16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:47
Qishloq xoʻjaligi 👁 407

ONA ZAMIN – RIZQ-ROʻZIMIZ MANBAI

ONA ZAMIN – RIZQ-ROʻZIMIZ MANBAI

Tumanimizda aholi bandligi va daromadlari oʻsishini taʼminlaydigan sohalardan biri – bu shubhasiz, qishloq xoʻjaligidir. Qadim-qadimdan ota-bobolarimiz ne bir mashaqqatlar evaziga tilsiz zamin bagʻridan rizqini undirib kelgan. Amu sohilida yastangan tumanimiz ekin maydonlari bugungi kunga kelib, qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan nainki aholini, balki, Respublikamiz bozorlari moʻl-koʻlligini ham taʼminlaydigan, totli mevalari, poliz mahsulotlari, sabzavotlari xorijga  ham eksport qilinadigan hududga aylandi.

Xoʻsh, joriy yilda tumanimiz fermerlari, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining rejalari qanday? Bu savolimizga tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi  Ilhom Polvonov shunday javob berdi:

– Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30-yanvarda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 53-sonli Qarori, tuman hokimining shu xususidagi 2020-yil 7-fevral kungi qaroriga asosan 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida bahorgi, oʻrtagi (takroriy) qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish koʻrsatkichlari hamda ekinlardan yetishtiriladigan qishloq  xoʻjaligi mahsulotlarining prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Tumanimizda jami 32570 nafar tomorqa yer egalarining 5217,3 gektar ekin maydonlari mavjud.

Bahor mavsumida 158 gektar yerga sabzi, 180,5 gektar yerga piyoz, 15,8 gektar yerga sarimsoq piyoz, 225,6 gektar yerga bodring, 169,2 gektar yerga koʻkatlar, 694,3 gektar yerga kartoshka, 477,3 gektar yerga poliz ekinlari, 631,8 gektar yerga pomidor ekinlarini ekish va moʻl hosil olish uchun qizgʻin harakat boshlanib ketdi. Shu yerlardan 69546,1 tonna hosil olinishi, olingan hosilning 59114,2 tonnasi ichki bozorlarda sotilishi rejalashtirilgan.

Takroriy ekinlar qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishning muhim manbalaridan ekanligi hisobga olinib, takroriy ekin sifatida 71,1 gektar yerga sabzi, 95,9 gektar yerga bodring, 224,3 gektar yerga koʻkatlar, 318,3 gektar yerga kartoshka, 240 gektar yerga poliz ekinlari, 119,9 gektar yerga pomidor, 981,8 gektar yerga boshqa ekinlar ekilishi koʻzda tutilmoqda.

Ayni kunlarda tumanimiz boʻyicha 5,4 gektar yer maydonida 450 ta ixcham issiqxonalar tashkil qilinib, ertagi ekinlar koʻchatlari yetishtirilayapti. Bu koʻchatlar kunlar isishi bilan ochiq dalalarga koʻchirib oʻtqaziladi va moʻl hosil yetishtirish choralari koʻriladi.

Shuningdek, 2020-yil hosili  uchun oʻtgan yilning avgust-sentyabr oylarida aholi tomorqalarining 878 gektar yeriga piyoz, sarimsoq piyoz, 233 gektar yeriga esa kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan edi. Ushbu maydonlardagi ekinlarni parvarishlash ishlari olib borilayapti, sugʻorib, oziqlantirilib, moʻl hosil olish choralari koʻrilayapti.

Tumanda “Amudaryo tomorqa xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tomorqa  yer egalarining ekin maydonlariga motokultivatorlar orqali va kimyoviy ishlov berish, shuningdek, mineral oʻgʻitlar, urugʻlar, mevali daraxtlar koʻchatlarini yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi.

Koʻrilayotgan chora-tadbirlarning barchasi xalqimizning moʻl-koʻl va xavfsiz oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlanishiga, dasturxoni toʻkin-sochin boʻlishiga qaratilgan.

Zamonaviy ilm-fan yutuqlari keng joriy etilayotgan mazkur sohada mamlakatimiz aholisining koʻpchilik qismi mashgʻul ekanligi eʼtiborga molik. Ha, ona zamin rizq-roʻzimiz manbai.
 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026