16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:15
Siyosat 👁 3,636

Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri

Har qanday davlatning mustaqilligini birinchi navbatda uning oʻz armiyasi himoya qiladi. Shu bois istiqlolimizning dastlabki kunlarida — 1991-yil 6-sentyabrda Oʻzbekiston Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilib, 1992-yil 14-yanvar kuni mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy qism va boʻlinmalarni Oʻzbekiston tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. 1993-yilning 23-dekabrida esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni qilib belgilandi. Mana, bir necha yildirki bu sana butun mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanib kelinmoqda.

Markaziy madaniyat uyida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganligining 22 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman mudofaa ishlari boʻlimi va chegara qismlari ishchi va xizmatchilari, jamoat tashkilotlari vakillari, askarlar, akademik litsey va kollejlar oʻquvchilari va keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova kirish nutqi bilan ochdi va olib bordi.

Tadbirda tumanimiz hokimi Rajabboy Yoʻldoshev maʼruza qildi. Taʼkidlanganidek, Vatanni himoya qilish, uning daxlsizligini saqlash, har bir fuqaroning burchidir. Qolaversa, hozirgi kunda dunyo boʻyicha, turli mafkurviy tahdidlar, jumladan diniy ekstemizm, terrorchilik kabi harakatlar mamlakatlar tinchligiga xavf solib turgan bir paytda, milliy armiyamizning ahamiyati va oʻrni beqiyosligi eʼtirof etilmoqda. Yurtimizning ozodligi va kun sayin obod boʻlib borayotgani, kunlarimizning tinch va tunlarimizning osuda oʻtayotgani harbiylarning vatanimiz sarhadlarini himoya qilishdagi fidoyiligi sabablidir.

Tumanimiz hokimi oʻz soʻzida barcha harbiylarga vatan himoyasidek oliyjanob faoliyatida omadlar tilab, chegara postlari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada birinchi faxrli oʻrinni egallagan Mangʻit chegara posti va ikkinchi oʻrin sohibi boʻlgan Ayoqchi chegara posti maʼmuriyatini tuman hokimligining fxriy yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi. Shu bilan birga, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan sport musobaqalarida faxrli oʻrinlarni egallagan Amudaryo akademik litseyi, Mangʻit iqtisodiyot kolleji, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kolleji vakillariga ham faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbir davomida tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Akmal Olimov, 40-sonli umumtaʼlim maktabining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Sayyora Jumamurodova, tumanimiz chegara postida xizmat vazifasini oʻtayotgan askar Sherzod Anarboyevlar soʻzga chiqib, hammani bayram bilan tabrikladilar.

Tadbir vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi. Kontsert dasturida, ayniqsa bolajonlar ijro etgan kuy va qoʻshiqlar, raqs namoyishlari yuraklarni toʻlqinlantirib, tomoshabinlarga olam-olam zavq bagʻishladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019