16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:19
Sport 👁 553

Futbol fidoiysi Madrahim Rahimov tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan musobaqa oʻtkazildi

Futbol fidoiysi Madrahim Rahimov tavalludining 70 yilligiga  bagʻishlangan musobaqa oʻtkazildi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida xalqning turmush tarzini yaxshilash, maʼnan va jismonan sogʻlom muhit yaratish, salomatlikni mustahkamlash gʻoyasi yotibdi.

Shu bois ayni paytda jismoniy tarbiya va sportga eʼtibor davlat ahamiyatiga molik muhim ijtimoiy-siyosiy vazifaga aylangan. Sport nafaqat jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlik asosi, balki hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni turli zararli yot gʻoya va odatlardan asrash, ularga oʻz qobiliyati va isteʼdodlarini toʻla ruyobga chiqarish vositasi hamdir.

9-noyabr kuni Amudaryo tumani Navoiy mahallasida joylashgan futbol maydonchasida 38-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Azamat Rahimov, tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi Jasur Yaxshimov va xalq taʼlimi boʻlimi metodisti Nurbek Abdullayevlar tashabbusi bilan tumanimizda ancha yillar davomida oʻquvchilarga futbol boʻyicha murabbiylik qilgan faxriy trener Madrahim Rahimov tavalludining 70 yillik yubileyi munosabati bilan shahar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida futbol musobaqasi oʻtkazildi.

38-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Faxriddin Kamolov, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Rustam Hamrayev, tuman xalq taʼlimi boʻlimi metodisti Nurbek Abdullayevlar hakamlik qilgan mazkur musobaqada Mangʻit shahridagi 9 ta maktab jamoalari ishtirok etishdi.

Musobaqa davomida 38-sonli maktabning musiqa fani oʻqituvchisi Ozoda Ahmedova rahbarligidagi raqs guruhi oʻquvchilari tomonidan badiiy chiqishlar qilinib, bolalar kuy-qoʻshiqlar va raqslar ijro etishdi.

Tadbirni tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi Jasur Yaxshimov ochib berdi. Soʻzga chiqqanlar Madrahim Rahimovni tabarruk 70 yoshi bilan muborakbod etar ekan, yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga chaqirib, bu sohada Yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida toʻxtalib oʻtishdi.

Madrahim Rahimov 1949-yilda tugʻilgan. 1975-yilda Toshkent politexnika institutining qishloq qurilishi  fakultetini  tamomlagan.  Sportga, ayniqsa futbolga boʻlgan mehri uning butun hayoti mazmuniga aylangan. 1981-yilda sobiq sovet ittifoqi davrida oʻsha paytdagi eng nufuzli  musobaqalardan biri boʻlgan “Oltin boshoq” futbol musobaqasida faxrli 3-oʻrinni egallagan. Ancha yillar davomida tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabida futbol boʻyicha yoshlarga murabbiylik qilgan. Oʻquvchi-shogirdlari bilan birgalikda 2016-yilda Nukus shahrida oʻtkazilgan Qorqalpogʻiston bolalar ligasida 20 ta jamoa ichida faxrli 2-oʻrinni egallagan. Madrahim Rahimov tuman miqyosida oʻtkaziladigan koʻplab futbol musobaqalarida hakamlik qilib keladi. U oʻzi istiqomat qilayotgan koʻchada bolalarning erkin futbol oʻynashlari, ularning futbolga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va mashgʻulotlar olib borishlari uchun oʻz hisobidan futbol maydonchasi qurdirgan.

Otaxon 70 yoshga chiqqan boʻlsalarda, hali ham yoshlardek, kuch-gʻayrat va shijoatga toʻla. Uning maqsadi tumanimizda kuchli futbolchilarni yetishtirish va yoshlarning futbolga boʻlgan ishtiyoqini yanada kuchaytirishdir.

Musobaqa yakuniga koʻra, 36-sonli maktab jamoasi birinchi, 38-sonli maktab jamoasi ikkinchi, 30-sonli maktab jamoasi 3-oʻrinni egallashdi. Gʻolib jamoalar tadbir tashkilotchisi Azamat Rahimov tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Iroda Erdosheva,
Jamoatchi muxbir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019