16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:15
Siyosat 👁 3,778

Vasiylik va homiylik: bolalar manfaatlari himoyada

Vasiylik va homiylik: bolalar manfaatlari himoyada

Mamlakatimizda vasiylik va homiylik bilan bogʻliq huquqiy munosabatlar asosan Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi Nizom» va boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mazkur meʼyoriy-huquqiy hujjatlar tahlili vasiylik va homiylikka muhtoj barcha toifadagi, ayniqsa, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar hamda sogʻligi tufayli vasiylik va homiylikka muhtoj shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylikni amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish zarurligini koʻrsatdi.

Shularni hisobga olgan holda 2014-yil 3-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasining «Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida»gi Qonuni eʼlon qilindi. Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan ushbu Qonun 9 bob, 50 ta moddadan iborat boʻlib, u 2014 yil 3-iyuldan boshlab kuchga kiradi.

Qonunda taʼrif berilganidek, vasiylik — oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan, homiylik esa oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shaklidir.

Qonunning 1-bobida vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, vasiylik va homiylikning asosiy printsiplari, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni qabul qilgan oilani kuzatib borish tartibi belgilab qoʻyilgan.

2-bob vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda ularning vakolatlari, 3-bob esa vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar va ularning mol-mulki toʻgʻrisidagi axborot masalalariga bagʻishlangan.

Qonunga koʻra vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Vasiy yoki homiy tayinlashda uning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlari, majburiyatlarni bajarish qobiliyati, vasiy, homiy va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs oʻrtasidagi munosabatlar, vasiy yoki homiy oilasining vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga munosabati, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olinishi lozim.

Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxs haqidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan olingan maʼlumotlar maxfiy boʻlib, oshkor qilinmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Qonunga koʻra quyidagilar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emas:

- ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari cheklangan shaxslar;

- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

- sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiisteʼmol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda boʻlganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganligi oqibatida bekor qilingan boʻlsa;

- oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud oʻz huquqlarini suiisteʼmol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;

- qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan shaxslar.

Shuningdek, qonunda dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash, shaxsga bir nechta vasiy yoki homiy tayinlash, bir shaxsni bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga vasiy yoki homiy etib tayinlash, voyaga yetmaganlarga nisbatan ular ota-onasining yoki voyaga yetmaganlarning oʻz arizasiga koʻra vasiy yoki homiy tayinlash, ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi boʻlgan voyaga yetmaganga vasiy yoki homiy tayinlash tartiblari ham belgilab qoʻyilgan.

Qonunning 5-bobi vasiylik va homiylikni tugatish, vasiyning va homiyning oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi hamda chetlashtirilishi, 6-bobi vasiylar va homiylarning huquq va majburiyatlari, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, 7-bobi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qilish hamda 8-bobi vasiylik va homiylik sohasidagi nazorat masalalariga bagʻishlangan.

Vasiylik va homiylik instituti takomillashishi manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj shaxslar qadr-qimmatining kafolatlanishiga, kishilar oʻrtasidagi mehr-oqibat, qadriyat va anʼanalarning, oila munosabatlarining mustahkamlanishiga, vasiylik va homiylik bilan bogʻliq munosabatlarning tizimlashtirilishi esa jamiyatda ijtimoiy birdamlik yanada kuchayishiga xizmat qiladi.

Samad DILMANOV,

tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya masʼul kotibi.

(Foto - http://www.uzssgzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019