18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 11:56
Jamiyat 👁 1,353

OʻZBOShIMChALIK BILAN QURILGAN IMORATLAR qanday tartib va shartlar asosida qonuniylashtiriladi?

OʻZBOShIMChALIK BILAN QURILGAN IMORATLAR qanday tartib va shartlar asosida qonuniylashtiriladi?

Joriy yilning 20-aprelida Prezidentimizning “Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.

Biz mazkur Farmonning mazmun va mohiyati haqida kengroq tushunchaga ega boʻlish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Yermulkkadastr” davlat korxonasi tuman filiali boshligʻi Rustam Yusupovga savollar bilan murojaat etdik.

– Aytingchi, Prezidentimizning ushbu Farmonidan koʻzlangan asosiy maqsad nima?

– Farmonning asosiy maqsadi – insoniylik printsiplaridan kelib chiqqan holda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini “amnistiya” qilish hamda fuqarolarga tegishli boʻlgan turar joylarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha yordam koʻrsatish orqali uy-joyga doir huquqlarning amalga oshirilishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.

– Noqonuniy qurilgan imoratning egallab turgan hududi meʼyordan ortiq boʻlsa nima boʻladi?

– Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bilan bir vaqtda mulkdorga qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlarda, meʼyordan ortiq qismi zahira yerlar hisobiga olingan holda, imorat qurilgan yer uchastkasiga (yer uchastkasining bir qismiga) nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham beriladi.

– Farmon qabul qilinganidan keyin oʻzboshimchalik bilan qurilayotgan imoratlarga ham amnistiya qoʻllaniladimi?

– Farmon qabul qilingandan keyin oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarning mulk huquqi eʼtirof etilmaydi. Bundan tashqari, bir martalik aktsiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish imkoniyati toʻgʻrisidagi fuqarolik qonunchiligi normalari bekor qilinadi. Yana shuni ham aytish kerakki, aktsiya muddati tugagandan soʻng, yaʼni 2019-yilning 1-mayidan keyin oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilayapti.

– Mazkur farmonga asosan bir martalik aktsiya boʻyicha harakatlar boshlandimi? Bu masala boʻyicha fuqarolar eng avvalo qayerga va kimga murojaat qilishlari kerak?

– Prezidentimizning yuqoridagi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida 2018-yil 21-iyunda hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari tashkil etildi.

Komissiyaga tuman (shahar) hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari raislik qiladi. Komissiya tarkibiga tuman kadastr, qurilish, adliya va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari kiritildi.

Shuningdek, qaror bilan “Koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqlarini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aktsiyasi doirasida koʻchmas mulklarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aktsiyasi doirasida jismoniy shaxslarning qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalariga yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish tartibini belgilaydi.

Nizomda belgilanishicha, aktsiya koʻp qavatli uylarga va ularga tutashib ketgan yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga, noturar joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan uyga nisbatan mulk huquqini olish uchun imorat joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimiga ariza bilan murojaat qilish lozim.

Arizaga murojaat etuvchining pasport nusxasi, oila aʼzolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼlumotnomalari ilova qilinadi.

Komissiya ariza kelib tushgandan soʻng, joyga chiqqan holda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni oʻrganadi va dalolatnoma rasmiylashtiradi (barcha tartib-taomillar 11 ish kuni davomida amalga oshiriladi).

Dalolatnomada komissiya aʼzolarining xulosalari aks ettiriladi hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish mumkinligi yoki mumkin emasligi koʻrsatiladi.

Komissiya tomonidan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish mumkin deb topilganda dalolatnoma tasdiqlangan kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga murojaat etuvchiga bir martalik yigʻimni toʻlashi uchun elektron shakldagi hisobvaraq-faktura tizim orqali yuboriladi.

Murojaat etuvchi hisobvaraq-faktura tushgan kundan boshlab 4 ish kuni mobaynida hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan toʻlovni (eng kam ish haqining 5 baravari miqdoridagi bir martalik yigʻim) amalga oshirishi kerak.

Bir martalik yigʻim toʻlangandan keyin 2 kun mobaynida imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarori loyihasi tayyorlanadi va tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga taqdim etiladi. Tuman (shahar) hokimining qarori 2 ish kuni mobaynida qabul qilinadi.

Qabul qilingan qaror nusxasi Davlat xizmatlari markazi tomonidan murojaat etuvchiga taqdim etiladi.

– Aytingchi, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi qanday hollarda eʼtirof etiladi? Qanday omillar bunday huquqning eʼtirof etilmasligiga sabab boʻladi?

– Quyidagi hollarda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etiladi va imorat joylashgan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi beriladi:

- oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, jismoniy shaxslar tomonidan uzluksiz foydalanilayotgan yer uchastkalari, agar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasa yoki fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasa, qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar (shu jumladan, har bir oilaga belgilangan meʼyorlar) doirasida;

- belgilangan tartibda berilmagan yer uchastkalarida qurilgan obʼektlar mulkdori boʻlmagan, lekin oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilayotgan imoratlariga va yer uchastkasiga;

- jismoniy shaxslar tomonidan “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishiga qadar yakka tartibda uy-joy qurish, shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun foydalanib kelayotgan imoratlar va yer uchastkasiga huquqlarini belgilovchi hujjatlari saqlab qolinmagan boʻlsa;

- dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjalik yuritish uchun foydalanilmayotgan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan imoratlarga “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida belgilangan meʼyorlar doirasida.

Quyidagi hollarda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilmaydi:

- aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga, qishloq fuqarolari yigʻinlari hududlarini meʼmoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga zid ravishda joylashgan imoratlarga;

- magistral quvurlar, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari qoʻriqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, shuningdek, aerodromlar va chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni koʻmish joylari yaqinida joylashgan imoratlarga;

- qonun hujjatlari bilan qurilishi taʼqiqlangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hamda tabiiy xavfi yuqori boʻlgan hududda joylashgan imoratlarga;

- oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilgan imoratlar shaharsozlik normalari va qoidalarini buzib qurilgan boʻlsa, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, yoxud fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirsa.

Komissiya tomonidan shaxsning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish mumkin emas deb topilganda komissiya ishchi organi rad etish asoslari koʻrsatilgan xat tayyorlaydi va dalolatnomaning nusxasini ilova qilgan holda uni dalolatnoma tasdiqlangan kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga hamda tuman (shahar) hokimiga tizim orqali yuboradi.

Murojaat etuvchi komissiya qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, bir martalik aktsiya tugagunga qadar tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi komissiyaga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

– Qimmatli fikrlaringiz uchun rahmat!

Allambergan JUMANIYoZOV

suhbatlashdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026