16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:34
Jamiyat 👁 264

Yaxshilik va yashillik bayrami Xush kelibsan oʻlkamga, Navroʻz!

Yaxshilik va yashillik bayrami Xush kelibsan oʻlkamga, Navroʻz!

Qadriyat – bamisoli millatning oʻziga xosligini aks yettiruvchi koʻzgudir. Dunyodagi biror bir xalq toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlmoqchi boʻlsangiz oʻsha elatning urf-odat va anʼanalarini kuzatish kerak.

Xalqimizning azaliy bayramlari, anʼanalari insonlarning oʻzaro munosabatlaridagi umumbashariy qadriyatlarni, yuksak fazilatlarni oʻzida mujassam etadi. Ana shunday barhayot va bardavom anʼanalardan biri – yasharish va yangilanish ayyomi boʻlgan Navroʻz bayramidir. Navroʻz – inson bilan tabiatning uygʻunligi, hayotning davomiyligi, ulkan saxovat, mehr-shafqat, necha asrlik milliy anʼanalarimiz, sururbaxsh urf-odatlarimizning mislsiz ifodasi sifatida yurtimizda keng nishonlanadi.
 Sharq xalqlarida sharq kalendari boʻyicha yangi yilning birinchi kuni sifatida nishonlanadigan bu bayram haqida Oʻrta Osiyolik buyuk alloma, tarixchi va filolog olim Abu Payhon Beruniy oʻzining 27 yoshida yozib qoldirgan “Oʻtmish avlodlardan qolgan esdaliklar” asarida ham alohida taʼkidlab oʻtadi. Xalq bu kuni saylga chiqqan, “yangi kun” bilan bir-birini qutlaydi.

Bu bayramda qozoq, qoraqalpoq, noʻgʻay xalqlarida tansiq taom “Navroʻz goʻja” tayyorlashgan. Oʻzbek xalqida azaldan benazir, totli taom sumalak va halimlar pishirilib, yaqinlarga, qoʻni-qoʻshnilarga tarqatilgan. Aytishlaricha, “Sumalak-oʻttizmalak” afsonasiga koʻra bir yilda bir marta bu taomni toʻyib tanovul qilgan odam kasal boʻlmas emish. Buning maʼnosi shuki, qishdan omon chiqqan tanaga sumalak koʻp darmon boʻlgan. Shundan soʻng, bobo dehqon dalasiga, choʻpon bobo suruvi ortidan yaylovlarga chiqib ketgan.

 Navroʻz falsafasi shundan iboratki, u ilhom fasli. Ona tabiat oʻz goʻzalligini, husn-u tarovatini namoyish etadi. Diyorimiz yashil libosga burkanib, mevali daraxtlar oq, pushti boʻlib gullaydi. Bu manzara kelajakda yaxshilikka, totuvlikka, halol mehnatga umid bogʻlagan insonlarning qalbiga betakror goʻzallik, zavq-shavq olib kiradi.

Muxtasar qilib aytadigan boʻlsak, xalqimizning milliy gʻururi boʻlgan Navroʻz ayyomi elimizning bir tan, bir jon boʻlib dehqonchilik, chorvachilik, ishlab chiqarish, ilm-fan va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda, dunyoda oʻz mavqeiga ega boʻlgan davlat barpo etishda yuksak marralarini egallashiga kuch bagʻishlaydi. Qolaversa, yuksak insoniy fazilatlarni ulugʻlovchi, milliy va azaliy anʼanalar bilan sugʻorilgan bunday bayramlarning tashkil etilishi kelajak avlodni oʻz Vataniga, ona xalqiga, ota-onasiga sodiq farzand, munosib vorislar etib tarbiyalashda ulkan ahamiyat kasb etadi.

Muyassar Sitboyeva,
39-sonli maktabning qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026