16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Siyosat 👁 2,819

Eng qadimiy, asl milliy bayram

Eng qadimiy, asl milliy bayram

Ona zamin uzra quyoshning zarrin nurlari oʻlkamizga va qalbimizga iliqlik baxsh etib, yurtimizga Navroʻz tashrif buyurmoqda. Bu bayram barchamiz uchun sharqona yangi yil debochasi, maʼnaviyatimizning uzviy qismiga aylanib ketgan eng qadimiy, asl milliy bayram sifatida aziz va moʻʼtabardir.

Bir necha ming yillardan beri nishonlanib kelinayotgan ushbu bayramda mehr-muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi insoniy tuygʻular, inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlik, dehqonchilik mavsumining boshlanishi oʻz ifodasini topgan. Shuning uchun ham asrlar osha bu bayram boqiy qadriyat, milliy marosim sifatida yashab kelmoqda. Zero, Prezidentimizning «Yuksak maʼnaviyat — yengilmas kuch» asarida qayd etilganidek, «Navroʻz bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, koʻp ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasidir».

Xalqimizning sevimli bayramlaridan biri boʻlgan Navroʻz nafaqat tabiat, balki inson qalbining ham uygʻonish, yangilanish faslidir. Shu sababli «Obodlik koʻngildan boshlanadi», degan hikmatli ibora bugun xalqimiz hayotining, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining muhim mezoniga aylandi. Navroʻz nafasi sezilishi bilan joylarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, ekin-tikin ishlari avjiga chiqmoqda. Hovli, koʻcha va xiyobonlarni saranjom-sarishta qilish, koʻchat oʻtqazish kabi xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Sanoqli kunlardan keyin bobodehqonlarimiz yaxshi niyatlar bilan yerga urugʻ qadab, el rizqi moʻl boʻlishini tilab, duolar qilishadi. Bularning bari ming yillardan beri takrorlanib kelayotgan, xalqimizning maʼnaviyatiga singib ketgan azaliy va abadiy udumlardir. Zero, bahor kirib, Navroʻzi olam tashrif buyurgach, tabiat gullashga oshiqqani kabi odamzot ham yashashga, yashnatishga intiladi.

Yaqindagina xalqimizning eng ezgu maʼnaviy merosi – Navroʻz bilan bogʻliq mehnat bayrami – umumxalq hashari oʻtkazildi. Fidoyi va mehnatkash xalqimizni yanada jipslashtirib, oʻzaro doʻstlik, birodarlik, millatlararo totuvlik tamoyillariga munosib ravishda mehr-oqibat timsoliga aylangan ushbu umumxalq hasharidan soʻng nafaqat koʻngillar, balki har bir qarich yer obod boʻldi. Mahalla guzarlari, koʻcha va bogʻ-rogʻlar mehnat bayrami shavqidan yashnab ketdi. Navroʻz bayramining eng eʼzozli udumlaridan biri boʻlgan umumxalq xayriya hasharidan tushadigan mablagʻ esa butun mamlakatimizda, shu jumladan tumanimizda istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan, ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, nogironlar uchun moddiy farovonlik yaratish imkonini beradi. Bu – oʻzaro mehr-oqibatning, muruvvatning timsoli. Bu – xalqning eng ezgu orzu-umidlarini oʻzida mujassam etgan betakror mazmun, betakror mohiyat!

Hayotimizni bezab turgan Navroʻz bilan bogʻliq eng goʻzal mohiyat – yerga urugʻ qadash marosimi! Navroʻz kirishi bilan bundan necha ming yillar avval ham ota-bobolarimiz "Qoʻsh chiqarish”, "Qoʻsh haydash”, "Urugʻ sochish” kabi dehqonchilik ishi bilan bogʻliq marosimlarni oʻtkazganlar. Endilikda, zamonlar oʻtishi bilan bu  marosimlar chigit ekish, dehqonchilik fasli kabi mehnat bayramlariga aylandi. Bu marosimlarning barchasi Navroʻzi olamdan boshlanuvchi xalqimizni rizq-roʻz, qut-baraka tomon eltuvchi yoʻllardir.

Tumanimizning har bir ovulida, mahallasida, har bitta xonadonida allaqachon Navroʻz tantanalari boshlanib ketdi. Koʻngillarni quchgan ezgu tilaklar bilan ota oʻz farzandlari, farzandlar esa oʻzlari uchun bogʻ yaratmoqqa kirishdilar. Bu ajib tadorik dillarimizga xushnudlik va xotirjamlik baxsh etadi. Har birimizning oʻz bogʻimiz, oʻz daraxtimiz, oʻz gulzorimiz barq urib gullaydi. Bunday gullamoq hayotimizga fayz, turmushimizga obodlik boshlab keladi. Qutlugʻ Amu zaminini yashnatgan bogʻlar ertangi kunga – kelajakka ajib tarovat baxsh etadi.

Bu galgi Navroʻzni "Sogʻlom bola yili”da qarshi olamiz. Bunda ham oʻzgacha maʼno mujassam. Negaki, Navroʻz "Yangi kun” degan maʼnoni bildirsa, sogʻlom farzandlar ertangi kunimiz egalari, oilaning bebaho baxti va  yurtimiz kelajagidir.

Aziz yurtdoshlar! Ulugʻ va bebaho maʼnaviy qadriyatlarimiz gultoji – Navroʻzi olam barchangizga qutlugʻ boʻlsin! Har biringizning xonadoningizga Navroʻzga monand goʻzalliklar, nafosat, baxtiyorlik va shodlik tashrif buyursin!

Navroʻzi olam muborak, azizlar!

 

Rajabboy YOʻLDOShEV,

tuman hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019