16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:47
Fan va taʼlim 👁 396

REPETITORGA EHTIYoJ KAMAYaDI(MI?..)

REPETITORGA EHTIYoJ KAMAYaDI(MI?..)

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining 2019-yil 28-dekabrdagi 405-sonli buyrugʻiga asosan 2019-2020 oʻquv yilining  3-choragidan boshlab umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflarida fanlar ixtiyoriy tanlov asosida oʻqitilmoqda.

Mazkur loyiha 2019-2020 oʻqish yili yakuniga qadar tajriba-sinov tariqasida oʻtkazilib, agar ijobiy natija bersa, kelgusida toʻliq amaliyotga joriy etiladi. Yangi tizim oʻquvchilarga maktabning oʻzida oliy oʻquv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanishi uchun imkoniyat yaratib, repetitorga ehtiyojni kamaytiradi.
Sir emaski, hozirgi kunda tumanimizda turli fanlardan repetitorlik kurslari tashkil qilingan boʻlib, ularda bir fandan tayyorgarlik koʻrish uchun narxi oyiga har oʻquvchiga oʻrtacha 100-120 ming soʻmdan toʻgʻri kelmoqda.

Yuqoridagi loyiha asosida oʻquvchilar fanlarni ixtiyoriy tanlov asosida oʻqib-oʻrgansalar, oʻquvchilarning ham vaqti tejalib, ota-onalar repetitorga sarflayotgan mablagʻlarini boshqa foydali yoʻnalishlarga sarflashi uchun imkon yaratiladi.

Taʼkidlash joizki, yangilikning joriy qilinishi ixtiyoriy boʻlib, maktabda tanlov sinfini tashkil etishda shu fanlardan yuqori malakali, tajribali oʻqituvchilarning mavjudligi inobatga olinadi. Tanlov-sinfi yoʻnalishi 10-11-sinflar kesimida, oʻquvchilar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish orqali aniqlanadi. Bunda 1 nafar oʻquvchi faqat bitta yoʻnalishni tanlashi yoki tanlov sinflari quyidagi 5 ta yoʻnalishda tashkil etilishi mumkin: xorijiy til, iqtisod, texnologiya, tabiiy fanlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladi.

Bizning 64-sonli umumtaʼlim maktabimiz oʻquvchilaridan olingan soʻrovnoma natijalariga koʻra, ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishida 10-sinfdan har biri 25 oʻquvchidan iborat bitta, 11-sinfdan bitta, jami 2 ta tanlov sinfi tashkil etilib, dars mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda. Dars mashgʻulotlarida nafaqat tavsiya qilingan darsliklardan, balki qoʻshimcha manbalardan ham foydalanilmoqda. Maktabdagi  kompyuter sinfi bepul internet tarmogʻiga ulangan boʻlib, tanlov sinfi oʻquvchilari darsdan keyin Davlat test markazining “Onlayn test” tizimi orqali ona tili, matematika, Oʻzbekiston tarixi kabi oliy oʻquv yurtiga kirish imtihonlari uchun majburiy boʻlgan fanlardan test savollari yechib, tayyorgarlik koʻrishmoqda.

Mazkur yangilik koʻpchilik uchun ayni muddao boʻldi. Ammo uning maktablarda qanday tashkil etilishi va sifati qay darajada boʻlishini oliy hakam, vaqt koʻrsatadi.

Oybek QURBONOV,
64-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019