16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:30
Salomatlik 👁 962

Tumanda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi taʼminlanmoqda

Tumanda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi taʼminlanmoqda

Atrof-muhit tozaligi va inson salomatligi bir-biriga uzviy bogʻliqdir. Shu bois sogʻlom turmush tarzini yaratish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash juda muhim hisoblandi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, hududga yuqumli va karantin infektsiyalarining kirib kelishi, tarqalishining oldini olish boʻyicha tuman Davlat Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan tegishli chora-tadbirlar muntazam yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, tibbiyot xodimlari va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda salomatlikka zararli taʼsir koʻrsatuvchi omillarning oldini olishga qaratilgan ogohlantiruvchi sanitariya nazorati ham oʻtkazilib borilmoqda.

Tumanimizning barcha hududlarida sanitariya­-gigiyenik va epidemiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlar samarali amalga oshirilmoqda. Yuqumli, oʻta xavfli viruslarning kirib kelishi, tarqalishining oldi olinmoqda. Natijada aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xotirjamligi taʼminlanmoqda.

Tumandagi Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tarkibiy tuzilmasi sanitariya-gigiyena, epidemiologiya, dezinfektsiya, parazitologiya boʻlimlaridan iborat. Shuningdek, u yerda kommunal gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, ekologiya, mehnat gigiyenasi boʻlinmalari ham mavjud. Turli namunalar tekshiruvdan oʻtkaziladigan sanitariya-gigiyena, bakteriologiya va parazitologiya laboratoriyalari ham faoliyat koʻrsatadi.

Oʻtgan davr mobaynida markaz zamonaviy axborot texnologiyalari bilan yetarlicha taʼminlandi va internet tarmogʻi orqali elektron axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyildi. Laboratoriyalarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, yangi asbob-uskunalar, jihozlar oʻrnatildi.

Markazda 29 nafar turli toifadagi shifokorlar, 68 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari ishlashadi. Faoliyat davomida asosan tegishli nizom va Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligini saqlash toʻgʻrisida”gi, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonunlari, Prezidentimizning farmon va qarorlari, hukumat qarorlari, vazirlik va yuqori tashkilotlar buyruq va huquqiy-meʼyoriy hujjatlar boʻyicha ish olib boriladi.

Nazorat markazi tomonidan aholi salomatligiga zararli taʼsir koʻrsatuvchi omillarning oldini olishga qaratilgan ogohlantiruvchi sanitariya nazorati turli obʼektlarda oʻtkaziladi. Atrof-muhit monitoringi davomida ochiq suv havzalari, atmosfera, tuproqning har xil kimyoviy, biologik chiqindilar, mikroblar, parazitar kasalliklar chaqiruvchilar bilan ifloslanishining oldini olishga eʼtibor qaratiladi. Muntazam ravishda yoʻlga qoʻyilgan nazoratlarda kommunal, madaniy-maishiy, umumiy ovqatlanish va savdo obʼektlarida, umumtaʼlim muassasalarida, sanoat ishlab chiqarish korxonalarida tozalik va sarishtalikka qatʼiy rioya qilinishi tekshirilib boriladi. Bu bilan hududda sanitariya holat yaxshilanishiga erishilib, aholining sanitariya madaniyati oshirilishi taʼminlanmoqda.

Joriy yilning 7 oyi davomida roʻyxatga olingan 812 ta obʼektning 85 tasida laboratoriya instrumental usulida sanitariya nazorati oʻtkazildi. Obʼektlardan sanitariya-gigiyena laboratoriyasiga 2 100 ta namuna olindi va 466 tasi sanitariya talablariga javob bermasligi aniqlandi. Bakteriologik laboratoriyaga 1 374 ta namuna olingan boʻlib, 23 tasi sanitariya talablariga javob bermasligi maʼlum boʻldi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi va muassasa rahbarlariga qator tavsiyalar berildi.

Aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash maqsadida tuman hududidagi vodoprovod tarmoqlaridan laboratoriyaga keltirilgan 335 ta namuna tekshirildi va 166 tasi tegishli talablarga javob bermasligi aniqlandi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha suv tarmoqlari korxonasiga tegishli tavsiyalar berilib, bajarilishi nazoratga olindi va zararsizlantirish ishlari olib borildi. Oʻtkazilgan tekshirishlar davomida sanitariya boʻyicha qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan 91 nafar javobgar shaxsga maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi va belgilangan miqdorda jarima solindi. Shuningdek, sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga javob bermaganligi uchun 9 ta obʼektning ish faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.

Muntazam ravishda oʻtkazib borilgan barcha tadbirlar samarali natija berib, oʻtgan davr mobaynida tumanda aholi, bolalar oʻrtasida oʻta xavfli va karantin, yuqumli kasalliklar qayd qilinmadi.

Tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan mavsumiy yuqumli va parazitar, kasbiy kasalliklarning oldini olish maqsadida tibbiy profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda. Shuningdek, hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini jonlantirish, sanitariya madaniyatini yanada oshirish boʻyicha ham targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019