16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:09
Adabiyot 👁 397

Olimlar va yoshlar uchrashuvi bulib utdi

Olimlar va yoshlar uchrashuvi bulib utdi

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 27-dekabrdagi yoshlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida yoshlar siyosatiga oid belgilab qoʻyilgan maqsad va vazifalarning ijrosini taʼminlash yuzasidan yurtimiz boʻylab barcha sohalar boʻyicha mutasaddilar yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilishmoqda.

Shuningdek, yoshlarning qiziqishlari, qobiliyatlarini yaqindan oʻrganish, ular orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlab, toʻgʻri yoʻnalishlar berish hamda hududlardagi barcha sohalardan faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan oʻzaro tajriba almashinish maqsadida ham uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Shu maqsadda tabiiy hamda aniq fanlar boʻyicha bir guruh professor, olimlar 20-yanvar kuni tumanimizga tashrif buyurishdi.
Ishchi guruh oʻz ishini Qilichboy OFYda joylashgan 15-sonli umumtaʼlim maktabidagi oʻqituvchi hamda oʻquvchilar bilan uchrashishdan boshladi.

OʻzMU akademigi Azimboy Saʼdullayev, NDPI rektori Bayram Oʻtemuratov, UrDU pedagogika fakulteti dekani Jumanazar Yormatov, OʻzMU katta oʻqituchisi Karimboy Rahimov hamda matematika fani boʻyicha xalqaro olimpiyada gʻolibi, "Mard oʻgʻlon" mukofoti sohibi Sardor Bozorboyevlardan iborat ishchi guruh aʼzolarini maktab oʻquvchilari iliq kutib oldilar.

Oʻquvchilar tomonidan aytilgan Vatan, ona, tinchlik haqidagi sheʼrlar, shu bilan bir qatorda maktabning musiqa toʻgaragi aʼzolari boʻlgan oʻquvchilar ijrosida kuylangan qoʻshiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Shundan keyin professorlar sinflarda oʻqituvchilar hamda oʻquvchilar bilan suhbat, ayni paytda oʻqituvchilar uchun mahorat darslarini oʻtkazdilar. Oʻqituvchilar taʼlim sohasidagi oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.
Suhbat chogʻida oʻquvchilarning komil inson boʻlib yetishlari, hayotda oʻz oʻrnini topishi, Vatan koriga yaraydigan shaxs sifatida shakllanishlarida ustoz va murabbiylarning oʻrni beqiyos ekanligi alohida eʼtirof etildi.

Suhbat mobaynida taʼkidlanganidek, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda boʻlayotgan tezkor oʻzgarishlar taʼlim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal taʼlim tizimi orqali yurtimizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab-yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. Shuning uchun taʼlimda eng muhim yoʻnalish taʼlim muassasalarining innovatsion faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha taʼlim muassasalarida innovatsion texnologiya koʻrinishida faoliyat olib borish dolzarb masalalardan biri boʻlib kelmoqda.
Xususan, hozirgi kunda taʼlim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida qoʻllashga boʻlgan qiziqish, eʼtibor kuchayib bormoqda. Ustozlar esa davr talabidan kelib chiqqan holda taʼlim jarayonlariga yondashishlari maqsadga muvofiq sanaladi.

Shuningdek, oʻqituvchilar dars jarayonlarini toʻgʻri tashkil qilish borasida savollar berib, oʻzlariga kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar. Oʻquvchilar esa olimpiyadalarga hamda OTMlarga kirish imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish sir-asrorlari bilan tanishdilar.
Shundan keyin mehmonlar 82-sonli umumtaʼlim maktabining faollar zalida yoshlar bilan uchrashdilar. Uchrashuvda tashrif buyurganlar, oʻzlarining hayot tajribalari, ilm-fanning inson hayotidagi oʻrni haqida yigʻilganlar bilan suhbatlashdilar.

Tashrif chogʻida mehmonlar maktablar kutubxonalariga bir qancha qiziqarli kitoblar hamda televizor sovgʻa qildilar.

Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019