16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:31
Fan va taʼlim 👁 994

MAQSADIMIZ – BARKAMOL AVLODNI VOYaGA YeTKAZISh

MAQSADIMIZ – BARKAMOL  AVLODNI VOYaGA YeTKAZISh

Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti qoshidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyi tumanimizdagi nufuzli oʻquv muassasalaridan biri sanaladi. 2008-yilda oʻz faoliyatini boshlagan mazkur oʻquv dargohini har yili 200 nafardan ziyod ilmga chanqoq yoshlar tamomlaydilar.

Akademik litsey 495 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan boʻlib, oʻquv jarayonini tashkil etishga xizmat qiladigan 30 ta oʻquv xonalari zarur anjomlar bilan jihozlangan. Umumiy yer maydoni 5,4 ming metr kvadratni tashkil etuvchi oʻquv muassasasining fayzli bogʻi, barcha qulayliklarga ega sport zali, 3 ta oʻquv-laboratoriya xonalari hamda 120-oʻrinli faollar zali mavjud. Zamonaviy sharoitlarga ega boʻlgan, har biri 100-oʻrinli 2 ta yotoqxonada uzoq masofadan qatnovchi 200 nafar oʻquvchilar joylashtirilgan.

Fan va oʻquv-laboratoriya xonalari zamon talablari darajasida zarur uskunalar bilan taʼminlangan.

Bugungi kunda akademik litseyda 14 ta guruhda 402 nafar oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olishmoqda. Darslar oʻzbek tilida, yuqori malakali mutaxassis oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi.

Oʻquvchilarning mukammal bilim olishlari uchun 15 ta fan toʻgaraklari tashkil qilingan va ularning bilimi reyting tizimi asosida baholanib, yillik natijalari birinchi va ikkinchi semestr yakunlariga koʻra chiqariladi.

Oʻquv jarayonida anʼanaviy dars shakllari bilan bir qatorda interfaol oʻqitish usullaridan ham keng foydalaniladi. Kafedralar ilmiy va oʻquv faoliyatida oliy taʼlim muassasalari xodimlari ham ishtirok etadilar.

Akademik litseyda oʻquvchilar bilim saviyasini nazorat qilish maqsadida reyting tizimi, oʻquvchilar bilimlari oʻsishini nazorat qilish tizimlari ishlab chiqilgan.

2011-2015-yillarda 1272 nafar bitiruvchilarimizning 654 nafari, yaʼni 52 foizi oliy taʼlim muassasalari talabalari boʻlishdi. 2017-2018 oʻquv yilida esa 227 nafar bitiruvchilardan 92 nafari oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishdi. Bu koʻrsatkich bilan akademik litsey Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan 143 ta akademik litseylar orasida 55-oʻrinni, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 10 ta akademik litsey oʻrtasida 3-oʻrinni egallab turibdi.

Akademik litsey maʼmuriyati keyingi yillarda bitiruvchilarning OTMlarga kirish koʻrsatkichini yaxshilash maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, soʻnggi uch yil ichida litsey oʻqituvchilari tomonidan Nukus Davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda 10 ta nomdagi ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar yaratildi.

2017-2018 oʻquv yilida esa litsey oʻqituvchilarining 6 nomdagi oʻquv-uslubiy qoʻllanma va risolalari chop etildi.

2016-2017 oʻquv yilida Fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 5 nafar oʻquvchi sovrinli oʻrinlarni egallashdi. Ona tili va adabiyot fanidan Umida Maqsadboyeva 1-oʻrinni, Dilafroʻz Ozodova 2-oʻrinni, kimyo fanidan Maʼmurjon Karimov 3-oʻrinni, 2-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida Fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida kimyo fanidan Shahzod Ibrohimov 2-oʻrinni, ona tili va adabiyot fanidan Mohira Farhodova 2-oʻrinni egalladi.

2017-2018 oʻquv yilida oʻquvchilarimiz Fanlar olimpiadasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida munosib ishtirok etishdi. Jumladan, Shahzod Yoʻldoshboyev matematika, Maftuna Hayitboyeva ona tili va adabiyot fanidan faxrli 3-oʻrinni egallashdi va 4-bosqich Fan olimpiadasiga yoʻllanma olishdi.

Akademik litsey oʻquvchilari uchun ingliz tili oʻqituvchilari tomonidan seminar-treninglar, ochiq darslar oʻtkazish anʼanaga aylangan. Koʻpchilik oʻqituvchilarimiz DTM tomonidan oʻtkazilgan sinovlarda muvaffaqiyatli qatnashib, 15 foizlik ustama olishga erishdilar.

Oʻquv muassasamizda sport-sogʻlomlashtirish ishlariga alohida eʼtibor beriladi. Birgina 2018-yilning oʻzida sportchi oʻquvchi-yoshlarimiz sportning shaxmat, yengil atletika, stol tennisi, futbol va minifutbol, voleybol turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda tuman va Respublika miqyosida faxrli oʻrinlarni egallashdi.

Maqsadimiz – har tomonlama bilimdon, barkamol yoshlarni tarbiyalash, qolaversa, akademik litseyimizning taʼlim-tarbiya sohasidagi reytingini yanada oshirishdir.

Men fursatdan foydalanib, tumanimiz oʻquv muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha hamkasblarimni, faxriy ustozlarimni 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Ularning yosh avlod taʼlim va tarbiyasi yoʻlidagi sharafli ishlarida yutuqlar tilayman.

Gʻulomjon DUYSENBOYeV, Amudaryo akademik

litseyi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019