16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:14
Siyosat 👁 6,448

Sud qarorlarini nazorat tartibida qayta tekshirish shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilmoqda

Sud qarorlarini nazorat tartibida qayta tekshirish shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilmoqda

Muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi «Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorugʻ kelajagimizning asosiy omilidir» nomli maʼruzasida «…sudlarning mustaqilligi va erkinligini mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash boʻyicha izchil ishlar amalga oshirildi…, jinoyat ishini yuritishda sud nazoratini mustahkamlash, himoya va ayblov tortishuvini taʼminlash tizimi va mexanizmlarini takomillashtirishda «Xabeas korpus» instituti qoʻllanishini kengaytirish boʻyicha qonun hujjatlari amalga oshirildi…, sudgacha ish yuritish bosqichida tergov ustidan sud nazorati kuchaytirildi…» deb taʼkidlab oʻtgan edi.

Mamlakatimizda sud-huquq islohotlari natijalarining biri sifatida sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini taʼminlash maqsadida kassatsiya instantsiyasida koʻrib chiqish tartibi isloh qilindi va apellyatsiya tartibi joriy qilindi. Fuqarolar qonuniy kuchga kirib ketgan sud qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, oʻz huquqlarini nazorat tartibida yuqori instantsiya sudlarining muhokamasida himoya qilish imkoniyatiga ega boʻldi.

Sudning qarorlari ustidan nazorat tartibida shikoyat berish (protest bildirish) va ularning qonuniy, asosli va adolatli ekanligi yuzasidan sud qarorlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 57-bobida (510-527-moddalar) belgilab qoʻyilgan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida»gi 2008-yil 15-maydagi 12-sonli qarorida ushbu masalalar boʻyicha koʻrsatmalar berilgan.

Yuqoridagi qonun talablarini bajarishda, yaʼni nazorat instantsiyasiga kelib tushayotgan shikoyat va arizalarni qayd etish, roʻyxatga olish va ularni rasmiylashtirishni toʻgʻri amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2013-yil 24-iyundagi RS-26-13-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent shahar sudlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning tegishli koʻrsatmalari muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Nazorat institutining ahamiyati shundan iboratki, bunda birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlari tomonidan chiqarilgan sud qarorlarini qayta tekshirish imkoniyati mavjud boʻlib, ushbu bosqich orqali sud qarorlarining qanchalik qonuniy, asosli va adolatli ekanligi tekshiriladi va fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishiga erishiladi.

Nazorat tartibida ish yuritish faqat apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha qoʻzgʻatiladi.

JPKning 510-moddasiga muvofiq, nazorat tartibida ish yuritish nazorat protesti bildirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga muvofiq qoʻzgʻatiladi. Bunday iltimosnoma bilan mahkum yoki oqlangan shaxs, uning himoyachisi yoki qonuniy vakili, jabrlanuvchi yoki uning vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari murojaat qilishga haqli.

JPKning 514-moddasiga muvofiq, nazorat protesti bildirish haqidagi iltimosnoma bir oygacha boʻlgan muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.

Chiqarilgan hukmlar va ajrimlar (qarorlar) bilan birga ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqishga qonunda protest bildirish huquqi berilgan sud raisi, prokuror yoki ularning oʻrinbosarlari protest bildirgandagina yoʻl qoʻyiladi.

Qonunda iltimosnoma (protest) berish uchun biron-bir muddat belgilanmagan. Shu bilan birga, JPKning 513-moddasi mazmuniga koʻra, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil oʻtgandan soʻng berilgan iltimosnoma (protest), basharti unda ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan boshqa oʻzgarishlar (mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topish, jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilash, shartli hukmni bekor qilish, undiruv miqdorini koʻpaytirish, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasini mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga oʻzgartirishga olib kelsa va h.k.), shuningdek, oqlov hukmini yoxud ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish nazarda tutilgan boʻlsa, sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin emas.

Iltimosnomani koʻrib chiqishda sudlar shundan kelib chiqishlari lozimki, iltimosnomada bayon etilgan vajlar sud hukmi, ajrimi yoki qarorining qonuniyligi va asosliligi yuzasidan shubha uygʻotgan yoki bunday shubha bevosita sud qarorlari mazmunidan kelib chiqqan har bir holda ish chaqirtirilishi shart.

Qonunga, yuqoridagi Plenum qarori va Yoʻriqnomaga koʻra, protest bildirish uchun asoslar boʻlmaganda nazorat instantsiyasida jinoyat ishini oʻrgangan sudya iltimosnoma vajlarini rad etuvchi hamda hukm yoki boshqa sud qarori qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi aniq dalillar va asoslar bayon etilgan holda xulosa tuzadi. Sud iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi va protest bildirish uchun asoslar yoʻqligi toʻgʻrisida ariza muallifiga xat orqali xabar yuborishi lozim boʻlib, unda iltimosnomaning sud qarori toʻgʻriligini shubha ostiga oluvchi barcha vajlariga asoslantirilgan javoblar berilishi lozim.

Nazorat tartibida ish yuritishning apellyatsiya tartibidan farqli xususiyati shundan iboratki, nazorat instantsiyasi sudi faqat qisman sud tergovi oʻtkazishi, shu jumladan, birinchi instantsiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirib chiqishga va ularga sud majlisida aniqlangan yangi holatlar natijasiga koʻra huquqiy baho berish mumkin. Birinchi, apellyatsiya (kassatsiya) instantsiyalari sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari qanchalik toʻgʻri aniqlanganligini, moddiy va protsessual qonun normalari qanchalik toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshiradi.

Bu borada Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi raisi tomonidan 2013-yil davomida Oliy sud rayosatiga 7 ta shaxsga nisbatan 4 ta jinoyat ishi boʻyicha nazorat tartibida protest keltirilgan. Shundan 2 ta shaxsga nisbatan 2 ta jinoyat ishi boʻyicha sud qarorlari bekor qilingan, 4 ta shaxsga nisbatan 2 ta jinoyat ishi boʻyicha sud qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilgan, 1 ta shaxsga nisbatan sud qarorlari oʻzgarishsiz qoldirilgan.

Bu kabi holatlar nazorat instantsiyasi tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining amalda samarali himoya qilinayotganligidan dalolat bermoqda.

P.Xojabekov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi raisi.

(Foto - http://kamolot.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019