16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:11
Adabiyot 👁 3,543

Shavkatli shoh, xassos shoir

Shavkatli shoh, xassos shoir

Zahiriddin Muhammad Bobur. Bu siymo nomini tilga olar ekanmiz, koʻz oldimizda shavkatli shoh va xassos shoir siymosi gavdalanadi.  Boburning hayoti va ijodini oʻrganish orqali uning shaxsiy fazilatlari haqida yanada kengroq tasavvur hosil qilish hamda ana shu tasavvur orqali faqat yurtimizda emas, balki butun dunyoda kam uchraydigan shaxsning insoniylik xususiyatlarini avlodlarga yetkazib, ularga Vatanga muhabbat tuygʻularini singdirish har bir ziyolining burchidir.

Bobur bolalik davridan oʻsha vaqtdagi toj-taxt kurashlari girdobida qoladi. Necha martalab ajal changaliga  tushishga oz qolib, taqdir moʻʼjizalari sababli omon qoladi. Oʻzining ota va ona tarafdan qarindosh boʻlgan taxt talab amaki va togʻalari quvgʻiniga uchraydi.

Oʻzining kindik qoni toʻkilgan Andijonga ham ukasi Jahongir Mirzo kiritmay, uning sargardon yurishiga sabab boʻladi.

Yosh boʻlishiga qaramay oʻzining mustahkam irodasi, aql-zakovati bilan qiyin vaziyatlardan chiqa olishga, shu bilan birga ijod qilishga, ulugʻ insoniy tajriba va beqiyos fazilatlar bilan yoʻgʻrilgan kitobi - "Boburnoma”ni  yozishga imkon topadi. Shuning uchun ham u avlodlar nazarida bu nodir durdonani yaratgan buyuk isteʼdod sohibi sifatida gavdalanadi.

Bobur, zamondoshlarining guvohlik berishicha, oʻz davrining peshqadam mutafakkiri sifatida xurofotdan, taraqqiyot yoʻliga gʻov tashlaydigan turli bidʼatlardan yiroq boʻlgan. Shu bilan birga u qalbida hamisha ilohiy nur sochib turgan bir zot boʻlgan. Ana shu qudratga ishonch, uni tan olish, uning hukmi va adolatiga boʻysunish, uning qasosidan hayiqish - bularning barchasi buyuk jahongirning har bir qadamini qattiq taftish ostiga olib kuzatib borgan, uni oʻrinsiz xunrezliklar, shariat ahkomlari va davrning ahloqiy qoidalarini buzishdan saqlab kelgan. Shu maʼnoda "Boburnoma” da aks etgan adolat tushunchasi, adolat tuygʻusi gʻoyat eʼtiborlidir. Bu tuygʻu esa yuqorida aytib oʻtganimiz oʻsha ilohiy qudrat bilan bogʻliq boʻlib, undan maʼnaviy oziq oladi.

Maʼlumki, Bobur oʻz qoʻshini oʻrtasida juda qattiq tartib-intizom oʻrnatgan. Xalqqa nohaq zulm qiladigan, talonchilik bilan shugʻullanadigan navkarlarga, askarboshilarga uning nafrati nihoyatda cheksiz boʻlgan. Boburning nuqtai nazaricha, bunday manfur kimsalar muqarrar ravishda laʼnatga sazovor boʻlib, qasosga uchrashi shubhasizdir.

"Bu yurttin koʻchib, Qarobogʻ yonidagi Oqsaroy oʻlangiga tushuldi, - deb sarguzashtlaridan birini hikoya qiladi Bobur. - Xisravshohning eli - kuni zulm va besarliqqa oʻrgangan el, elga zulm qila boshladilar. Oxiri Sayidim Ali Darbonning bir oʻbdon navkari birovning bir koʻza yogʻini tortib olgʻon uchun eshikka kelturub tayoqlattim, tayoq ostida - oʻq joni chiqdi. El bu siyosatdan tamom bosildilar”.

Yoki boshqa bir oʻrinda - Yom navohisida boʻlgan chogʻda roʻy bergan voqeani soʻylab, bu kentda aholidan zoʻrlik bilan talab olingan mol-mulkni tongga qadar ega-egasiga qaytarib berishni askarlariga qatʼiy suratda amr qiladi. "Ertasiga, - deb xotirlaydi u, - cherik qoʻlida igna sinigʻiyu ip uchigacha qolmadi - barini elga qaytarib berildi”. Donishmand saltanat sohibi Bobur hijriy 932-yili maxsus farmon chiqardi. Bu farmonga binoan kishilardan, shahar va qishloqlar, koʻcha va guzarlardan olinadigan soliq - tamgʻa puli bekor qilinadi. Nazmiy yoʻsinda bitilgan, iqtisodiy muammolar tahliliga bagʻishlangan risolasi "Mubayyin” da esa u mulkdor guruhlarning beva-bechora, qashshoq-notavonlarga doimiy ravishda koʻmak berib turishlarini amr qilgan. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bu bilan Bobur mazkur buyruqqa qonun tusini bergan ekan.

Bobur Hindistonda ham adolatli hukm yurgizishga erishdi. Din-mazhab janjallarining oldini olishga, mamlakatda osoyishtalikni oʻrnatishga harakat qildi. Adolatli qonunlar chiqardi, gʻayridinlik soligʻi (juzʼya) ni bekor qildi, oʻlgan er bilan tirik xotinini birga yoqishni taqiqladi. Mamlakatda obodonchilik ishlarini yoʻlga qoʻydi.

Bobur xalqimizning har tomonlama yetuk, beqiyos isteʼdodli farzandi edi. U gʻoyatda notinch, koʻpincha sargardonlikda, hech kimdan koʻmak ololmay yurgan paytlarida ham tushkunlikka tushmay, zoʻr salohiyati tufayli oʻz umrini sermazmun qila oldi. Uning hayoti faqat janglar bilan emas, balki ilhomiy onlar bilan ham toʻla edi. Bobur umr boʻyi ajoyib sheʼrlar yozdi, devon tartib qildi. "Mubayyin al-zakot” asaridan tashqari 1523 - 1525-yillarda aruz vazni haqida "Muxtasar” risolasini yozdi. Uning "Harb ishi” va "Musiqa ilmi” nomli asarlari hozirgacha topilmagan. U tarjima bilan ham shugʻullanib Xoʻja Ahrorning "Volidiya” asarini sheʼriy yoʻl bilan tarjima qilgan. "Boburnoma” asari esa faqat oʻzbek adabiyotininggina emas, balki jahon adabiyotining ham nodir namunalaridan sanaladi. Umr boʻyi koʻrgan-kechirganlari bayon qilingan bu memuar asar tarix, etnografiya, geografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fanlar uchun gʻoyat muhim manba boʻlib xizmat qiladi.

Bobur oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozilgan sheʼrlarini toʻplab 1519-yilda Kobulda, 1528-yilda Hindistonda devonlar tuzgan. Kobul devoni hozirgacha topilgan emas. Saqlanib qolgan sheʼrlarining 119 tasi gʻazal, 231 tasi ruboiydan iborat, shuningdek, tuyuq, fard, masnaviy, qitʼa, muammo kabi janr namunalari ham bor. Devonning katta qismi gʻazallardan iborat boʻlib, ularning ayrimlari hasbi hol xususiyatiga ega va shoir hayotining muayyan holatiga bogʻlanadi.

Boburning gʻazallarini oʻqib uning hayotni nihoyatda sevishiga, uning har daqiqasini qadrlashiga guvoh boʻlasiz. Shuning uchun u nihoyatda qiyin ahvollarda qolganida ham tushkunlikka berilmay yashashga intildi, izlanishdan toʻxtamadi, ijodda davom etdi. Bobur ijodida hayotga qaynoq mehr ifodalangan joʻshqin gʻazallar ham, afsus-nadomat aks etgan sheʼrlar ham bor. Bu qarama-qarshilikni esa sheʼrlarning samimiy tuygʻularni ifodalashi birlashtirib turadi.

Boburning insonparvarlik fazilatlaridan biri sifatida shuni koʻrsatishimiz muhimki, u oʻzining katta kuch-qudratga ega boʻlgan saltanatining vositasi bilan buyuk armoni - Samarqandu Andijon orzusini amalga oshirishga urinmadi. Chunki kindik qoni tomgan yurtlarni eslagan chogʻi yuragi tutdek toʻkilib ketadigan jannatmonand viloyatlarda qon toʻkishni, ota bobolarining muqaddas mozorlarining fil tuyoqlari ostida toptalishini istamadi.

Saltanat sohiblari hamma vaqt ham xavf ostida yashaydilar. Bobur 1526-yilda Ibrohim Loʻdiyning onasi malika Bayda tomonidan zaharlanib, tasodif tufayli omon qoladi. Lekin sogʻligi yomonlashib, 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etadi va oʻz vasiyatiga koʻra Kobul shahrida dafn qilinadi.

Bobur avlodlar nazarida doimo har qanday sharoitda ham iymon butunligiga, ruhiyatining barkamolligiga, qalbidagi dilbar hislariga dogʻ tushirmay yashagan inson sifatida gavdalanadi. Uning boy ichki dunyosi goʻzal tashbehlar orqali, yuksak badiiy shakllarda ifodalangan sheʼrlari hamisha adabiyot ixlosmandlari tomonidan chanqoqlik bilan oʻqiladi. Shoirning "Soʻzimni oʻqib anglagaysan oʻzimni” degan satrlari kelajak avlodlarni oʻz asarlarida talqin qilingan Vatanga muhabbat tuygʻulari sohibi va insoniyatning ezgu orzu-umidlarining munosib davomchilari boʻlishga undayveradi.               


Ahmad Nafasov,

faxriy muallim.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026