16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Adabiyot 👁 469

NAVOIY IZDOShLARI NAVOIY ASARLARINI OʻRGANMOQDALAR

NAVOIY IZDOShLARI NAVOIY ASARLARINI OʻRGANMOQDALAR

Umumtaʼlim maktablarida boʻlib oʻtayotgan Navoiyxonlik kechalari oʻquvchi-yoshlar qalbida Navoiy dahosiga cheksiz hurmat va ehtirom tuygʻularini uygʻotib, mumtoz adabiyotimizdan yanada katta bahra olishlariga imkoniyat yaratmoqda.

Ulugʻ shoir, buyuk davlat va jamoat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar 64-sonli umumtaʼlim maktabining nafaqat yuqori sinflari, balki quyi sinf oʻquvchilari tomonidan ham tashkillashtirilayotgani eʼtiborga loyiq.

Maktabning 8-“V”sinf oʻquvchilari tomonidan oʻzbek tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Hulkar Yarasheva rahbarligida “Biz Navoiy izdoshimiz” mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Unda oʻquvchilar Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi jonli lavhalar namoyish etishdi. Navoiy va Guli monologi oʻqilganida goʻyo hamma xayolan Navoiy zamonasiga qaytganday, qalblarni muhabbat va sadoqat tuygʻulari bezadi. Husayn Boyqaro va Navoiyning doʻstona munosabatlari, Farhod va Shirinning jahoniy muhabbati aks ettirilgan sahna koʻrinishlari, buyuk hukmdor Husayn Boyqaro bilan buyuk shoir Navoiyning oʻzaro suhbatlari asosidagi adabiy kompozitsiyalar barchada biri-biridan goʻzal taassurotlar uygʻotdi.

 Adabiy-musiqiy kechada oʻquvchi-yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, ajib ohanglarda yangragan Navoiy gʻazallari kechaga yanada fayz-tarovat bagʻishladi.
Shuningdek, maktabning 3-“A”sinf oʻquvchilari tomonidan boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Mohira Safarboyeva rahbarligida tayyorlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bagʻishlandi. “Navoiy asarlarini oʻrganamiz” mavzusida oʻtkazilgan mazkur tadbirda Durdonaxon Baxtiyorova hamda Qudrat Bozorboyevlar boshlovchilik qildilar.

Shunisi eʼtiborga molikki, boshlangʻich sinf oʻquvchilari boʻlishlariga qaramay, 3-”A”sinf oʻquvchilari oʻzlarining Navoiy asarlarini oʻrganishga ishtiyoqi baland ekanliklarini namoyon etishdi. Mohira Safarboyeva rahbarligida ushbu sinf oʻquvchilari Navoiyning “Xamsa” asari haqidagi zarur maʼlumotlarga ega boʻlishganini asardan yodlagan parchalar, Alisher Navoiy asarlarida qoʻllangan hikmatli iboralar, shoir gʻazallari, ruboiy va tuyuqlarini yod aytib berish orqali koʻrsatib berishdi.

Bolajonlar yosh boʻlishlariga qaramay, Navoiy asarlarini sevib mutolaa qilishlarida, asar tilini tushunib, oʻzlashtirishlarida sinf rahbari Mohira Safarboyevaning xizmati katta. U oʻquvchilarni mazkur tadbirga tayyorlashda Navoiy asarlarining tili, mazmun-mohiyati  xususida oʻquvchilar bilan alohida shugʻullangani bois, bolalar shoir gʻazallari, muxammaslari, ruboiy va tuyuqlari xususida toʻliq maʼlumotga ega boʻldilar.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir bolalarning ona Vatanga muhabbat, oʻzaro mehr-oqibat tuygʻulari tarannum etilgan kuy-qoʻshiqlari joʻrligida yanada fayzli oʻtdi.

Maktabda Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan oʻtkazilgan ushbu tadbirlar oʻquvchilarga juda manzur boʻldi.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019