16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 21:59
Jamiyat 👁 1,395

SARIShTALI VA FARIShTALI XONADONLAR KOʻPAYaVERSIN

SARIShTALI VA FARIShTALI XONADONLAR KOʻPAYaVERSIN

Xonadonlarni ozoda, saranjom-sarishta saqlash, oila aʼzolarini sogʻlom turmush tarzini yaratishga moyil qilib tarbiyalash ham xalqimiz uchun bobomeros oila qadriyatlaridan hisoblanadi. Chunki qayerdaki sogʻlom turmush tarzi qaror topar ekan, oʻsha manzil obod va koʻrkam qiyofa kasb etadi. Xonadonlardagi saranjom-sarishtalik har bir inson hayotiga goʻzallik baxsh etadi.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati qoshidagi “Jayxun sadosi” internet-radiosi tahririyatining “Salomatlik – tuman boylik” loyihasi doirasida tumanimizdagi fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Sarishtali uy – farishtali uy” koʻrik-tanlovidan koʻzlangan maqsad ham avvalo xalqimizning oʻz xonadonlarida saranjom-sarishta va ozoda turmush muhitini yaratishdek oila qadriyatlariga nechogʻlik ahamiyat berayotganlarini oʻrganish, shu barobarida oʻz oilaviy tutumlari, orastaliklari bilan boshqalarga ibrat boʻlayotgan xonadonlar sohiblari va bekalarining oilaviy hayot tajribalarini ommaga maʼlum qilishdan iborat.

“Sarishtali uy – farishtali uy” koʻrik-tanlovi dastlab ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlarida oʻtkazilib, ovul va mahallalardagi ozoda va sarishta xonadonlar aniqlanib, gʻolib xonadonlar, keyingi bosqichda ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritdilar. Joriy yilning 3-iyul kuni tumanimizning Qipchoq hududidagi A.Temur nomli, “Choykoʻl”, “Qipchoq”, “Qangli” OFYlari hamda “Uyshin”, “Daryo boʻyi” mahallalarida gʻoliblikni egallagan xonadonlar orasidan eng sarishta, eng ozoda va orasta xonadonni aniqlash boʻyicha “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi, AmuTV tahririyati, “Jayxun sadosi” internet-radiosi tahririyati hamda tuman DSENM xodimlaridan iborat ishchi guruh oʻz xulosalarini maʼlum qildi. Unga koʻra, Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Xalilla Yunusov xonadoni koʻrik-tanlovning barcha talablariga javob beradigan “Sarishtali uy – farishtali uy” sifatida tan olindi va xonadon bekasi Gulchehra Matqurbonovaga tashkilotchilar tomonidan changyutgich sovgʻa qilindi.

Gʻolib xonadonni aniqlashda bir jihatga alohida eʼtibor berdik, - deydi koʻrik-tanlovning ishchi guruhi aʼzosi, tuman DSENM shifokori Xursand Ibragimov. – Oddiy, mehnatkash, tomorqa xoʻjaligi obod boʻlgan xonadonda madaniy-maishiy sharoitning mavjudligi asosiy diqqat markazimizda boʻldi. Mahallalardagi xonadonlarni kuzatish jarayonida shunday holatlar ham boʻldiki, yashash joyi - asosiy uy shohona lekin molxona, hojatxona va boshqa maishiy xonalarga eʼtibor berilmagan. Tomorqalar qarovsiz. Xalilla Yunusovlar oilasida esa hamma narsa joyida, haqiqiy orasta, farishtali xonadon. Oila aʼzolari fidoyi, mehnatkash.

“Sarishtali uy – farishtali uy koʻrik-tanlovi tumanimizning barcha ovul va mahallalarida davom etmoqda. Istaymiz, tumanimizda sarishtali va farishtali xonadonlar koʻpayaversin.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026