16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:33
Salomatlik 👁 3,388

Virusli gepatitdan saqlaning

Virusli gepatitdan saqlaning

Virusli gepatit oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, jigar faoliyatining buzilishi va  organizmda  umumiy intoksikatsiya alomatlari bilan kechadi. Uni bir necha xildagi viruslar keltirib chiqarganligi sababli A,V,S,D,Ye turlari farqlanadi. A va Ye turlari virus bilan zararlangan suv, oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilganda, bemor foydalangan roʻmolcha, sochiq, oʻyinchoq, idish-tovoq orqali yuqishi mumkin. V,S,D turlari esa qon orqali, sterillanmagan tibbiy asbob-uskunalar vositasida yuqishi tajribada koʻp marotaba kuzatilgan. Kasallik qanday alomatlar bilan kechadi? Virus organizmga tushishi bilan kasallikning yashirin davri boshlanib, 14-35 kun davom qiladi. Bundan keyingi holatda xastalikning avj olish davri kuzatiladi.Bemorda koʻngil  aynishi, holsizlik, ishtahasizlik, teri va shilliq qavatlarining sargʻayishi, oʻng qovurgʻa ostida ogʻriq,siydik rangining toʻq tusga kirishi, najasning esa och sariq tusga aylanishi kabi klinik belgilar kuzatiladi. Gepatitga chalingan kishining oyoqlaridan mador ketib, faqat yotgisi keladi. Unda modda almashinuvi, ovqat hazm qilish, zaharli moddalarni zararlantirish jarayoni buzilib, barcha aʼzolarda toliqish hodisasi roʻy beradi.

Kasallikning oldini olishda avvalo, emlash juda katta rol oʻynaydi. Hozirgi vaqtga kelib virusli gepatitning oldini olish uchun vaktsinalar mavjud. Virusli gepatitning A turiga qarshi kurashishda tozalik-ozodalik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishning ahamiyati katta. Ovqatlanishdan oldin qoʻlni albatta sovunlab yuvish kerak, degan qoida doimo yodda tutilishi kerak. Meva-sabzavot, koʻkatlarni yaxshilab yuvish organizmga tushishi mumkin boʻlgan virus va mikroblar xavfini kamaytiradi. Duch kelgan suv havzalarida choʻmilmaslik, daryo va kanal qirgʻoqlarini ifloslantirmaslik zarur. Xonalarni doimo toza-ozoda tutish, chiqindilarni oʻz vaqtida chiqarib tashlash, pashshalarga qarshi ayovsiz kurash kasallikning oldini olishda eng katta profilaktik tadbir hisoblanadi. Suvni qaynatilgan holda ichish, idish-tovoqlarni qaynoq suvda chayish muhim ahamiyatga egadir. Kasallikni davolash faqat shifokor tavsiyasi bilan amalga oshiriladi. Asosan jigar  funktsiyasi buzilishi bilan kuzatiladigan virusli gepatitda  butun diqqat-eʼtibor oʻsha aʼzo faoliyatini yaxshilashga qaratiladi. Xastalikda jigar shishadi, uni asl holatiga qaytarish uchun siydik haydovchi, shishni pasaytiruvchi inʼektsiyalar yuboriladi. Buning natijasida jigar yaxshilab yuviladi. Qoʻshimcha tarzda isteʼmol qilingan limon choy, bodring, tarvuz siydik haydash xususiyatiga ega boʻlib, jigar shishini qaytaradi va uning faoliyatini tiklashga yordam  beradi.Virusli gepatitdan sogʻaygandan keyin bemor 6 oygacha parhezda boʻlishi kerak. Parhez taomlar tarkibiga yogʻsiz, qovurilmagan, koʻproq qaynatib, dimlab pishirilgan baliq, parranda goʻshti va sabzavot mahsulotlari, koʻproq qovoq isteʼmol qilish buyuriladi. Yogʻli qoʻy, choʻchqa, ot, oʻrdak goʻshtlari tavsiya  etilmaydi. Taomlarni oʻsimlik yogʻida (kungaboqar,soya), sariyogʻda tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Paxta yogʻi bir oz qiyinroq hazm boʻladi, shu tufayli  bu moydan ovqat tayyorlash mumkin emas. Kundalik hayotimizda keng isteʼmol qilinadigan taomlardan goʻsht va qovoq manti, chuchvara (shu jumladan koʻk chuchvara) yeyish mumkin. Ayniqsa, kasallikning dastlabki kunlarida shirqovoq, shirxoʻrda, shirguruch, shirchoy, mastava kabi taomlardan bemorga berish kerak. Parhezga rioya qilgan kishi oʻz  jigari faoliyatini yaxshilagan boʻladi.

J. Yavqashev,

tuman Salomatlik markazi direktori.

(Foto - http://www.12news.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026