16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:10
Jamiyat 👁 3,613

Navroʻz – qadimiy va boqiy bayram

Navroʻz – qadimiy va boqiy bayram

Navroʻz bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovati, koʻp ming yillik qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasidir.

I. Karimov.

Qishning izgʻirin va ayozli kunlari tugab, barchamiz intiq  boʻlib kutayotgan  fasllarning kelinchagi boʻlgan bahor fasli oʻzining  oʻzgacha ifori va mayin shabadasi bilan dillarni xushnud aylab, yurtimizga tashrif buyurdi. Musaffo osmonimizda charaqlab turgan va iliq taftini beminnat ulashayotgan oftob ham biz uchun yanada koʻproq nur socha boshladi. Bahor fasli oʻzining maftunkor bayramlarga boyligi bilan ham goʻzaldir. Nafosatga boy xalqaro xotin-qizlar kuni bahorning ilk ayyomi. Navroʻz esa oʻzida qadimiy anʼana va urf-odatlarimiz, mehr-oqibat va saxovat kabi yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etishi bilan ajralib turadi. Bir necha ming yillik tarixga ega ushbu bayram ajdodlarimiz tomonidan sharqona "Yangi yil” sifatida keng nishonlanib kelingan. Dehqonchilik mavsumining boshlanishi Navroʻz shodiyonalarida oʻz ifodasini topgan. Shuning uchun ham asrlar osha bu bayram boqiy qadriyat, milliy marosim sifatida yashab kelmoqda.

Koʻp asrlar davomida xurofotga berilgan kimsalar Sharq xalqlarining umumiy bayrami Navroʻzni yoʻq qilib, halok qilib yuborishga harakat qildilar. Ammo Navroʻz barhayotligicha qolaverdi, qayta tirilaverdi. Ota-bobolarimiz har qanday sharoitda ham , hatto yashirincha boʻlsa-da, Navroʻzni nishonlaganlar, bayramga xos udumlarni ado etganlar. Navroʻz bayrami aslida tabiatning oʻzidan kelib chiqqan, kun va tun tenglashgach, kunlarning uzayishi va uzluksiz mehnat boshlanishidan darak beruvchi bayramdir. Navroʻz soʻzi  forscha "Nav – yangi, roʻz – kun” yaʼni "Yangi kun” maʼnosini bildiradi. Navroʻzning yangi kun deb atalishi ham bejiz emas. Bu kuni, yaʼni 21-mart kuni kun va tun tenglashib, kunlar uzayadi va Ona tabiat oʻz mehr-muruvvatini namoyon etadi. Dehqonlar yerga qoʻsh solishadi. Oʻtgan ajdodlar ruhi yod qilinib, ularning mozorlari obodonlashtiriladi. Ommaviy ravishda mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqaziladi.

Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar oʻtkazishgan. Navroʻz bayramiga atab ajdodlarimiz maxsus kiyimlar tayyorlashgan va ularni kiyib bayram qilishgan. Bu qadimiy, anʼanaviy Yangi yil bayramimiz haqida ulugʻ bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida, Mahmud Qoshgʻariy "Devonu lugʻotit-turk” asarida qiziqarli maʼlumotlar yozib qoldirganlar. Yuqoridagi asarlarda bayon etilishicha, Navroʻzni bayram sifatida nishonlash miloddan avvalgi VI – V asrlarda boshlangan.

Qadimda Navroʻz bayrami bir hafta yoki oʻn kun nishonlangan. Barcha yigit-qizlar Navroʻz bayrami haftaligida turli ommaviy oʻyinlar oʻynaganlar. Ot oʻyin, chullik, lapar aytishuv, ip oʻyinlari,varrak uchirish kabilar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, koʻpkari-uloq, kurash, turli hayvon va parrandalar "jang”lari, xalq oʻyinlari oʻtkazilgan.

Navroʻz bayramida oʻziga xos milliy taomlar tayyorlanadi. Shulardan eng totlisi, bayram koʻrkiga yanada koʻrk qoʻshuvchi taom bu – sumalak boʻlib, u ilk koʻklam darakchisi, baraka, hosildorlik, toʻkin-sochinlik, ahil-lik, tan-sihatlik va ezgulik timsolidir. Sumalak haqida juda koʻp afsonalar mavjud. Barcha afsonalarning tub mazmun-mohiyatida umumiylik mujassam. Afsonalar mazmunida bolalarini ochlikdan qutqarish maqsadida chora izlagan Ona koʻkatlardan taom pishirishga intiladi. Barcha mahsulotlarni qozonga solib qaynatib, bolalarini ovutadi va uxlab qoladi. Kechasi farishtalar yordamga keladi. Tongda taomga ilohiy taʼm kiradi. Natijada bu taom bolalarni oʻlimdan saqlab qoladi. Shuning uchun sumalak soʻzi "yetti malak” maʼnosini bildiradi. Bu ilohiy taom hozirgi kunda ham Navroʻz ayyomining tansiq taomlaridan biri boʻlib kelmoqda. Sumalak tayyorlashdan oldin yoshi ulugʻ kishilarning duolari olinadi. Ota-bobolarning ruhlarini shod etish uchun "Qurʼon” tilovat qilinadi. Sumalak pishirish jarayonida qoʻni-qoʻshnilarning ahil-inoqligi, hamjihatlik va birdamliligi mustahkamlanadi. Nafaqat, sumalak pishirishda, balki Navroʻz boshlanishi bilan barcha gina-kuduratlar unutilib, turli sayillar oʻtkaziladi.

Bugungi kunga kelib, Prezidentimiz Islom Karimovning milliy oʻzlikni anglash, maʼnaviy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan yuksak eʼtibori tufayli Navroʻz yurtimizda umumxalq bayrami deb eʼlon qilindi va har yili anʼanaviy tarzda keng nishonlanmoqda. 

Iroda IBODULLAYeVA,

NDPI talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026