16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:45
Adabiyot 👁 2,950

RUHIYaT MANBAI

RUHIYaT MANBAI

Kuy avjida uzilmasin tor,

Sheʼr yarmida sinmasin qalam.

Yashab boʻlmay umrini zinhor,

Bu dunyodan ketmasin odam.

Kuy avjida uzildi, sheʼr yarmida sindi-ku qalam. Dunyoga kelmay qoldi qancha-qancha sheʼrlar. Qoʻshiqqa aylanmadi satrlar. Xuddi oʻzbek sheʼriyatining chinori qulagandek boʻldi. Dillar ashʼorsiz, bogʻlar bulbulsiz, qoʻllar qalamsiz qolgandek goʻyo. Yillar oʻtdi, vaqt oʻtdi. Shoir har doim qalblarda barhayot.

Shoir hayotligida lolaqizgʻaldoqqa "Qabrim uzra hilpirab tur”, - deya iltijo qilgan edi. Uning sheʼrlari, bayotlari koʻngil gulshanida lolaqizgʻaldoqdek yashnab turibdi. Bu lolaqizgʻaldoqdan koʻngillar malham topgay, yuraklar sirdosh topgay, hayotdan izlaganingizni topa olmaganingizda, nolishga taraddudlanganingizda yoningizdagi baxtni his qildirish uchun shu satrlar tilingizda aylanishi tabiiy:

Biz baxtli boʻlamiz,

Xudo xohlasa.

Xudo xohlamasa

Uchrasharmidik.

Uchrashish, birinchi nigoh bu baxtli boʻlish uchun ishora ekanligini, siz sezmagan holda baxtli ekanligingizni his qilasiz.

Unchalik tashbih va istioralar koʻzga tashlanavermaydigan Muhammad Yusuf sheʼrlari sogʻingan onangizni, soʻlim qishlogʻingizni, birinchi yutuqlaringizni esga solish bilan birga kelajak haqida mushohada yuritishga undaydi.

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,

Ajin tushsin, yuzlariga dogʻ tushsin.

Har kimning ham quvvat ketib belidan,

Qoʻllariga aso - bir tayoq tushsin.

Imoni sof, yuzga kirib yorugʻ yuz,

Toʻylar koʻrib yelkasidan togʻ tushsin.

Va jismiga soʻnggi safar oldidan

Oʻz bolasi qoʻlidan tuproq tushsin.

Bu qanday tilakki, baxtning oʻzginasi. Shoir sizga uzundan-uzoq tilak tilamayapti. Bor-yoʻgʻi inson dunyoda yorugʻ yuz bilan yashashi, farzandlar kamolini koʻrishni tilayapti. Oʻlim ham baxtdek goʻyo. Farzandlar qoʻlidan jismiga tuproq tushish baxti, yuzlariga ajin tushishi, qoʻliga bir asso-tayoq tushishi ham bir baxt ekanligini his qilasiz va siz shirin tashvishlar, orzular, shukronalar olamida qolasiz. Axir kuy avjida uzilayotgan torlar ozmi? Yashab boʻlmay ketayotgan umrlar ozmi? Keksalik ham bir baxt ekanligini sezasiz. Shoir sheʼrlari sizni ana shunday andishalar asosida tarbiyalaydi. Har bir satri boʻgʻzingizda turgan soʻzdek jaranglaydi.

Shoir oʻz sheʼrlarida Vatan, xalq taqdirini kuylar ekan, unga qoʻshilib goh tarix varaqlarini, goh kelajak sahifalarini, varaqlaysiz. Shuning uchun ham shoir sheʼrlarini ruhiyat manbai deb atagingiz keladi. U sizning ruhiyatingizni boyitadi. Hayotga teranroq boqa boshlaysiz. Yaqinlaringiz, onangiz, farzandlaringiz haqida, Vatan oldidagi farzandlik burchingiz haqida bir zum oʻyga tolasiz. Sizni lolaqizgʻaldoqday sehrlab turgan satrlarni qanday oʻqimasligingiz, ohanglarga quloq bermasligingiz mumkin! Muhammad Yusuf sheʼrlari ana shunday betakror va samimiy.

Baxt

Rayhon hidlarini yoʻllarga sepdi.

Atirgul isini tuymoqda yurak.

Sizga bir tabassum hadya etgan yor

Bugun bashariyatga aytmoqda "Tilak”.

Oʻsha siz qoʻmsagan, oʻsha siz sevgan

Kipriklari uzun kokillaridan,

Baytlaringiz oʻqir kutib har oqshom,

Nur tomib lablari sohillaridan.

Koʻngil gulshanida "lolaqizgʻaldoq”

Aylangan muhabbat, baxt timsoliga.

"Xavotir” neligin bilmaydi aslo,

Shukronalar aytib "Koʻklamoyiga”.

Rayhon hidlarini sepib turibdi,

Atirgul isidan mast bugun yurak.

Guloyim BEGJONOVA,

11-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026