16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:09
Qishloq xoʻjaligi 👁 435

TOʻLQINLIKLAP KAPANTIN DAVPINI TOMOPQASIDA, QIZGʻIN MEHNAT JAPAYoNIDA OʻTKAZIShMOQDA

TOʻLQINLIKLAP KAPANTIN DAVPINI TOMOPQASIDA, QIZGʻIN MEHNAT JAPAYoNIDA OʻTKAZIShMOQDA

Toʻlqin ovuli tumanimizning yeri eng unumdor, odamlari mehnatkash, tilsiz zamin bagʻridan moʻl-koʻl hosil olishda koʻpchilikka ibrat boʻlgulik omilkorlar yashaydigan hududidir.

Qadim Amudaryo sohilida joylashgan ovul aholisi oʻz tomorqalarini haqiqiy daromad manbaiga aylantirishgan. Bu yerda tomorqa, chorva, parrandasi yoʻq xonadonning oʻzi yoʻq. Hozirgi kunda hududda 1360 ta xonadonda 7660 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning tomorqa yerlari 270 gektarni tashkil qiladi. Shu kungacha mazkur maydonlarning ertagi ekinlar ekiladigan qismiga kartoshka, piyoz, beda kabi ekinlar ekib boʻlinib, ayrimlari unib chiqa boshladi.

Ovulda tomorqasida issiqxona tashkil etib, qishda ham sarxil sabzavotlar yetishtirib, bozorlarimiz toʻkinligiga hissa qoʻshayotgan oilalar bor. Issiqxonalarda ertagi ekinlar koʻchatlarini yetishtirib, oʻz tomorqasiga koʻchirishdan tashqari, ovuldoshlarining ham tomorqalariga zarur koʻchatlarni yetkazib berayotganlar koʻpchilik.

Jami 19 ta issiqxonalarda yetishtirilgan ertagi karam, bulgʻor qalampiri, pomidor, bodring, baqlajon koʻchatlarini ochiq tomorqa yerlarga ekish ishlari boshlanib ketdi.

Hayitboy Yoʻldoshevning 16 sotixlik tomorqasi oilasini sabzavot, poliz mahsulotlari va mevalar bilan taʼminlabgina qolmay, qoʻshimcha daromad ham keltiradi. Uning oila aʼzolari koʻmagida ekkan ertagi piyoz, kartoshkalari unib chiqa boshladi, ertagi karam, qulupnay koʻchatlari rivoji yaxshi. Shuningdek, oʻtgan yilning kuzida ekilgan sarimsoqpiyoz barglari hozir isteʼmolga yarab qoldi.

Izlagan imkon topadi, deydi xalqimiz. Yurtimizga tarqalgan koronavirus  infektsiyasiga qarshi kurash kun sayin avj olib, shifokorlar uchun gʻoyat masʼuliyatli davrlar kechayotgan boʻlsa-da, shifokor Baxtiyor Muxtorov “Har bir oila – tadbirkor” dastur asosida kredit olib tashkil etgan issiqxonasidagi ishlarini ham oʻz holiga tashlab qoʻymadi. Hozir uning issiqxonasida ekilgan bodring, pomidorlar gullab, hosil  tugayotgan boʻlsa, karam, pomidor, bulgʻor qalampiri, qovun, tarvuz, handalak, baqlajon koʻchatlari ochiq maydonga koʻchirib oʻtqazishga tayyor boʻldi. Ovuldoshlari bu koʻchatlarni yaxshi niyatlar bilan sotib olib, tomorqasiga oʻtqazishmoqda. Issiqxonadagi ishlarda turmush oʻrtogʻi Nigora Shukurlayeva, qizi Nasibalar yaqin koʻmakchi.

Farhod Otajonov ham ovuldagi tomorqasini moʻl daromad manbai deya hisoblaydigan, yerning tilini biladigan insonlarning biri.

Uning 16 sotixlik tomorqasidagi  qoʻlbola issiqxonasida hozir rediska yetilib, isteʼmolga yarab qoldi. Ertagi  karam, bulgʻor qalampiri, pomidor, baqlajon koʻchatlarini esa koʻchirib oʻtqazishni boshlab yuborishdi. Shuningdek, olma, uzum, oʻrik, nok kabi daraxtlarning mevasi oilani yoz boʻyi taʼminlabgina qolmay bozorda sotishga ham ortadi.

Shifokorlar koronavirus infektsiyasi keng tarqalib ketmasligi uchun odamlarni iloji boricha uyda boʻlishga, jamoat joylariga borishdan saqlanishga chorlayotgan bir vaqtda toʻlqinliklar yaxshi kunlar umidi bilan tomorqasiga roʻzgʻori uchun zarur boʻladigan sabzavot, poliz ekinlarini ekish va moʻl hosil olish uchun tinmay mehnat qilmoqdalar.

Erta eksang, erta oʻrasan, deydi xalqimiz. Oʻz oilasi ehtiyojidan orttirib, ertagi ekinlar hosili bilan yurtdoshlarmiz dasturxonni toʻkinligiga  ham hissa qoʻshishga intilayotgan barcha dehqonlarga ham mehnatlaringiz barakasini bersin, deb qolamiz.

O.PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019