16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:25
Jamiyat 👁 2,163

Obodlik barq ursin

Obodlik barq ursin

Mehnat kishisining jamiyat hayotida faol ishtirokini taʼminlash, eng avvalo ona va bola reproduktiv salomatligiga erishish, har bir oila, har bitta xonadonda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish borasida istiqlol yillarida juda katta miqyosda ishlar olib borildi.

Bizning "Choykoʻl” ovulimiz hududi 2591 gektarni tashkil etadi. Ovulimizda 5,5 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. 772 ta xonadonga birikkan 870 dan ziyod oilalarda oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, tatar, rus va boshqird millatlari vakillari oʻzaro ahil, hamjihatlikda yashashadi. Ovulimizda 1 ta madaniyat uyi, 1 ta kutubxona, TTBga qarashli "Salomatlik” markazi, 1 ta qishloq vrachlik punkti va 2 ta feldsher-akusherlik punktlari mavjud. 2 ta umumtaʼlim maktablarida farzandlarimizning umumiy oʻrta taʼlim olishlari, sport bilan shugʻullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Biz aholining turmush farovonligini yuksaltirish, oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish toʻgʻrisida koʻp gapiramiz. Va ana shu maqsadlarni ifoda etuvchi rejalar tuzamiz. Aholi uchun esa ana shu rejalarning amaliy ijrosi muhim. Biz ana shunday rejalarimizni amalga oshirish  jarayonida koʻplab muammolarni hal qilamiz. Chunonchi, ovul hududidagi 9 ta aholi punktidagi koʻcha va hovlilarning tozaligi, aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanish ahvoli, yoshlar tarbiyasi, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodning har xil diniy-ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolmasliklari uchun ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini, ish bilan bandligini taʼminlash kabi masalalar doimiy diqqat markazimizda.

Bahor va kuz mavsumlarida olib borilgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarida barcha oilalar faol ishtirok etishdi. Natijada hududimizda yashil maydonlar yil sayin kengayib, yangi-yangi bogʻ-rogʻlar bunyod etilmoqda. Aholi tomorqasi uchun ajratilgan 30 gektardan ziyod unumdor yerlar moʻl-koʻl daromad manbaiga aylangan. Choykoʻlliklar hayoti halol va fidoyi mehnatlari bilan kun sayin farovonlashib borayotganlari ham shundan. Aholi xonadonlarida 3500 boshga yaqin yirik shoxli qoramollar, 2100 bosh qoʻy-qoʻzi, salkam 1000 bosh  parranda zooveterinariya qoidalari asosida parvarish qilinmoqda. Ovul ahli uchun goʻsht va sut mahsulotlari, meva-cheva, don-dun, poliz va sabzavot mahsulotlarini tanlab isteʼmol qilish imkoniyatining mavjudligi farzandlarimizning har tomonlama sogʻlom voyaga yetishlarida muhim omil hisoblanadi.

Oilaviy va xususiy tadbirkorlik, kasanachilik va uy mehnati bilan shugʻullanuvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. 3 ta xususiy doʻkon, 1 ta oshxona, 1 ta hammom va 14 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalarida ovul yoshlari faoliyat olib borishmoqda. 120 nafardan ziyod yoshlar esa uy mehnati va kasanachilik bilan shugʻullanishadi. 3 ta xususiy tikuvchilik tsexida ustoz-shogird anʼanasi asosida ovul yoshlari kasb-hunar sirlarini oʻrganishmoqda.

Xalqimizda: "sen elim, deb qayishsang, el seni deydi”, - degan hikmatli ibora bor. Bu hikmatning hayotiy ifodasi shundaki, kimki el-yurt obodligi, farovonligi yoʻlida fidoyilik qilib yaxshilik nihollarini oʻstirar ekan, bu yaxshilik yoʻli hamisha oboddir. Zero, bu hayotda oʻzimizdan qolgusi ulugʻ neʼmat ana shu - yaxshilik, goʻzallik, ezgulik barq urgan ibratli va obod turmush, muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda: "ozod va obod Vatan!”. Ortimizda ulgʻayib kamolga yetayotgan farzandlarimiz esa ana shu buyuk Vatanning vorislaridir.

Rashidjon YOʻLDOShEV,

"Choykoʻl” O.F.Y raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019