16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:56
Salomatlik 👁 1,197

“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi krediti hisobidan Mangʻitda yangi stomatologiya klinikasi ish boshladi

“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi krediti hisobidan Mangʻitda yangi stomatologiya klinikasi ish boshladi

31-yanvar kuni Mangʻit shahrida tadbirkor Botirjon Ermatov rahbarligidagi “Chelsea dent” oilaviy korxonasiga qarashli xususiy stomatologiya klinikasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi qoshidagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasining tuman boʻlinmasi tomonidan ajratilgan kredit evaziga ish boshlagan ushbu xususiy stomatologiya klinikasida mijozlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan iqtidorli, tashabbuskor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning oʻz qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladilar.

Xususan, 2018-yilning ikkinchi yarmida “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturi doirasida tuman boʻyicha 12 ta biznes loyihaga 2 mlrd 555 mln soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi va 84 ta doimiy ish oʻrni yaratildi.

– Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hayotimizni ijobiy tomonga oʻzgartirish, jamiyatga faol aralashish, ayniqsa, oʻz tadbirkorligimizni yuritish uchun keng yoʻl ochmoqda, – deydi yangi ish boshlagan klinika rahbari, tadbirkor Botirjon Ermatov. – Agar biz zamon bilan hamnafas yashashni istasak, bu imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz, hayotimizning yorqin sahifalarini yaratishimiz kerak.

Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqining “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan 100 million soʻmlik kredit va 30 mln. soʻm tadbirkorning oʻz mablagʻi asosida ish boshlagan ushbu stomatologiya klinikasi zamonaviy stomatologik anjomlari bilan jihozlangan boʻlib, 3 nafar oliy maʼlumotli stomatolog-shifokorlar, 2 nafar hamshira va 1 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli tish texnigi hamda 1 nafar texnik xodim doimiy ish bilan taʼminlangan.

Aytish kerakki, “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturi doirasida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, shu orqali ularning bandligini taʼminlash maqsadida 2019-yil davomida yangidan 85 ta loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan. Bu loyihalarni amalga oshirish maqsadida 19 mlrd. 383 mln soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu mablagʻ yoshlar tadbirkorligi sohasiga yoʻnaltirilgach, 505 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Jamgʻarmaning tuman boʻlinmasi tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yoʻnaltirilayotgan xarajatlar koʻplab tashabbuskor yoshlarning oʻz iqtidorlarini namoyish etishlarida muhim omil boʻlishi tabiiy. Quvonarli tomoni shundaki, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalarini hamda ishlab chiqarish subʼektlarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan 23 nafar yosh tadbirkorga tuman hokimining qarori bilan 4 gektarga yaqin yer maydoni hamda umumiy maydoni 8 ming 183 kv. metr boʻlgan 20 ta foydalanilmay turgan boʻsh binolar ajratildi. Bu hududlarda yoshlar oʻz loyihalarini amalga oshirgach, 84 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va bandligini taʼminlashga qaratilgan bu kabi loyihalar, albatta yoshlar faolligini oshirish, tumanimiz iqtisodini yuksaltirish yoʻlidagi dadil qadamdir.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019