16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 21:13
Fan va taʼlim 👁 2,665

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYaLAR – OʻYINChOQ EMAS

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYaLAR – OʻYINChOQ EMAS

XXI asrni biz, zamonaviy texnologiyalar asri deymiz. Zamonaviy texnologiyalarning kundan-kunga rivojlanib, ijtimoiy hayotimizda oʻrni ortib bormoqda. Kundalik turmushimizdagi har xil sohalarni va turli jabhalarni kuzatar ekanmiz, texnologiyalarning salbiy taʼsiri haqida gapirmasdan ilojimiz yoʻq. Jumladan, kampyuter, internet kirib bormagan oʻquv muassasalarini uchratishimiz mushkul. Albatta, hozirgi yosh avlodning kompyuter, internet malumotlaridan foydalanishi katta yutuq. Afsuski, «Tanganing ikki tarafi boʻladi» deyilganidek, kompyuter tarmoqlaridan turli xildagi maqsadlarda foydalanayotgan shaxslarni uchratib turamiz. Bunga misol tariqasida hozirgi kunda har qadamda koʻrishimiz mumkin boʻlgan va faol ish olib borayotgan kompyuter klublarini koʻrsatib oʻtmoqchiman. 11-12 yoshlardagi maktab oʻquvchilarini oʻqishdan chalgʻitib, bilim olishga boʻlgan qiziqishini susaytirib yuboruvchi bunday klublar bugungi kunda oʻquvchilarimizning sevimli maskaniga aylanib ulgurgan. Bunday kompyuter klublarida yoshlarimizning psixologiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi turli xildagi oʻyinlar koʻplab topiladi.

Kompyuter klubi - oʻyin zali boʻlib, foydalanuvchilar bu yerda turli oʻyinlar oʻynashdan tashqari, klip yoki film tomosha qilishi mumkin.

Hozirgi kunda maktab oʻquvchilari darsdan keyin tezroq uyiga yoki turli toʻgaraklarga borishga emas, kompyuter klublariga borishga oshiqishadi. Achinarlisi shundaki, ular tajang va beparvo boʻlib, bilim olishni esdan chiqarayotganini, ota-onalari tushlik va yoʻl kira uchun berayotgan pullarini havoga sovurayotganini anglab yetishmaydi. Anglab yetganda esa kech boʻlishi mumkin. Bunday noxush holatlar kelib chiqishiga aybdor kim? Hali juda yosh boʻlgan oʻquvchi-yoshlarimizning zamonaviy texnologiyalardan faqat "oʻyinchoq” sifatida foydalanayotganining sababi nimada?

Bunday vaziyatda, eng avvalo, ota-onalar oʻz farzandiga yosh paytidan katta etibor qaratishi va ular bilan koʻproq ishlashib, hayotga har tomonlama tayyorlab borishi lozim. Oʻqituvchilar oʻquvchilarga kompyuterlarni faqat oʻyin uchun emas, undan oʻzlarimiz uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olishimiz hamda turli elektron dasturlardan tez va samarali foydalanishimizni tushuntirib oʻtishlari kerak.

Bugungi kunda Oʻzbekiston yoshlari bundan 15-20-yil oldingi yoshlardan keskin farq qiladi – bilimi, intellektual salohiyati, mantiqiy fikr yurita olish qobiliyati sezilarli darajada oshgan. Ular mobil telefon, planshet, televizor yoki noutbuklarning istalgan funktsiyasidan foydalanishni tezda oʻzlashtirib olmoqdalar. Bunday rivojlanish va farovonlik darajasi yuksalib borayotgan Oʻzbekistonda yurtdoshlarimiz shaxsiy kompyuter, noutbuk, smartfon va planshetlarga ega boʻlishiga qaramasdan, kompyuter klublari ham tobora ommalashib bormoqda. Aksariyat kompyuter klublari qorongʻi binolarda joylashgan boʻlib, oʻyinlar qahramonlarining tasvirlari bilan bezatilgan boʻladi. Bunday muhitda esa yoshlarimiz oʻzini xuddi shu oʻyin ishtirokchisidek sezadi va oʻyinga "shoʻngʻib” ketgan bola turli psixologik holatlarga tushadi.Psixologlarning taʼkidlashlaricha, bularning barchasi inson, ayniqsa, yoshlarning ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Xulosa shuki, aziz tengdoshlar, zamonaviy texnologiyalarni faqat oʻyinchoq uchun emas, biz, oʻzlarimizga foydali boʻlgan ishlar uchun ishlataylik. Turli yoshdagi maktab oʻquvchilarining kompyuter klublariga emas, kutubxonalarga qiziqishini oshiraylik.

Shu oʻrinda Prezidentimiz I.A. Karimov "Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asarida: "Tabiiyki, "ommaviy axborot” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zoʻravonlik, individualizm, egotsentrizm gʻoyalarini tarqatish, kerak boʻlsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik anʼana va qadriyatlari, turmush tarzining maʼnaviy negizlariga bepisandlik, ularni qoʻporishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qoʻymaydi. Shuning uchun yaqin koʻmakchimizga aylangan zamonaviy texnologiyalardan foydalanganda ularning salbiy taʼsirini esdan chiqarmaslik lozim. Zero, hamisha ogoh, oʻzini-oʻzi boshqara oladigan va meʼyorni biladigan inson hayotda hech qachon qoqilmaydi”, deb taʼkidlab oʻtgan. Shunday ekan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanganimizda uning salbiy va ijobiy tomonlarini hisobga olishimiz zarur va iloji boricha ijobiy tomonlaridan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir.

Inobat Ibodullayeva,

NDPI talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026