16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:07
Siyosat 👁 1,012

Deputatlikka nomzodlar saylovchilar bilan uchrashdi

Deputatlikka nomzodlar saylovchilar bilan uchrashdi

Ayni kunlarda yurtimizda muhim siyosiy jarayon – saylovlarga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Butunlay yangicha muhitda, yangicha huquqiy sharoitda oʻtishi kutilayotgan joriy  yilgi saylovlarga barcha partiyalar tomonidan qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda. Ochiq  va oshkora oʻtkazilayotgan saylovoldi targʻibot tadbirlarida partiyalarning saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsadlar aholining keng qatlamiga yetkazilib, unda belgilangan asosiy gʻoya va vazifalar xususida batafsil maʼlumotlar berilmoqda.

2-noyabr kuni Toshyop ovulidagi 5-sonli maktabda 10-Toshyop saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga deputatlikka koʻrsatilgan nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi oʻtkazildi. Unda barcha partiyalarning tuman Kengashi rahbarlari, masʼullari, faollar hamda ushbu saylov okrugiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan nomzodi koʻrsatilgan Fazilat Esamurodova, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan nomzodi koʻrsatilgan Sanjar Nazarov, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan nomzodi koʻrsatilgan Ilhom Polvonov, Ekologik partiya tomonidan nomzodi koʻrsatilgan Ruslan Saidjonov, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan nomzodi koʻrsatilgan Mahmud Saparboyevlar oʻz ishonchli vakillari bilan qatnashdilar.

Uchrashuvda 10-Toshyop okrug saylov komissiyasi raisi Baxtiyor Sherboyev soʻzga chiqib, joriy yilgi saylovlarda hududda 2 ming nafardan ziyod saylovchi ishtirok etishi kutilayotganini, saylov uchastkasida ushbu muhim siyosiy jarayonni qonun talablari asosida yuksak saviyada oʻtkazish uchun puxta tayyorgarlik koʻrilganligi, saylovlar uchun ajratilgan xonalar belgilangan talablar asosida jihozlanib, zarur texnika vositalari va tegishli adabiyotlar bilan taʼminlangani haqida gapirdi.

Shuningdek, targʻibot uchrashuvlari Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksida belgilangan tartiblar hamda belgilangan jadval asosida tashkil etilayotgani, nomzodlarga saylovchilarni oʻz dasturlari bilan tanishtirishlari uchun teng vaqt, imkoniyat yaratib berilayotgani taʼkidlandi.

Shundan soʻng, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari Muqaddas Beknazarova saylovlarning mamlakatimiz siyosati, xalqimiz hayotidagi ahamiyati, saylov qonunchiligidagi yangiliklar va oʻzgarishlar, saylov kodeksining mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushuncha berdi. Xalqimizning siyosiy ongi, madaniyati jamiyatda kechayotgan yangilanish va oʻzgarishlarga monand oʻsib borayotgani, jamiyatda ochiqlik taʼminlanayotganini alohida taʼkidladi.

Uchrashuv davomida ishonchli vakillar deputatlikka nomzodlarning tarjimai holi va ish faoliyati bilan tanishtirdilar. Shundan soʻng, nomzodlar  yigʻilganlarga partiyalar va oʻzining saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar, ularni amalga oshirish yoʻllari haqida batafsil maʼlumot berishdi.

Partiyalar va nomzodlarning dasturlarida ilgari surilgan gʻoyalar, yoshlar hayotiga doir muhim masalalar, ayniqsa, bandlikni taʼminlash, xalq uchun munosib turmush sharoitini yaratish kabi yoʻnalishlar oʻz ifodasini topganligi saylovchilarga juda manzur boʻldi. Saylovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga deputatlikka nomzodlar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi. 

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019