16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:53
Jamiyat 👁 4,050

Yangi biometrik pasport

Yangi biometrik pasport

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 23 iyuldagi PF-4117-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF 4262-sonli Farmonlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi pasporti 2015-yil 31 dekabrgacha haqiqatligi belgilab berilgan. Yaʼni, fuqarolar shu muddatga qadar yangi turdagi biometrik pasport bilan taʼminlanishlari shart.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaro pasport olishi uchun doimiy roʻyxatda turadigan joyidagi ichki ishlar idoralarining maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qilishi lozim. Ular buning uchun Ichki ishlar Vazirligi tomonidan belgilangan maxsus shakldagi anketa-arizani toʻldirishi va unga shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjat-amaldagi pasporti yoki birinchi marta pasport olayotganlar tugʻilganligi haqidagi guvohnomasini, ota-onasining pasport nusxasi, davlat boji toʻlaganligi haqidagi kvitantsiyani ilova qilishi kerak. Pasport egasining familiyasi, otasining ismi, ismi, millati, tugʻilgan sanasi oʻzgarganligi yoki yozuvlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan yangi biometrik pasport rasmiylashtirilishidan oldin ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

Biometrik maʼlumotlarni yigʻish punkti operatori fuqarolarning biografik va biometrik maʼlumotlarini kompyuter umumiy toʻplamiga kiritadi. Bunda fuqaroning barmoq izlari olinadi va raqamli fotosuratga tushiriladi. Ushbu maʼlumotlar asosida elektron talabnoma tayyorlanib, maxsus elektron tarmoq orqali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga yuboriladi. Bu yerda elektron talabnomalar asosida hujjatlar personallashtiriladi, yaʼni, biografik maʼlumotlar pasportni vizual tekshirish zonasiga, biografik va biometrik axborot esa chipga kiritiladi.

Eski namunadagi pasportni rasmiylashtirishda fuqarolar tomonidan fotosurat taqdim etilib, ushbu fotosurat fuqaro pasportiga yopishtirib berilgan boʻlsa, biometrik pasportni rasmiylashtirishda fuqarolardan fotosurat olib kelish talab qilinmaydi. Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatida fuqaro fotosuratga olinib, ushbu fotosurat pasport blankasiga bosmalash yoʻli bilan tushiriladi. 16 yoshdan oshgan fuqarolardan barmoq izlari maxsus skaner qurilmalari orqali olinadi. Shuningdek, biometrik pasportga barcha zarur maʼlumotlar lotin alifbosi asosida kiritiladi.

Biometrik pasportning varaqlari soni 36 tadan iborat va maxsus mikrochip oʻrnatilgan boʻlib unga pasport egasining biografik hamda biometrik maʼlumotlarining elektron nusxalari kiritiladi.

Maʼlumotlarni toʻplash punktiga kelish uchun jismoniy imkoniyati boʻlmagan shaxslarga ham biometrik pasport berish mexanizmi ishlab chiqilgan. Harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun biometrik maʼlumotlarni toʻplash punktlari huzurida ariza beruvchi yashayotgan joyda uning raqamli fotosurati va barmoqlari izini olish imkonini beradigan mobil stantsiya orqali rasmiylashtiriladi.

Yuqorida qayd etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlarini amalga oshira  borib, joriy 2013-yil 28-iyuldan eʼtiboran tumanimiz fuqarolariga yangi biometrik pasportlarni rasmiylashtirib taqdim etishga kirishildi. Shu kunga qadar 3500 nafarga yaqin fuqarolarning talab qilingan hujjatlari kompyuter bazasiga kiritilib, yangi biometrik pasportlar talab darajasida tayyorlanmoqda. Shulardan 3000 tadan ortigʻi sifatli tayyor qilinib, fuqarolarga taqdim etildi. Yangi yilgacha 6000 nafarga yaqin fuqaro yangi biometrik pasport egalari boʻladilar. Yangi 2014-yil davomida jami 46 ming nafardan ortiq fuqaro yangi biometrik pasport sohiblari boʻladilar. 2015-yil oxirigacha tumanimizning pasport yoshidagi fuqarolarning barchasi yangi biometrik pasportga egalik qiladilar. Bu bilan Prezidentimizning mazkur Farmonlari toʻla-toʻkis muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.


Nurbek KAMOLOV,

Amudaryo tumani IIB xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi boshligʻi, mayor.

(Foto: http://fikr.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026