20.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
20.10.2026, 15:26
Maqolalar 👁 387

OʻZBEKISTON FARZANDI EKANLIGIMDAN FAXRLANAMAN,deydi Pak Vladimir Aleksandrovich

OʻZBEKISTON FARZANDI EKANLIGIMDAN FAXRLANAMAN,deydi Pak Vladimir Aleksandrovich

Bu roʻyi zaminda turfa millatlar, turfa el va elatlar bor. Dunyoning qay bir joyida oq tanli qora tanlini irqiy jihatdan kamsitsa, qaydadir millatchilik nizolari tufayli insonlar biri-birini yanchib tashlashga tayyor. Ammo bizning  Oʻzbekistonda, ming shukurki, millatlararo totuvlik tuygʻusi har bir qalbga, har bitta mahallaga, oilaga maʼnaviy kuch bagʻishlaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda salkam 140 ga yaqin millat vakillari ahil-inoq yashab, mehnat qilishadi.

Birgina bizning Amu elimizda 10 dan ortiq millat vakillari oʻrtasida xuddi tugʻishgan qarindoshlarday mehr-oqibat rishtalari bor. Mangʻit shahrining Navoiy nomli mahallasida yashovchi koreys millatiga mansub Pak Vladimir Aleksandrovich va uning rafiqasi Zoya Munlar oilasini koʻpchilik yaxshi tanishadi. Buning boisi bor, albatta. Chunki Vladimir uchun ham, Zoyaxonim uchun ham Mangʻit – kindik qoni tomgan tuproq, aziz Vatan. Ular ana shu muqaddas goʻshani dunyoning jamiki moddiyatlaridan ulugʻ tutib, mangʻitliklar bilan qon-qarindosh, doʻst boʻlib yashashdan maʼnaviy kuch oladilar.

– Ota-onam oʻzlarining bolalik davrlarini achchiq xotiralar bilan hikoya qilardilar, – deydi Pak Vladimir Aleksandrovich. – Chunki bobom va buvim qatagʻon qurbonlari boʻlishgan ekan. Barcha qarindoshlarimizni  sobiq SSSRning turli oʻlkalariga surgun qilishganlarida bobom bilan buvimning taqdiri Qozogʻiston Respublikasi bilan tutashgan va shu yurtdagi sargardonlik yillarida otam Pak Aleksandr dunyoga kelgan.

Vladimirning otasi ulgʻayib, taqdir taqozosi bilan oʻzi tengi koreys qizi Kim Lyudmila bilan  turmush qurishgan.

– Onam Kim Lyudmilani koʻpchilik tanirdi, – deydi Vladimir Aleksandrovich. – U umr boʻyi tibbiyot birlashmasida hisobchi vazifasida ishladi. Otam esa montyorlik kasbi bilan xalqimizga tanilgan juda mehnatkash inson edilar.

Rossiyaning Volgograd shahridagi telekommunikatsiya texnikumini tugatgan Vladimir Aleksandrovich hamisha el-yurt xizmatida. Umr yoʻldoshi Zoya Mun bilan ikki oʻgʻilni tarbiyalab, voyaga yetkazishmoqda. Katta oʻgʻli Andrey QDUning iqtisodiyot fakulteti talabasi, kichik oʻgʻli Aleksandr esa 30-sonli maktabning aʼlochi oʻquvchilaridan biri.

Vladimir Aleksandrovich bilan Zoyaxonimning oʻzlari hamisha hayotda amal qiladigan shiorlari bor:

– Insonning koʻngli toza, feʼli toʻgʻri boʻlsa, hech qachon, hech kimdan yomonlik koʻrmaydi, – deyishadi ular.

Haqiqatan ham bu xonadondan yaxshilarning aslo qadami uzilmaydi.  “Vision” kompaniyasining dileri sifatida koʻpchilikning ogʻirini yengil qilishga hamisha intilib turguvchi Zoya Mun hayit va bayramlarda gul-gul ochilib, xalq sayillariga chiqishni, mahalladoshlarini muborakbod etishni xush koʻradi.

– Navroʻz – juda ajoyib bayram, ayniqsa, sumalak sayillari zoʻr! – deydi Zoya Mun mamnuniyat bilan.

– Bundan ham zoʻri – yetti yoshdan yetmish yoshgacha, keksa-yu yosh birgalikda koʻchat ekishgani, – deydi Pak Vladimir Aleksandrovich. – Oʻzbek xalqining samimiyligi, mehr-oqibati, saxovatpeshaligi Navroʻzda yaqqol namoyon boʻladi. Ana shunday yurtni mening Vatanim, deyish naqadar baxt. Biz oilamiz bilan Oʻzbekistonga farzand ekanligimizdan, oilamiz ana shu buyuk Vatan ichra kichik bir Vatan – farovon, obod, tinch goʻsha ekanligidan hamisha faxrlanamiz! Barcha yurtdoshlarimizni Navroʻzi olam bilan chin dildan muborakbod etaman. Mamlakatimizda DOʻSTLIK TINChLIK, TOTUVLIK, MUSTAQILLIK MANGU BARQAROR boʻlsin.

Robiya YOʻLDOShEVA
 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026