16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:28
Adabiyot 👁 641

NAVOIY QALBLARDA MANGU YaShAYDI

NAVOIY QALBLARDA MANGU YaShAYDI

Ayni kunlarda tumanimizdagi oʻquv muassasalarida gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi keng nishonlanmoqda. Boʻlib oʻtayotgan tadbirlarda Navoiy asarlarining umumjahon miqyosidagi ahamiyati, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish borasidagi beqiyos katta oʻrni haqida maʼnaviy-maʼrifiy maʼruzalar oʻqilib, suhbatlar tashkil etilmoqda.

Mir Alisher Navoiy bobomizning maʼnaviyatga toʻla ijodini oʻrganish va targʻib qilish orqali yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 38-sonli umumtaʼlim maktabida ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

“Navoiy qalblarda mangu yashaydi” deb nomlangan adabiy-badiiy kechada oʻquvchi-yoshlar oʻzlarining Navoiy asarlarini nechogʻlik bilishlarini amalda namoyon etishdi.

Ulugʻ bobokalonimiz Alisher Navoiy oʻzbek mumtoz adabiyotining tengsiz namoyondasi sifatida yuksak ehtiromga sazovor boʻlgan inson. Darhaqiqat, oʻzbek tili va adabiyotini Alisher Navoiysiz tasavvur qilish qiyin. Nafaqat oʻzbek adabiyoti balki turkiy xalqlar adabiyoti Alisher Navoiy bobomizning ijodi bilan bevosita bogʻliqdir. Sheʼriyat mulkining sultoni hazrat Navoiy tarixda nomlari oltin harflar bilan yozib qoʻyilgan shoir va olimlar sirasiga kirib, u zotning yozgan asarlari ham dunyo adabiyotida shoh asarlar qatoridan oʻrin olgan. Hazratning purmaʼno sheʼr va gʻazallarida ilohiy ishq, halollik, poklik, rostgoʻylik, insoniy ulugʻ fazilatlar, insonparvarlik, diyonatlilik, saxiylik, kamtarinlik, muloyimlik va hokazo insoniyat uchun qancha manfaatlar boʻlsa, barchasi asarlarda oʻz aksini topgan.

Maktabning oʻzbek tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Muharram Sobirova mazkur adabiy-badiiy kechada Alisher Navoiy haqidagi maʼruzasida mana shu maʼlumotlarni keltirib oʻtdi. Oʻquvchilar ham hazrat Navoiy ijodidan namunalar, yaʼni gʻazallar va ruboiylarni ifodali yod aytib berdilar. Navoiy yaratgan “Xamsa” asarining dunyo xalqlari qalbida hamon  ham havas, ham hayrat uygʻotayotgani, “Xazoyin ul-maʼoniy”, “Muhokamat ul-lugʻatayn”, “Mahbub ul-qulub” kabi asarlari, ayniqsa, “Hayrat ul-abror” dostonidagi falsafiy fikrlari har bir inson uchun eng qimmatli hayotiy saboqlar berishi haqida toʻlqinlanib soʻzladilar.
Kecha davomida bobokalonimiz yashagan davr ruhi aks ettirilgan sahna koʻrinishlarini ham namoyish etishdi. Sahna koʻrinishlari va kecha ishtirokchilari tomonidan ijro etilgan gʻazal va ruboiylar barchaga juda manzur boʻldi.

Boʻlib oʻtgan adabiy-badiiy kecha oʻquvchi-yoshlar qalbida ulugʻ mutafakkir asarlarini yanada puxta, mukammal oʻrganish istagini  va buyuk ajdodimiz maʼnaviy merosiga cheksiz mehr uygʻotdi. Shu bilan birga millat maʼnaviyatining porloq quyoshi Mir Alisher Navoiy haqida oʻz bilimlarini yanada boyitishdi.

Muyassar XALILLAYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026