahodir aka turmush oʻrtogʻi Zumrad Vafoyeva bilan birgalikda 5 nafar farzandni voyaga yetkazishdi. Kelin tushirib, nevara suyish baxtiga ham erishdilar.

Katta farzandi Ulugʻbek "Yulduz” hissadorlik jamiyatida iqtisodchi boʻlib ishlaydi. U ham otasi taʼlim olgan Toshkent Toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. Turmush oʻrtogʻi Nilufar Xoʻjayeva 3-sonli Amudaryo akademik litseyida biologiya fani oʻqituvchisi. Ikkinchi farzand Otabek ham akasi va otasi izidan borib, Toshkent Toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan, oliy maʼlumotli, OʻzLiDeP tuman Kengashida ishlaydi. Farhod esa tibbiyot xodimi. Bobur Mangʻit iqtisodiyot va kasb-hunar kolleji talabasi. Temur 36-sonli oʻrta maktabning 6-sinf oʻquvchisi.

- Hozir toʻyxonada 15 nafar yigit-qizlarni ish bilan taʼminlaganmiz. Toʻyxona atrofi koʻkalamzorlashtirilgan, daraxtlar salqinlik keltirib turadi. Lekin toʻyxona issiq kunlarda odamlarga birmuncha noqulaylik keltiradi. Bunga barham berish maqsadida yozning issiq kunlariga moslashtirib yozgi bino qurilishini boshlamoqchiman. Toʻyxonaning navbatdagi qismi ishga tushsa, yana xizmatchilar sonini koʻpaytiramiz, – deydi tadbirkor Bahodir Ibragimov.

Toʻyxonaga nazar tashladim. Daraxt va gullar ekilgan salqin, soʻlim maskan kishi dilini yayratadi.

Mahalladoshlarining yaxshi kunlarida ularga madad boʻlayotgan, oʻzi yashayotgan maskanni obod qilayotgan, qalbi bunyodkorlik rejalari bilan joʻsh urayotgan, mana shunday ishning koʻzini biladigan yurtdoshlarimiz omon boʻlsin, deb niyat qildim.

Hovlisiga ekilgan goʻzal gullar kabi oʻlkamizni goʻzal qilishga harakat qilayotgan, yurtdoshlari quvonchiga sherik boʻlayotgan, ularning ogʻirini yengil qilishga oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan saxovatpesha, ishbilarmon bu oilaning boshlayotgan savobli ishlarida omad yor boʻlsin, deb qolaman.

Feruza Razzoqova,

NDPI talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019