16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Fan va taʼlim 👁 3,243

Baxt yoʻli – ilm va hunarda

Baxt yoʻli – ilm va hunarda

Istiqlolyillarida yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga, ularning yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishlariga juda katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Voyaga yetmaganlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning toʻlaqonli bilim va tarbiya olishlari, kasb-hunar egallashlarini taʼminlash maqsadida qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida”gi, "Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi, "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunlari, Respublika Vazirlar Mahkamasining "Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori shular jumlasidandir.

Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi tuman hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyasi bilan hamkorlikda tumanimizning kelajagi boʻlgan 61 ming nafardan ziyod voyaga yetmagan oʻgʻil-qizlar orasida mazkur qonun va qarorlarning ijrosini toʻliq taʼminlash maqsadida faoliyat olib bormoqda.

Tumanimizda Xalq taʼlimi va oʻrta maxsus, kasb-hunar muassasalarida oʻsib kelayotgan yoshlar boʻsh vaqtlarini samarasiz oʻtkazmay, jismoniy chiniqishlari uchun 389 ta toʻgaraklar tashkil etilgan boʻlib, bu toʻgaraklarga 11 ming 197 nafar voyaga yetmaganlar jalb qilingan.

Voyaga yetmaganlarning diniy-ekstremistik va terroristik guruhlar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish maqsadida umumtaʼlim va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida hamkor tashkilotlar bilan yilimizning oʻtgan 9 oyi davomida 288 ta uchrashuvlar tashkil qilinib, tarbiyaga oid tashviqot-targʻibot ishlari olib borildi.

Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari qoshida tashkil etilgan "Ota-onalar universiteti”da yosh ota-onalarning farzand tarbiyasi borasida huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, psixologik bilimlarini oshirishga qaratilgan shuningdek, farzandlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan ota-onalarni toʻgʻri yoʻlga solish, mahallada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga rahna soluvchi holatlarni bartaraf etish maqsadida 234 joyda tushuntirish va targʻibot ishlari olib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013-yil 30-aprel kuni imzolangan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun-hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nikoh yoshiga amal qilmaslikka doir jazo choralarining kuchaytirilganligi bu boradagi ishlarimizning yanada samarali boʻlishiga zamin yaratdi. Tuman hotin-qizlar qoʻmitasining shu yil 5-may kungi "Tuman aholisi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida qonun buzilishlari, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, oʻz joniga qasd etishga qarshi, erta turmush qurishning oldini olish borasida tushuntirish ishlari va targʻibot yigʻilishlarini oʻtkazish rejasi”ga asosan barcha OFY va MFYlarda, umumtaʼlim maktablarida yigʻilishlar oʻtkazildi.

Ota-ona borki, bolam deb yashaydi. Borini unga atab, bekam-u koʻst ulgʻaytirib, el qatoriga qoʻshsam, deydi. Buningdek orzu-niyatlarining amalga oshishi ota-onani cheksiz baxtga belaydi. Biroq ayrim hollarda ularning "Bolam hech kimdan kam boʻlmay yursin”, deya yiqqan mablagʻini oʻsmirlar nopok ishlarga sarflayotgani, tungi vaqtlarda ham ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning kuzatuvisiz kafelarda, kompyuter zallari va koʻngil ochar maskanlarda bemaqsad yurish holatlari ham uchrayapti. Bularning oldini olish uchun, qolaversa, bozorlarda, aholi gavjum joylarda, tilanchilik qilib, ziyoratgohlarda daydib yurgan yoxud mehnatning ogʻir turlariga jalb qilinayotgan oʻsmirlarni aniqlash maqsadida ichki ishlar boʻlimi, tuman hokimligi huzuridagi VEIB (voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha) tuman komissiyasi, XTMFMTTEB, "Kamolot” YoIH tuman kengashi bilan hamkorlikda reydlar oʻtkazdik.

Iqtidorli va faol qizlarni ragʻbatlantirish yuzasidan tuman xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Mustaqillikning 22 yilligi munosabati bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod qizlar oʻrtasida mushoira kechalari oʻtkazildi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarini saralash tuman bosqichi joriy yilning 3 sentyabr kuni boʻlib oʻtdi. Tanlovda 14 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan isteʼdod sohibalari qatnashdilar.

Tumandagi barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida 16-22-sentyabr kunlari oraligʻida "Orasta qizlar” toʻgaragi aʼzolari oʻrtasida saralash bosqichi oʻtkazildi.

Yoshlarni internet saytlaridagi axloq normalari va maʼnaviyatimizga zid boʻlgan, shuningdek, ijtimoiy-maʼnaviy hayotimizga tahdid soluvchi axborotlar oqimidan himoyalash, ularda ushbu axborotlarga nisbatan informatsion immunitet hosil qilish boʻyicha maktablarda suhbatlar oʻtkazib kelinmoqda.

Hech bir ota-ona farzandiga yomonlikni ravo koʻrmaydi. Biroq afsuski, bilim doirasi torligi sabab ayrim ota-onalar farzandlarining yetarlicha bilim olishiga, dars mashgʻulotlariga muntazam qatnashiga eʼtibor bermaydilar yoki dars mashgʻulotlaridan olib qolib, arzimagan uy ishlariga jalb qilishadi. Hatto kasb-hunar maskanlarida hunar oʻrganishlariga qarshilik qiladilar. Bu bilan oʻz jigarbandlarining kelgusi hayotlariga salbiy taʼsir oʻtkazayotganini anglab yetmaydilar.

Endilikda bu boradagi kamchiliklarga barham berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 47-moddasi 2-qism bilan toʻldirildi. Unga koʻra "Bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish eng kam ish haqining besh barobaridan 10 barobarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”.

Oʻylaymizki, qonunchiligimizdagi bu qoʻshimcha voyaga yetmaganlarning, oʻsmir yoshlarning oʻzvaqtida muntazam ravishda ilm olib, kasb-hunarlarni puxta egallashlariga asos boʻla oladi. Yetuklik, baxt kaliti ilm va hunarda ekanligini hayotning oʻzi tasdiqlab turibdi. Bunga monelik qilmang, aziz ota-onalar!

Maryam AHMEDOVA,

tuman hokimi oʻrinbosari,xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019